"Back to December" amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Speak Now (2010) nomli uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Qoʻshiq 2010-yilning 12-oktabrida albom relizidan oldin promo-singl oʻlaroq iTunes Storeda eʼlon qilingan. 2010-yilning 15-noyabrida albomning ikkinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida chiqarilgan. „Back to December“ kantri pop janridagi pauer-balladadir. Qoʻshiq matnida ikki sevishgandan birining ajralishdan soʻng ikkinchisiga qarata oʻkinch bilan soʻralgan kechirimi haqida soʻz boradi.

„Back to December“ qoʻshigʻi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Tarona Billboard Hot 100 chartida oltinchi pogʻonagacha, Hot Country Songs chartida esa uchinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Amerika ovoz yozish assotsiatsiyasi () tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan. Canadian Hot 100 chartida yettinchi pogʻonagacha koʻtarilgan va Music Canada (MC) tomonidan oltin sertifikati bilan taqdirlangan. Avstraliya va Yangi Zelandiya chartlarida esa yuqori 40 talik safidan oʻrin egallagan.

Qoʻshiq uchun olingan klipga Yoann Lemoine rejissorlik qilgan. Klipda ikki oshiqning ajralish ortidan chekayotgan dard-alamlari tasvirlangan. Bundan tashqari, Swift qoʻshiqni 38-American Music Awards hamda 44-Country Music Awards taqdirlash marosimlarida ijro etgan.

Trek-list US/UK/European digital download „Back to December“ — 4:54 US Acoustic digital download „Back to December“  — 4:52

Jamoa Taylor Swift — vokal, produser Nathan Chapman — produser Justin Niebank — miksing Hank Williams — mastering

Chartlar

Haftalik Chart (2010-2011) Oʻrni

Yillik Chart (2011)Oʻrni (Billboard Hot 100) 74 (Adult Contemporary) 30 (Adult Pop Songs) 42 (Hot Country Songs) 38

Reliz tarixi Mamlakat Sana Leybl Manba(lar) 12-oktabr, 2010-yil Big Machine 15-noyabr, 2010-yil 30-noyabr, 2010-yil 20-mart, 2011-yil Universal

Manbalar

Havolalar

Qoʻshiq matni

Turkum:2010-yil qoʻshiqlari Turkum:Taylor Swift qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar