Fukushima 1, Fukushima 1 Atom elektr stansiyasi (; Fukushima Daiichi Genshiryoku Hatsudensho; ) — Yaponiyaning Fukushima prefekturasidagi Futaba uyezdining Okuma shahrida joylashgan atom elektr stansiyasi. Tokyo Electric Power Company tomonidan qurilgan va foydalanilgan birinchi AES. 2011-yilgi sunami oqibatida zararlangan. Avariyaga qadar 6 ta energoblok yordamida 4,7 GVt quvvat ishlab chiqarishi bilan dunyoning 25 ta eng kuchli atom elektr stansiyalari roʻyxatiga kirgan.

2013-yil dekabrda stansiya rasman yopilgan. Hozir stansiya hududida avariya oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilmoqdaWorld Nuclear Industry Status Report 2014 http://www.worldnuclearreport.org/IMG/pdf/201408msc-worldnuclearreport2014-lr-v4.pdf. AES loyihasi AQShning General Electric kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, reaktorlar General Electric, Toshiba va Hitachi kompaniyalari tomonidan qurilgan .

Energobloklar Birinchi, ikkinchi va oltinchi energobloklar uchun reaktor qurilmalari General Electric tomonidan, uchinchi va beshinchi qurilmalar Toshiba tomonidan, toʻrtinchi qurilma esa Hitachi tomonidan qurilgan. Barcha reaktorlar General Electric tomonidan loyihalangan. General Electric energobloklari uchun arxitektura loyihasini Electric Bond and Share Company ishlab chiqqan. Barcha qurilish konstruksiyalarini Yaponiyaning Kajima qurilish kompaniyasi bajargan . Energoblok Reaktorlar tipi Quvvati Qurilishboshlanishi Quvvat ishgatushirilishi Foydalanishgatopshirilishi Yopilishi Sof Brutto Fukushima I-1 BWR-3 439 MVt 460 MVt 25.07.1967 17.11.1970 26.03.1971 19.05.2011 Fukushima I-2 BWR-4 760 MVt 784 MVt 09.06.1969 24.12.1973 18.07.1974 19.05.2011 Fukushima I-3 BWR-4 760 MVt 784 MVt 28.12.1970 26.10.1974 27.03.1976 19.05.2011 Fukushima I-4 BWR-4 760 MVt 784 MVt 12.02.1973 24.02.1978 12.10.1978 19.05.2011 Fukushima I-5 BWR-4 760 MVt 784 MVt 22.05.1972 22.09.1977 18.04.197817.12.2013 Fukushima I-6 BWR-5 1067 MVt 1100 MVt 26.10.1973 04.05.1979 24.10.197917.12.2013 Fukushima I-7 (reja) (english) ABWR 1339 MVt 1380 MVt Rejalar bekor qilingan 04.2011 Fukushima I-8 (reja) (english) ABWR 1339 MVt 1380 MVt Rejalar bekor qilingan 04.2011

Tarmoqqa ulanishi Fukushima 1 Atom elektr stansiyasi toʻrtta elektr uzatish liniyasi orqali tarmoqqa ulangan. 66 kV Yonomori elektr uzatish liniyasi 275 kV Okuma elektr uzatish liniyasi 275 kV Okuma elektr uzatish liniyasi 500 kV Futaba elektr uzatish liniyasi

Fukushima 1 Atom elektr stansiyasi tarmoqning 50 Hz chastotali segmentiga oiddir. Avariya 2011-yil 11-mart kuni Yaponiyadagi qattiq zilzila oqibatida Fukushima 1 AESda eng boshida INES boʻyicha 4-darajali avariya roʻy berdi. Keyinchalik avariya 5-darajaga chiqqani haqida xabar berildi (18-mart). 12-aprelda esa 7-darajagacha koʻtarildi. Atom elektr stansiyasi yaqinida yer silkinishi oqibatida avtomatik xavfsizlik tizimi energobloklarni oʻchirib qoʻydi.

Avariyadan keyingi holat 2021-yil yaponiyalik olimlar Fukushima 1 AES atrofini nazorat qilish davomida u yerdagi radioaktiv chiqindilar saqlanadigan joyda oʻzidan radiatsiya tarqatadigan jelatinli massa topilganini xabar qilishdi. Manbalar