Shukrullo Xabibullayevich Boboyev — Oʻzbekiston davlat arbobi, 2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil 30-oktabrgacha Toshkent viloyati hokimi.

Biografiyasi 1980-yilda Belgorod texnologik institutini tugatgan. 1980-1992 — Bekobod „Metallurgmontaj“ boshqarmasida turli lavozimlarda. 1990-yilda Toshkent viloyati xalq deputatlari kengashi aʼzosi. 1992-1999 — Toshkent viloyati Bekobod shahar hokimining birinchi oʻrinbosari. 1999-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-kadrlar xizmati hududiy organlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi rahbari. 2002-2010 — Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimi. 2010-2014 — „Olmaliqmetallurgqurilish“ tresti direktori oʻrinbosari. 2014-2016 — Angren rezina buyumlar zavodi direktori. 2016-2017 — Toshkent viloyati hokimihttps://uzreport.news/politics/shukurullo-babaev-naznachen-hokimom-tashkentskoy-oblasti. 2017-2018 — nafaqada. 2018-2022 — Paxtakor tumani hokimi.https://m.kun.uz/news/2022/01/19/shukrullo-boboyev-tuman-hokimligidan-ham-ketdi

Manbalar