Qobul Beknazarovich Tursunov (1964-yil, Navoiy tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi. Nurota tumani hokimi va Oliy Majlis Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan. 2016-yil 25-dekabrdan 2021-yilga qadar Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelganXokimom Navoiyskoy oblasti stal Kabul Tursunov. 2015-yilda III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylangan. Biografiyasi 1964-yilda Buxoro viloyatining Navoiy tumanida (hozir Navoiy viloyatida joylashgan) tavallud topgan. 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetining Navoiy filialini, 2004-yilda Buxoro davlat universitetini, 2005-yilda esa Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 1981-1986 — Navoiy tumani 18-koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasida boshlagan. Bu yerda ishchi, keyinchalik xaridlar boʻyicha iqtisodchi boʻlib ishlagan. 1986-1989 — „Davlatagrosanoat“ qoʻmitasi bosh axborot-hisoblash markazining Navoiy shahridagi 41-boʻlimi yetakchi muhandisi. 1989-1997 — „Oʻzmatlubotqurilish“ trestiga qarashli „Navoiy“ koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi moliya-iqtisodiyot boʻlimi iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi, trest direktorining iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari. 1997-2006 — „Qizilqumsement“ aksiyadorlik jamiyati taʼminot boʻlimi etakchi mutaxassisi, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi. 2006-2012 — Navoiy shahar „Baxt-Textile“ qoʻshma korxonasi bosh direktori oʻrinbosari, keyinchalik direktori. 2012-2016 — Nurota tumani hokimi. 2015-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining aʼzosi. 2016-2021 — Navoiy viloyati hokimiMirziyoev naznachil xokimom Navoiyskoy oblasti Kabula Tursunova.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston hokimlari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Oʻzbek iqtisodchilari