Spider-Man: Far From Home (oʻzbekcha manbalarda Oʻrgimchak odam: Uyga yoʻl yoʻq oʻlaroq maʼlum) — 2021-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi. „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi yigirma yettinchi kinokartina. „Spider-Man: Homecoming“ (2017) va „Spider-Man: Far From Home“ (2019) filmlarining davomi. Marvel Comics komikslaridagi Oʻrgimchak odam personajiga asoslangan. Columbia Pictures va Marvel Studios kinostudiyalari tomonidan ishlangan, Sony Pictures Releasing tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Jon Watts rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Chris McKenna va Erik Sommers yozgan. Bosh rollarni Tom Holland, Zendaya, Benedict Cumberbatch, Jacob Batalon, Jon Favreau, Jamie Foxx, Willem Dafoe, Alfred Molina, Benedict Wong, Tony Revolori, Marisa Tomei, Andrew Garfield va Tobey Maguire ijro etgan. Film voqealariga koʻra, Parker kimligi ommaga oshkor qilinib, hayoti butunlay ostin-ustun boʻlib ketgach, doktor Stephen Strangedan yordam soʻraydi, ammo Strangening jodusi notoʻgʻri ishlab vaqt va makon uzluksizligini buzib yuboradi.

Film premyerasi 2021-yilning 13-dekabrida Gollivudda boʻlib oʻtgan. Kinotanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $1,9milliard mablagʻ toʻplab, oʻsha vaqtda tarixdagi oltinchi eng kassabop filmga, 2021-yilning esa eng kassabop filmiga aylangan. „Eng yaxshi vizual effektlar“ nominatsiyasida „Oscar“ mukofotiga nomzod oʻlaroq koʻrsatilgan.

Syujeti Quentin Beck (Kuentin Bek) Peter Parkerni qotillikda ayblab, uning kimligini ommaga oshkor qilganidan soʻng, Parker, xolasi May (Mey), sevgan qizi MJ (Emjey) hamda yaqin doʻsti Ned Leeds (Ned Lids) tergov qilinadi, biroq advokat Matt Murdock yordami bilan ulardan barcha ayblovlar olib tashlanadi. Yuqori sinf bitiruvchilari boʻlmish Parker, MJ va Leeds MITga hujjat topshirishadi, ammo Oʻrgimchak-odam shaxsi ommaga ochiqlanganidan hamda MJ va Leedsning u bilan aloqasi ortidan ularning arizalari universitet tomonidan rad etiladi. Parker Stephen Strangedan (Stiven Strenj) yordam soʻrash uchun Sanctum Sanctorumga tashrif buyuradi va u yerda Strange ommaning Parkerning Oʻrgimchak-odam ekanligini unutib qoʻyishiga xizmat qiluvchi joduni oʻqishni taklif qiladi, Wong bunning oqibatlari ijobiy boʻlmasligi haqida ogohlantiradi. Biroq, Strange joduni oʻqishga qaror qiladi. Strange joduni oʻqir ekan, Parker undan tinimsiz oʻzgartirishlar kiritishni soʻrayveradi va buning natijasida jodu notoʻgʻri ishlaydi. Soʻngra, Strange Parkerni qoʻrgʻonidan chiqarib yuboradi.

Parker MIT administratoridan Leeds va MJning arizalarini qabul qilishga koʻndirish uchun Alexander Hamilton koʻprigiga boradi, ammo koʻprik toʻsatdan Otto Octavius tarafidan hujumga uchraydi. Parker oʻzining temir oʻrgimchak kostyumini kiyib, MIT administratorini qutqarish maqsadida koʻprikda Octavius bilan jang qiladi. Octavius Parkerning kostyumidan nanotexnologiyasini olganda, bu texnologiya uning mexanik qisqichlari bilan bogʻlanib, Parkerga ularni boshqarishga imkon beradi. Keyin ular Norman Osbornning ular tomon kelayotganini payqashadi, lekin Osbornning hujumidan avval Strange Octaviusni qoʻlga tushirib, Curt Connors bilan birga Sanctumdagi kamerasiga joylashtiradi. Strangening Parker va kamerada saqlanayotganlarga bu haqda tushuntirar ekan, jodu oqibatida vaqt va makon uzluksizligini buzilib, jodu multiolamning har bir qismidan Parker Oʻrgimchak-odam ekanligidan xabardor hamma kimsalarni chaqirgan. Strange Parkerga MJ va Leeds yordami bilan qolgan odamlarni topib, qoʻlga olishni topshiradi.

