Kamolov Murod Qallibekovich (1955-yil 24-iyun, Nukus) — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston davlat arbobi, 2020-yildan 2022-yilgacha Qoraqalpogʻiston Joqorgʻi Kenesining raisi va ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Senati raisining oʻrinbosari boʻlgan.
Hayoti Murat Kamolov 1955-yil 24-iyunda Nukusda tugʻilganhttps://www.gazeta.uz/ru/2020/10/02/kamalov/.
1977-yilda SSSR KGB oliy maktabini tugatganhttps://www.gazeta.uz/ru/2020/10/21/murat-kamalov/.
1987-1990 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining kichik ilmiy xodimihttps://www.gazeta.uz/ru/2020/10/21/murat-kamalov/.
1990-1991 — „Konsul“ diplomatik va boshqa unga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalarga xizmat koʻrsatish tashkilotining bosh mutaxassisi.
1991-1996-yillarda — Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi huzuridagi „Qoraqalpoqintorg“ xorijiy mamlakatlar bilan biznes hamkorlik assotsiatsiyasining Toshkentdagi vakolatxonasi direktori.
1996—2010 — Toshkentdagi „Stellar“ unitar korxonasi rahbari.
2010—2018 — „Huquqiy biznes ham konsalting agentligi“ yuridik firmasining maslahatchisihttps://www.gazeta.uz/ru/2020/10/02/kamalov/.
2018—2020 — Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpogʻiston boʻyicha boshqarmasi boshligʻihttps://www.gazeta.uz/ru/2020/10/02/kamalov/.
2020-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi kenges raisi. Qoraqalpogʻistondagi namoyishlardan soʻng, 2022-yil 26-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan sessiyada vazifasidan ozod etildi. Murod Kamolov oʻrniga Amanbay Orinbayev Joʻqorgʻi kenges raisi etib tayinlandi.
Murat Kamolov — Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1963-1984) Qallibek Kamolovning oʻgʻlidir.
Manbalar
Turkum:Qoraqalpogʻistonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qoraqalpogʻiston kishilari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Qoraqalpogʻiston respublikasi joʻqorgʻi kengesi raisi Turkum:FSB akademiyasining bitiruvchilari