Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov (1969-yilda tugʻilgan, Toshkent viloyati, OʻzSSR, SSSR) – Oʻzbekiston davlat arbobi, bosh vazir kotibiyati rahbari.
2023-2024 yillarda Oʻzbekiston Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari, 2018—2021-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri.
Biografiyasi Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov 1969-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
Taʼlim 1992-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan va 2006-yilda magistraturani magistr darajasida tamomlagan. 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan, iqtisod boʻyicha magistr darajasini olgan
Mehnat faoliyati 1992-yilda Shuhrat Sodiqov oʻz ishini Jizzax radiotelefon aloqa markazida muhandis-iqtisodchi sifatida boshladihttps://uzreport.news/economy/shuhrat-sadikov-naznachen-generalnyim-direktorom-ak-uzbektelekom. 1993-1997-yillarda „Nur“ kichik korxonasining kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha texnik direktor boʻlib ishlagan. 1997-yildan 2002-yilgacha – Davlat aloqa inspektsiyasining inspektori, 1-toifali muhandisi, 2-toifali muhandisi, boshliq vazifasini bajaruvchi Toshkent shahar Davlat aloqa inspektsiyasi boshligʻihttps://pc.uz/news/37815-naznachen-generalnyy-direktor-ak-uzbektelekom.
2004-2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan. 2006-yildan beri oʻrinbosar, 2008-yil 6-noyabrdan esa – „Uztelecom“ AK Bosh direktori lavozimida ishlagan.
2010-yil 25-martda Shuhrat Sodiqov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi etib tayinlandihttps://www.comnews.ru/content/20909/2010-03-31/glava-uzbektelekoma-vernulsya-na-gossluzhbu. 2017-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimida ishlaydihttps://uz.sputniknews.ru/20170801/glava-nacionalnogo-agenstva-proektnogo-upravleniya-5946608.html.
2018-yil 8-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri boʻlib ishlaganhttps://www.gazeta.uz/ru/2018/08/09/ict/. 2021-yil 3-noyabrda „Oʻzkomnazorat“ tomonidan Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reestriga qoʻshilgan ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki) faoliyati cheklab qoʻyilishi ortidan ishdan olindiShuhrat Sodiqov va Olimjon Umarov lavozimidan ozod qilingani rasman tasdiqlandi.
Shuhrat Muhamadjonovich Sodiqov 2023-yil 15-fevraldan 2024-yil 7-fevralgacha Oʻzbekiston bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari. 2024-yil 7-fevraldan boshlab Sodiqov Shuhrat Muhammadjonovich bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi.
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (29.08.2020)https://www.gazeta.uz/ru/2020/08/29/reward/ Doʻstlik ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.
Oilasi Oilali, 4 ta farzandi bor.
Manbalar
Turkum:Jizzax davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Turkum:Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchilari