Sonic 2 (; asl tarjimasi — Tipratikan Sonic 2) 2022-yilda katta ekranlarga chiqarilgan sarguzasht va komedik janrdagi film boʻlib, Sega Sammy Group, Original Film, Marza Animation Planet va Blur Studio studiyalari tomonidan ishlangan hamda Paramount Pictures tomonidan tarqatilgandir. Film rejissori — Jeff Fowler, ssenariy mualliflari — Patrick Casey, Josh Miller va John Whittington. Film gʻoyasi Sega shirkati tomonidan yaratilmish shu nomli videooʻyin franshizasiga asoslangandir. Film Sonic the Hedgehog filmlar seriyasining ikkinchisi boʻlib, bundan avval Sonic the Hedgehog (2020) ishlangan edi. Filmda bosh qahramonlarga Ben Schwartz, Colleen O'Shaughnessey, Idris Elba, James Marsden, Tika Sumpter, Natasha Rothwell, Adam Pally, Shemar Moore va Jim Carrey ovoz bergan.
Sonic 2 premyerasi AQShda 2022-yil 8-aprelda boʻldi. Film umumjahon boʻylab $402 million jamgʻardi va 2022-yilning 9chi eng kassabop filmiga aylandi.
Syujeti Birinchi film voqealaridan soʻng, Tom va Maddie Green Hillsdagi uyini Sonicga omonat qoldirib, taʼtilga chiqishadi. Doktor Eggman Echidna Knuckles () bilan birgalikda zumradni topish ilinjida oʻrtaga chiqadi. Boshqa tarafdan, Sonic yangi oʻrtogʻi boʻlmish Miles „Tails“ Prower () bilan birgalikda zumradni yomon qoʻllarga tushishidan avval topish uchun yoʻlga chiqishadi.
Rollarda Ben Schwartz — tipratikan Sonic Colleen O'Shaughnessey — Tails Idris Elba — Knuckles James Marsden — Tom Wachowski Jim Carrey — Doktor Eggman Tika Sumpter — Maddie Wachowski Adam Pally — Wade Whipple Natasha Rothwell — Rachel Lee Majdoub — Agent Stone
Musiqasi Filmga Tom Holkenborg bastakorlik qilgan.
Izohlar
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti
Turkum:2022-yil filmlari Turkum:2022-yil 3D-filmlari Turkum:2022-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Yaponiya filmlari Turkum:Yaponiya animatsion filmlari Turkum:Jeff Fowler filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Original Film filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:Fentezi filmlar Turkum:Hayvonlar haqidagi filmlar Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:Robotlar haqidagi filmlar Turkum:Sarguzasht filmlar Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Yaponiya kinokomediyalari