Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi — Oʻzbekistonda oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oʻrmonlarni muhofaza qilish va koʻpaytirish ishlarida faollik koʻrsatgan shaxslarga topshiriladigan mukofot. Ushbu koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin ..
Taqdirlash Mukofot 21-mart — Xalqaro oʻrmonchilar kuni arafasida topshiriladi. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga qoʻshimcha sifatida bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi. Manbalar