Agrepina Vasilyevna Shin (1958-yil 29-dekabr, Sirdaryo viloyati) — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2017-yil 19-oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri. 2022-yil 30-dekabr Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Maʼmuriy islohotlar toʻgʻrisidagi farmonni bilan Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

Biografiyasi Taʼlim 1980-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) tamomlagan. 1980-1986 — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriya katta muhandisi, 1987—1993-yillarda Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, 1993—2001-yillarda Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining oʻquv-ishlab chiqarish ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2001—2017-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori vazifalarida ishlagan. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri lavozimida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2015-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.

2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari.

Matbuot eʼtibori Agrippina Shinning 2022-yil 19-avgust kuni OAV xodimining „Maktabgacha taʼlim vaziri Agreppina Shin ayollar eng kam maosh oladigan tarmoq vaziri sifatida Oʻzbekistondagi gender tengligiga qanday baho beradi?“ savolini eʼtiborsiz qoldirishi internetda keng muhokamalarga sabab boʻldi.

Mukofotlari Agrippina Shin 2020-yilda Janubiy Koreyaning „Diplomatik xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Koreys millatiga mansub oʻzbekistonliklar Turkum:Oʻzbekiston taʼlim vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar