Akmal Burxanov Eshondedayevich (tugʻ.1981-yil 26-may, Namangan shahar, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek jamoat va siyosiy arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi III va IV chaqiriq deputati, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi rahbari (2017-2019), „Yuksalish“ umummilliy harakati raisi (2019—2020), 2020-yil 14-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori.

Tavalludi Akmal Burxanov 1981-yil 26-mayda Namangan viloyatining Namangan shahrida tugʻilgan.

Mehnat faoliyati 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (TDYUI) imtiyozli diplom bilan tugatib, bakalavr darajasini olgan.

2001-yilda mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida boshlagan.

2002—2008-yillarda Adliya vazirligida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan.

2003-yilda TDYUIni imtiyozli diplom bilan tugatib, Magistr darajasini olgan.

2007-yilda Nagoya universitetini tugatgan.

2006-yilda Yaponiyaning „Toyota Gosei“ kompaniyasida, 2009-yilda Rossiya Huquq akademiyasida amaliyot oʻtagan.

2009—2015-yillarda Nagoya universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori boʻlib ishlagan.

2014-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi.

2015—2020-yillarda Oʻzbekiston-Yaponiya parlamentlararo guruh aʼzosi.

2015—2019-yillarda YXHT Parlament Assambleyasi aʼzosi. 2016—2019-yillarda „Oʻzbekiston-AQSh“ parlamentlararo guruhi aʼzosi. 2017—2019-yillar „Taraqqiyot strategiyasi“ markazi ijrochi direktorihttps://www.gazeta.uz/ru/2017/02/16/strategy/.

2017—2019-yillarda Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha parlament komissiyasining aʼzosi.

2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi aʼzosi.

2019-yilda ikkinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

2019—2020-yillarda „Yuksalish“ Umummilliy harakati raisihttps://centrasia.org/person2.php?st=1547797697.

2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori.

2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Jamoatchilik kengashi aʼzosi.

2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi aʼzosi.

2023-yilda „Yuridik fanlar doktori“ (DSc) ilmiy darajasini olgan.

2024-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashi aʼzosi.

2025-yildan MDH Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengashi a’zosi.

2025-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi Boshqaruv kengashi aʼzosi.

Mukofotlari „O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016) „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni (2017) „Shuhrat“ medali (2018) „Oʻzbekiston konstitutsiyasiga 30 yil“ esdalik nishoni (2021) „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil“ koʻkrak nishoni (2022) „Oʻzbekiston prokuraturasiga 30 yil“ esdalik nishoni (2022) „Davlat bojxona xizmatiga 30 yil“ esdalik nishoni (2022) Qozogʻiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmatining 10 yilligi" medali(2024) „Qirgʻiziston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish aʼlochisi“ koʻkrak nishoni(2024) „Notariat sohasiga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni (2025) „Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlatlararo kengashining X yigʻilishi“ yubiley medali (2025) „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi 30 yil“ esdalik nishoni(2026)

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Adolat sotsial-demokratik partiyasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekiston huquqshunoslari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar