Asosiy qahramon () 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan va Shawn Levy tomonidan suratga olingan ilmiy fantastika va komediya janrlaridagi AQSh filmidir. Kartinada Ryan Reynolds, Jodie Comer, Joe Keery, Lil Rel Howery, Utkarsh Ambudkar va Taika Waititi kabi aktyorlar rol oʻynashgan.

Asosiy qahramon filmi premyerasi 75-Locarno xalqaro film festivalida 10-avgust 2021-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda esa 13-avgust 2021-yildan boshlab IMAX, RealD 3D va Dolby Cinema formatlarida kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film umumjahon boʻylab $331 million yigʻishga muvaffaq boʻldi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Asosiy qahramon haqida 280 ta maqola yigʻilib, ulardan 80 foizi filmni ijobiy baholaydi.

Rollarda thumb|upright|Ryan Reynolds

Ryan Reynolds — Guy Reynolds Dude qahramonini ham jonlantirgan. Jodie Comer — Millie Rusk / Molotov Girl Joe Keery — Walter „Keys“ McKeys Lil Rel Howery — Buddy Utkarsh Ambudkar — Mouser Taika Waititi — Antwan Britne Oldford — Barista Camille Kostek — Bombshell Matty Cardarople — Keith Channing Tatum — Revenjamin Buttons Mike Devine — offitser Johnny

Oʻzbekcha dublyaj Muhammadjon Xoʻjayev — Guy Dilfuza Shonazarova — Millie Rusk/Molotovgirl Ahror Alijonov — Walter „Keys“ McKey Sayfullo Ikromov — Buddy

Shuningdek, tarjimon Akbar Qarshiyev, dublyaj va ovoz rejissori Sohib Nurmuhamedov, montaj ustasi Sherzod Abduhakimov, muharrirlar Temir Qosimov va Dilnoza Rajabovadir.

Relizi

Mamlakat Premyera sanasi 11-avgust 2021-yil 12-avgust 2021-yil 13-avgust 2021-yil 18-avgust 2021-yil

Sikvel 2021-yilning 14-avgustida filmning ilk kungi muvaffaqiyatli daromadidan soʻng, Reynolds Disney filmning davomini suratga olishni xohlashini tasdiqladi. Reynolds filmga „Albuquerque Boiled Turkey“ nomini taklif qildi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2021-yil filmlari Turkum:2021-yil 3D-filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:20th Century Fox filmlari Turkum:Shawn Levy filmlari Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:TSG Entertainment filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:20th Century Studios filmlari