Qaraqalpaqstan () — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi mahalliy telekanal. Qoraqalpogʻiston respublikasi hududida efir uzatadi. Sutkada 18 soat faoliyat yuritadi, efir asosan qoraqalpoq tilidadir, qoʻshimcha oʻzbek, qozoq va rus tillarida ham koʻrsatuvlar berib boradi. Qoraqalpoq tilida efirga uzatuvchi eng keksa va eng katta telekanaldir. Telekanalning bosh binosi Nukus shahrida joylashgan. Tarixi Qoraqalpoq televideniyesining ilk dasturlari 1964-yil 5-noyabrdan qoraqalpoq va rus tillarida kuniga bir necha daqiqadan efirga uzatilishni boshlagan. 1965-yildan ushbu televideniye haftasiga toʻrt marta 2,5 soatdan efirga uzatish imkoniyatiga ega boʻlgan. Keyingi yillarda efir soatlari va kunlari uzaya boshlagan. Oʻzbekiston mustaqillik eʼlon qilganidan soʻng Qoraqalpogʻiston televideniyesi Oʻzbekiston DTRK (hozirgi Oʻzbekiston MTRK) tarkibiga kirgan. 2002-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Teleradiokompaniyasi tashkil etilgan. Yoʻnalishi Telekanal yoʻnalishi universal. Telekanal efirida jamiyat, siyosat, ilm-fan, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi koʻrsatuvlar va dasturlar, milliy va xorijiy filmlar, seriallar va multfilmlar, yangiliklar uzatiladi.
Manbalar
Havolalar Qaraqalpaqstan MTRK
Turkum:Oʻzbekiston telekanallari Turkum:Qoraqalpogʻiston televideniyesi Turkum:Qoraqalpogʻiston axborot agentligi
Turkum:1964-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar