Nafisa Moʻminova (tugʻ. 1990-yil 1-fevral, Toshkent) — oʻzbek shaxmatchisi, ayollar oʻrtasida grossmeyster (2013). Oʻzbek shaxmatchilari orasida birinchi boʻlib xalqaro grossmeyster unvonini qoʻlga kiritdihttps://www.gazeta.uz/ru/2013/03/07/muminova/.

Biografiyasi Nafisa toʻrt yoshida otasi unga shaxmat oʻynashni oʻrgatgan. Fargʻona viloyati Oʻzbekiston viloyati 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi bitiruvchisi. 2007-yili Nafisa Moʻminova shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2008-yili Tehronda shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida ikkinchi oʻrinni egalladi. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining koʻp karra laureati boʻlib, ikkita oltin (2008, 2011), kumush (2009) va ikkita bronza (2005, 2007) medallarini qoʻlga kiritgan.

Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashgan:

2008-yilda Nalchikda birinchi raundda Tatyana Kosintsevaga yutqazdi2008 FIDE Knockout Matches ; 2010-yilda Antakyada birinchi raundda Chju Chenga yutqazdi2010 FIDE Knockout Matches.

U FIDE (2013-2014) ayollar oʻrtasidagi "Gran-pri"da qatnashgan, ammo toʻrtta turnirda oʻninchi oʻrindan yuqoriga koʻtarila olmadi2013-2014 FIDE Womenʻs Grand Prix.

Nafisa toʻrtta shaxmat olimpiadasida (2008-2012, 2016) Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. U ikki marta (2008, 2016) ayollar jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatlarida qatnashgan va jamoaviy bahslarda kumush medalni (2016) qoʻlga kiritganOlimpBase :: Womenʻs Asian Team Chess Championship :: Nafisa Muminova. 2010- yilda Osiyo oʻyinlarining shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jamoaviy turnirida qatnashib, jamoaviy bahslarda bronza medalini qoʻlga kiritganOlimpBase :: Asian Games (chess — women) :: Nafisa Muminova. Shuningdek, 2009-yil Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarining ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jamoaviy turnirida qatnashib, jamoaviy bahsda kumush medalni qoʻlga kiritdiOlimpBase :: Asian Indoor Games (chess) :: Nafisa Muminova.

Mukofotlari Doʻstlik ordeni (2026-yil 28-sentyabr) — Mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston shaxmatchilari Turkum:Shaxmatchi ayol grossmeysterlar Turkum:Shaxmat boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Toshkent sport kishilari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari kumush medali sohiblari Turkum:2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida medal sohiblari