Maqsud Karimov (; 1985-yil 2-mart, Urganch, Oʻzbekiston SSR, SSSRhttps://news.sportbox.ru/Vidy_sporta/Futbol/Maksud-Karimov-Futbol-02031985) – oʻzbek nafaqadagi futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Xorazm Futbol Federatsiyasi vitse prezidenti va „Xorazm“ jamoasi rahbari. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Hayoti Maqsud Karimov 2-mart 1985-yil Urganch shahrida tugʻilgan. Maqsud yoshligidan futbol oʻynashni ona shahri Urganchda boshlagan. U Navroʻz shaharchasidagi 22-maktabda oʻqib, tamomlagan.
Futbolchilik faoliyati Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida 2006-yilda „Xorazm“ tarkibida debyut qilgan. Karimov liganing barcha 30 oʻyinini maydonda oʻtkazgan jamoaning asosiy oʻyinchisi edihttps://www.footboom.com/player/7267-maksud-karimov. Mavsum yakunida klub oliy divizionni tark etdi va 2007-yilda „Vobkent“ klubiga oʻtdi. Oʻsha mavsumda klub oliy ligani ham tark etdi, biroq Karimov kuchliroq boʻlgan „Nasaf“ klubi manfaatlari doirasiga kira oldi.
2008-yildan buyon Maqsud Karimov „Nasaf“ futbolchisi. „Nasaf“ tarkibida 2008-yilgi deyarli barcha oʻyinlarda qatnashgan. 2009-yilda esa Viktor Kumikovning jamoaga bosh murabbiy etib kelishi bilan jamoa tarkibi deyarli 95 foizga oʻzgardihttps://www.sports.ru/tags/161021108/, ammo Maqsud Karimov jamoada qoldi. 2011-yilda jamoani Anatoliy Demyanenko qabul qilib oldi va u ham asosiy tarkibdagi oʻrinni Maqsudga ishonib topshirdi. 2018-yilning 25-noyabr kuni u „Nasaf“ bilan soʻnggi oʻyinida maydonga tushdi va shundan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2015 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016 AFC Kubogi chempioni: 2011
Manbalar
Havolalar
FootballFacts.ru saytidagi profil Milliy futbol jamoalari veb-saytidagi profil Futbol yoʻli profili _ Transfermarktda oʻyinchi profili (inglizcha) .
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:2-martda tugʻilganlar Turkum:Urganchda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kishilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Vobkent klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston futboli funksionerlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar