Kim Possible () Bob Schooley va Mark McCorkle tarafidan yaratilgan jangari, komediya va sarguzasht janrlaridagi Amerika animatsion teleserialidir. 2002-yildan 2007-yilga qadar Disney Channel telekanali orqali efirga uzatilgan. Multserial oʻsmirlik davri bilan bogʻliq kundalik muammolarni uddasidan chiqib, doimiy tarzda jinoyatchilikka qarshi kurashadigan bir oʻsmir qiz haqida hikoya qiladi. Kimga bu kurashda besoʻnaqay doʻsti Ron Stoppable, Rufus ismli koʻrsichqon va oʻn yoshli kompyuter dahosi Wade koʻmaklashadi. Oʻzlariga Possible deb nom qoʻygan bu jamoada Kim va Ronning vazifasi birinchi navbatda aqldan ozgan olim va superyovuz — doktor Drakken va uning yordamchisi Shego tuzgan yovuzlikka xizmat qiluvchi rejalarni barbod qilishdan iboratdir.
Qahramonlar Kimberly Ann „Kim“ Possible () — dunyoni turli balo-uqibatlardan qutqaruvchi qiz. U juda epchil, turli akrobatik harakatlarni osonlik bilan qila oladi, qurollarga ega, jang sanʼatidan xabardor. Shu bilan bir qatorda, u maktabda tahsil oladi. Ronald „Ron“ Stoppable () — Kimning eng yaqin doʻsti. Mehribon, ammo juda ovsar. U doimo Kimga yordam zarurati boʻlganida unga koʻmak beradi, biroq u odatda uni chaqqonligi uchun emas, balki omad tufayli qutqaradi. Baʼzi jang sanʼatlarini yaxshi biladi. Rufus — Ronning choʻntagida istiqomat qiluvchi koʻrsichqon. U odatda boshini choʻntakdan tashqariga chiqarmaydi, biroq doʻstlar muammoga duch kelganda, Rufus doimo yordamga tayyor boʻladi. Uning asosiy afzalliklari chaqqonligi va maxfiyligidir. Wade Load () — oʻn yoshli kompyuter dahosi boʻlib, Kim va Ronni barcha zarur texnologiyalar bilan taʼminlaydi. Odatda, u faqat Kim doimo oʻzi bilan olib yuradigan qurilma ekranida koʻrinish beradi, shuningdek, yovuzlar bilan kurashda, ularning joylashgan manzili koordinatalarini kuzatib boradi, doʻstlariga zarur maʼlumotlarni olishda yordam beradi. IQ darajasi 140ʼdir (25-qism, 2-fasl). Doktor Drakken — aqldan ozgan olim, Kimning asosiy dushmani. U dunyoni egallashiga yordam beradigan turli texnologiyalarni oʻylab topish bilan mashgʻul boʻladi. Shego () — qoʻlidan yashil tusdagi portlaydigan yorugʻlik chiqadigan super qobiliyatli qiz hamda doktor Drakkenning yordamchisi. Shego bunday qobiliyatga uning ustiga tushgan sirli kamalakli kometa ortidan erishdi.
Ovoz berganlar Christy Carlson Romano — Kim Possible Will Friedle — Ron Stoppable Nancy Cartwright — Rufus Tahj Mowry — Wade Load John DiMaggio — Dr. Drakken Nicole Sullivan — Shego Gary Cole — Dr. James Timothy Possible Jean Smart — Dr. Ann Possible Shaun Fleming — Tim va Jim Possible (2002—2006) Spencer Fox — Tim va Jim Possible (2007) Kirsten Storms — Bonnie Rockwaller Raven-Symoné — Monique Patrick Warburton — Steve Barkin Tom Kane — Lord Monkey Fist Brian George — Duff Killigan va Professor Ramesh Néstor Carbonell — Señor Senior Jr. Patton Oswalt — Professor Dementor
Fasllar
Manbalar
Havolalar
Turkum:AQSh teleseriallari Turkum:Animatsion teleseriallar Turkum:Disney Channel dasturlari Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:Kim Possible Turkum:2000-yillar teleseriallari Turkum:2000-yillar animatsion teleseriallari