Encanto () 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan, Walt Disney Animation Studios mahsuloti boʻlgan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan musiqiy va fentezi janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Walt Disney Animation Studios studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 60-toʻliq hajmli animatsion filmdir. Film rejissorlari Jared Bush va Byron Howard, produserlari Yvett Merino va Clark Spencer, ssenariyni esa Charise Castro Smith va Jared Bush yozishgan. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Stephanie Beatriz, María Cecilia Botero, John Leguizamo, Mauro Castillo, Jessica Darrow, Angie Cepeda, Carolina Gaitán, Diane Guerrero va Wilmer Valderrama kiradi.

Filmning premyerasi Los-Anjelesdagi El Capitan kinoteatrida 2021-yilning 3-noyabrida boʻlib oʻtdi, shu yilning 24-noyabridan esa AQShda kinoteatrlarda namoyish etildi. Kartina kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilandi va umumjahon boʻylab $155.8 million jamgʻardi.

Syujeti Hech kimga oʻxshamaydigan Madrigallar oilasi Kolumbiya togʻlarida yashiringan Encanto deb nomlangan ajoyib va ​​maftunkor burchakda joylashgan sehrli uyda yashaydi. Madrigallar oilasidagi har bir bola bu yerning sehridan oʻziga xos sovgʻa — oʻta kuchlilikdan tortib har qanday kasallikni davolash qobiliyatiga ega boʻlgan. Afsuski, sehrli qobiliyat birgina 15 yoshli Mirabelni chetlab oʻtadi. Encantoning sehri xavf ostida ekanligini bilib, Mirabell oʻz oilasini saqlab qolish uchun oxirgi umid ekanini tushunib yetadi.

Ovoz berganlar alt=Stephanie Beatriz speaking at the 2018 San Diego Comic Con International, for „The Lego Movie 2: The Second Part“, at the San Diego Convention Center in San Diego, California.|thumb|Stephanie Beatriz Mirabel Madrigal personajiga ovoz bergan.

Stephanie Beatriz — Mirabel Madrigal John Leguizamo — Bruno Madrigal María Cecilia Botero — Abuela Madrigal Wilmer Valderrama — Agustín Madrigal Adassa — Dolores Madrigal Diane Guerrero — Isabela Madrigal Mauro Castillo — Félix Madrigal Angie Cepeda — Julieta Madrigal Jessica Darrow — Luisa Madrigal Rhenzy Feliz — Camilo Madrigal Ravi-Cabot Conyers — Antonio Madrigal Maluma — Mariano

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:2021-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:2021-yil multfilmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Fentezi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:2021-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Byron Howard filmlari Turkum:Jared Bush filmlari Turkum:2021-yil kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar