Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlandi. Hukumat qarori bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-sonli qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, respublika boʻyicha jami 8208 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari mavjud boʻlib, shundan 4748 tasi arxeologiya yodgorliklari 2250 tasi arxitektura yodgorliklari, 678 tasi monumental sanʼat yodgorliklari, 532 tasi diqqatga sazovor joylardir. Ushbu qarorning 2-ilovasiga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrlagi 335-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

Jumladan, 846-son qarorning 2-ilovasi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi: „Milliy roʻyxatga kiritilgan obyektlarga tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin emas, xususiy mulk hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno“.

Roʻyxat boʻyicha kamchiliklar

Mavjud boʻlmagan va yoʻqotilgan obyektlar Roʻyxatga kiritilgan obyektlarning ayrimlari mavjud boʻlmaganligi, roʻyxatga kiritilishidan oldin yoki keyin buzilib yoʻq qilinganligi aniqlangan.

№ Obyektlar Joylahgan oʻrni Izoh1Mir Baqoboy madrasasiBuxoro viloyati, Buxoro2009—2010-yillarda buzib yoʻq qilib yuborilgan 2015-yilda kapital taʼmirdan chiqarish maqsadida mablagʻ ajratilgan. Roʻyxatga 2019-yilda boshqa „Mir Boqiy Tim madrasasi“ nomi ostida kiritilgan.2Toshkent boʻyicha 4 ta obyektToshkentObyektlarning mavjud emasligi Senat tomonidan aniqlangan.3Xoʻja Porso masjidiFargʻona viloyati, MargʻilonRoʻyxatga boshqa „Xoʻja Forso masjidi“ nomi ostida kiritilgan obyekt 2021-yilda buzib yoʻq qilingan.

Koʻrsatilgan manzilda yoʻq obyektlar Roʻyxatga kiritilgan obyektlarning ayrimlari koʻrsatilgan manzilda yoʻqligi yoki manzili notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlangan.

Notoʻgʻri nom bilan kiritilgan obyektlar

№ Obyektlar Joylahgan oʻrni Izoh1Mir Baqoboy madrasasi.Buxoro viloyati, BuxoroRoʻyxatga boshqa „Mir Boqiy Tim madrasasi“ nomi ostida kiritilgan. 2009—2010-yillarda buzib yoʻq qilib yuborilgan2Xoʻja Porso masjidiFargʻona viloyati, MargʻilonRoʻyxatga boshqa „Xoʻja Forso masjidi“ nomi ostida kiritilgan obyekt 2021-yilda buzib yoʻq qilingan. Asl nomi „Isaboy hoji“ edi.3Abduhafizboy madrasasiBuxoro viloyati, BuxoroRoʻyxatga boshqa „Hotam Hindu madrasasi“ nomi ostida kiritilgan.4Saroyi tash madrasasiBuxoro viloyati, BuxoroRoʻyxatga boshqa „Tosh Saroy madrasasi“ nomi ostida kiritilgan.5Turkman madrasasiBuxoro viloyati, BuxoroRoʻyxatga boshqa „Turkmen madrasasi“ nomi ostida kiritilgan.6Mirzo Haydari poyon masjidiBuxoro viloyati, BuxoroRoʻyxatga boshqa „Siyohgaron masjidi“ nomi ostida kiritilgan.7Xullabofon masjidiBuxoro viloyati, BuxoroRoʻyxatga boshqa „Quyi Murgʻ Qush masjidi“ nomi ostida kiritilgan.8Kokilai kalon masjidiBuxoro viloyati, BuxoroRoʻyxatga boshqa „Kokuli kalon masjidi qoldiqlari“ nomi ostida kiritilgan.9Ulugʻbek tamokifurush karvonsaroyiBuxoro viloyati, BuxoroRoʻyxatga boshqa „Mirzo Ulugʻbek tamokifurushon karvonsaroyi (qoldiqlari)“ nomi ostida kiritilgan.10Rossiya imperatorligining Siyosiy agentligi binosiBuxoro viloyati, KogonRoʻyxatga boshqa „Harbiy qism shtabi binosi“ nomi ostida kiritilgan.

Kadastr hujjatlari boʻlmagan obyektlar Roʻyxatga kiritilgan obyektlarning ayrimlarining kadastr hujjatlari boʻlmaganligi aniqlangan.

Arxeologiya yodgorliklari

Arxitektura yodgorliklari

Monumental sanʼat yodgorliklari

Diqqatga sazovor joylar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston madaniyati