Parker Max Dillon va Flint Markoni qoʻlga olar ekan, Osborn oʻzini Green Goblin taʼsiridan halos etib, oʻzini nazorat qila boshlaganidan soʻng, F.E.A.S.T. binosiga boradi va u yerda Peter uni qoʻlga oladi. Qoʻlga olingan superyovuzlar Oʻrgimchak-odam bilan oʻzlarining janglari haqida muhokama qilishar ekan, Osborn, Octavius va Dillon oʻlimlari oldidan oʻz olamlaridan bu olamga kelishganini tushunishadi. Strange quti ichida superyovuzlarni oʻz olmalariga qaytarib yuboruvchi joduni tayyorlaydi, ammo Parker ular dastlab oʻzlarining kuchlari yovuzlikka emas, balki yaxshilikka yoʻnaltirish zarur, deb taʼkidlab, bu ularning oʻzlarining olamlariga qaytishganlarida oʻlimini oldini oladi deb umid qiladi. Parker qutidagi joduni va Strangening boʻyniga osib yuradigan uzugini oʻgʻirlab, Strangeni oyna oʻlchamli olamda tuzoqda qoldiradi. Keyin, Parker superyovuzlarni Happy Hoganning uyiga olib boradi. U Stark Industries mahsuloti boʻlgan texnologiya yordamida Octaviusni muvaffaqiyatli tarzda yovuzlikdan halos etadi, biroq Osbornning onggi ustidan Goblin nazoratni qoʻlga ekan, Osborn yovuzlikdan hali halos boʻlmagan superyovuzlarni oʻzi tomon yetaklaydi. Dillon, Marko va Connors qochib ketayotib, Osborn oʻz aeroplani bilan Mayni oʻldiradi; oʻlimidan avval, May Parkerga „katta kuch bilan birga katta mas’uliyat ham kelishi kerak“, deb oʻgit beradi.

Ned va MJ Parkerni qayerdaligini topish uchun Strangega tegishli boʻyinga osib yuriladigan uzukni ishlatishga urinishadi, shu paytda Ned uzuk orqali portallar yaratishi mumkinligini kashf etadi. Ular Strangening jodusi ortidan parallel olamlardan chaqirlgan Parkerning alternativ versiyalari — „Peter-Ikki“ va „Peter-Uch“ni topishadi. Soʻngra, Ned va MJ Parkerni topishadi va unga hamdard boʻlishadi. Bu paytda esa, boshqa Parkerlar unga sevgan kishilarini yoʻqotganliklari haqidagi hikoyalari toʻgʻrisida soʻzlab berishadi; ular Parkerni May uchun toʻxtamaslikka, aksincha jang qilishga undashadi. Shundan soʻng, uchovlon (Parkerlar) yovuzlarni davolash yoʻllarini ishlab chiqadi va Dillon, Marko va Connorsni Ozodlik haykaliga jalb etishadi. U yerda, Peter-Ikki va Parker Marko va Conorsni dsvolaydi. Bu orada, Octavius ham yordamga kelib, Dillonni davolaydi.

Uch Parker deyarli barcha yovuzlarni davolashadi (Osborndan boʻlak), biroq Osborn ham yetib keladi va qutiga solingan joduni yoʻq qilib, olamlarni ajratuvchi toʻsiqni yirtib yuboradi, bundan avvalroq Ned Strangeni oyna oʻlchamli olamdan chiqarib oladi. Strange toʻsiqni saqlab qolishga urinar ekan, koʻzi qonga toʻlgan Parker Osborn bilan jang qilib, uni oʻldirishga urinadi, ammo uni Peter-Uch toʻxtatib qoladi. Peter-Uch va Parker Osbornga davolash maqsadida ukol yuborib, es-hushini tiklaydi. Parker multiolamlarni muhofazalashni yagona yoʻli barchaning xotirasidan u haqdagi maʼlumotni oʻchirish ekanligini anglaydi va Strangedan shunday qilishni soʻraydi. Strange joduni oʻqishdan avval, Parker Ned va MJ bilan vidolashib, ularni yana topishga vaʼda beradi. Jodu barchani oʻz olamiga qaytaradi va Parker haqidagi maʼlumotlarni barchaning xotirasidan tozalaydi. Ikki haftadan soʻng, Parker MJ va Ned bilan qayta tanishish uchun ularning yoniga boradi, ammo keyin fikridan qaytadi. May qabrida motam tutgan Parker Hogan bilan suhbatdan soʻng, ilhomlanib, yangi kostyum tikadi va yana superqahramonlikni davom ettiradi.

Rollarda

Qahramon Aktyor Tafsilotlar Peter Parker / Oʻrgimchak odam Tom Holland Radiofaol mutatsiyaga uchragan oʻrgimchak chaqib olishi ortidan tanasiga oʻrgimchak xususiyatlari (devorlarda yura olish, toʻr ota olish) oʻtib qolgan oʻspirin. Michelle „MJ“ Jones Zendaya Parkerning sinfdoshi va sevgan qizi. Toʻliq ismi — Michelle Jones (). Ned Leeds Jacob Batalon Parkerning eng yaqin doʻsti. Batalon filmdagi roli uchun 46 kg ozgan. Doktor Stephen Strange Benedict Cumberbatch Avtohalokat ortidan „mistik sanʼatlar ustasi“ga aylangan neyroxirurg. Wong Benedict Wong Strangening doʻsti. Happy Hogan: Jon Favreau „Stark Industries“ xavfsizlik boshligʻi. Otto Octavius / Doktor Octopus Alfred Molina Tanasi bilan toʻrtta (sunʼiy intellektli) mexanik manipulyator birlashib ketgan olim. Molina mazkur personajni „Spider-Man 2“ (rej. Sam Raimi, 2004) filmida ham jonlantirgan. „Spider-Man 2“ filmida Otto Octavius obrazi uchun atayin qoʻgʻirchoq manipulyatorlar yasalgan boʻlsa, „Spider-Man: No Way Home“ filmida manipulyatorlar toʻliq kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan. Max Dillon / Elektro Jamie Foxx Tanasidan elektr zaryadi chiqara oladigan elektromontyor. Foxx mazkur personajni „The Amazing Spider-Man 2“ (rej. Marc Webb, 2014) filmida ham jonlantirgan. Norman Osborn / Yashil goblin Willem Dafoe „Oscorp“ shirkati bosh direktori. Osborn oʻz tanasida nostabil kuch kuchaytirgichi sinovdan oʻtkazgan. Oqibatda uning ongida „Oscorp“ uskunalaridan foydalanib turli jinoyatlarni amalga oshiradigan ikkinchi shaxs rivojlanib borgan. Dafoe mazkur personajni Sam Raimining „Spider-Man“ trilogiyasida ham jonlantirgan. May Parker Marisa Tomei Parkerning xolasi. Peter Parker / Oʻrgimchak odam Andrew Garfield Parkerning alternativ versiyasi. Sevgan qizi Gwen Stacyning oʻlimida oʻzini aybdor his qiladi. Oʻrgimchak odamning boshqa versiyalari uni „Peter-Uch“ deb chaqiradi. Garfield mazkur personajni Marc Webbning „The Amazing Spider-Man“ dilogiyasida ham jonlantirgan. Peter Parker / Oʻrgimchak odam Tobey Maguire Parkerning alternativ versiyasi. Boshqa Oʻrgimchak odam versiyalaridan farqli oʻlaroq, veb-shuter ishlatmaydi, balki tabiiy oʻrgimchak toʻri ola oladiWhy Tobey Maguireʼs Spider-Man Has Organic Webbing. Oʻrgimchak odamning boshqa versiyalari uni „Peter-Ikki“ deb chaqiradi. Maguire mazkur personajni Sam Raimining „Spider-Man“ trilogiyasida ham jonlantirgan. J. Jonah Jameson J.K. Simmons TheDailyBugle.net muxbiri. Flash Thompson Tony Revolori Parkerning sinfdoshi va sobiq raqibi. Betty Brant Angourie Rice Parkerning sinfdoshi; Leedsning sobiq sevgan qizi. Dell J.B. Smoove Parkerning oʻqituvchisi. Wilson Hannibal Buress Midtown fan va texnologiya maktabining jismoniy tarbiya oʻqituvchisi.

Musiqasi

Relizi

Mamlakat Premyera sanasi Fransiya 2021-yil 15-dekabr Germaniya 2021-yil 16-dekabr AQSh 2021-yil 17-dekabr Gonkong 2021-yil 23-dekabr Oʻzbekiston 2022-yil 13-oktyabr

Tanqidchilar baholari „Rotten Tomatoes“ kinotanqid saytida „Spider-Man: No Way Home“ haqida 410 ta taqriz yigʻilib, ulardan 93 foizi filmni ijobiy baholagan.

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Marvel.com saytida

Turkum:2021-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:Jon Watts filmlari Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:Oʻrgimchak-odam haqidagi filmlar Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Coming-of-age janridagi filmlar Turkum:2020-yillar superqahramonlar haqidagi filmlar Turkum:Parallel olamlar haqidagi filmlar Turkum:Intiqom haqidagi filmlar Turkum:2021-yil 3D-filmlari Turkum:4DX-filmlar