GN-z11 – Katta Ayiq yulduz turkumida joylashgan yuqori qizil siljishli galaktika. Qizil siljishi z=10,6034 ga teng. U hozirgacha topilgan Yerdan eng uzoqda joylashgan galaktikalardan biridir. Yerdan uzoqligi 32 mlrd yorugʻlik yiliga yoki 9,8 mlrd parsekga teng. Yorugʻlik-sayohat masofasi 13,4 mlrd yorugʻlik yili yoki 4,1 mlrd parsek. 2022—yilda Jeyms Uebb kosmik teleskopi tomonidan JADES-GS-z13-0 kashf etilgunga qadar GN-z11 kuzatilishi mumkin boʻlgan koinotda aniqlangan eng qadimgi va eng uzoq galaktika hisoblangan. Gn-z11 galaktikasi kattaligi boʻyicha Somon Yoʻli galaktikasidan 25 baravar va Yulduzlar massasidan 100 baravar kichikdir. Yulduz hosil boʻlishining kuzatilgan tezligi Somon Yoʻlidagi hozirgi koʻrsatkichdan 20 baravar yuqori ekanligi taxmin qilinmoqda. Ob’ektning nomi uning GOODS-North galaktikalar maydonidagi joylashuvi va yuqori kosmologik qizil siljish raqami (GN + z11) tufayli olingan. Galaktikaning qizil siljishi shunchalik yuqoriki, uning burchak diametri masofasi qizil siljishi pastroq boʻlgan baʼzi galaktikalarnikidan kamroq. Bu uning burchak oʻlchamining yorugʻlik yilidagi oʻlchamiga nisbati kattaroq ekanligini anglatadi.
HD1 galaktikasi kashf etilishidan oldin GN-z11 Koinotdagi eng uzoq obyekt boʻlgan, garchi UDF-39546284 galaktikasi mavjud boʻlsa-da, uning qizil siljishi 11,9 ga teng. Bundan oldinroq, 2015—yilning yozida Gavayidagi Kek rasadxonasida topilgan Egsy8p7 (masofa – 13,1 milliard yorugʻlik yili, qizil siljish z = 8,68) Yerdan eng uzoq galaktika deb hisoblangan.
Kashfiyot
Galaktika Hubbl kosmik teleskopining "Cosmic Assembly Near-infrared Deep Extragalactic Legacy Survey" (CANDELS) (oʻz. Yaqin infraqizil chuqur ekstragalaktik meros tadqiqoti Kosmik Assambleyasi) va Spitzer kosmik teleskopining "Great Observatories Origins Deep Survey-North" (GOODS-North) (oʻz. Buyuk rasadxonalarning kelib chiqishini chuqur oʻrganish) maʼlumotlarini oʻrganuvchi guruh tomonidan aniqlangan. Tadqiqot guruhi GN-z11 gacha boʻlgan masofani spektroskopik tarzda oʻlchash, koinotning kengayishi natijasida paydo boʻlgan qizil siljishni oʻlchash uchun Hubbl kosmik teleskopining Keng maydon kamerasi 3 (ing. Wide Field Camera 3 (WFC3)) dan foydalangan. 2016-yil mart oyida eʼlon qilingan topilmalar galaktikaning Hubbl teleskopi kuzatishi mumkin boʻlgan masofa chegarasida, dastlab oʻylanganidan ancha uzoqda ekanligini koʻrsatdi. „Jeyms Uebb“ teleskopi hozirgacha kuzatilgan eng uzoq galaktikalardan toʻrttasini topdi, ulardan biri koinotni hosil qilgan Katta portlashdan atigi 320 million yil oʻtgach paydo boʻlgan, deb hisoblanmoqda. JADES-GS-z13-0 galaktikasining qizil siljishi z = 13,2 ni tashkil etadi, bu esa Katta ortlashdan keyin 320 mln yil oʻtib kashf etilgan eng uzoqdagi gallaktika sanaladi. JADES-GS-z10-0, JADES-GS-z11-0 va JADES-GS-z12-0 galaktikalarining qizil siljishi mos ravishda z = 10,38, 11,58 va 12,63 ga teng.
GN-z11 avvalgi rekordchi EGSY8p7 galaktikasidan taxminan 150 million yil katta va „koinotning qorongʻu asrlari deb ataladigan davrning oxiriga juda yaqin“, „reionizatsiya davrining“ boshiga yaqin kuzatilgan.365x365px|thumb|"Space Shuttle" dasturi orqali STS-125 kosmik kemasini ishga tushirishdan oldin „Keng maydonli kamera 3“.|left Somon yoʻli galaktikasi bilan taqqoslaganda, GN-z11 oʻlchamining 1/25 qismini tashkil etadi, massasining 1% ni tashkil qiladi va yangi yulduzlarni taxminan yigirma baravar tezroq hosil qiladi. Yulduzlar yoshi 40 million yil deb baholangan boʻlsa, galaktika oʻz yulduzlarini nisbatan tez shakllantirgan koʻrinadi. Bunchalik massiv galaktikaning birinchi yulduzlar paydo boʻlishidan soʻng tez orada mavjud boʻlgani, galaktikalar shakllanishining baʼzi hozirgi nazariy modellariga qiyinchilik tugʻdiradi.center|thumb|462x462px|GN-z11 galaktikasi joylashuvini koʻrsatadigan animatsiya Sanʼatda Rossiyalik rep musiqachi Andrey Vyacheslavovich Lisikov (Delfin) ning „Alvido, qurol“ nomli albomida GN-z11 nomli taronasi mavjud.
Qarang CEERS-93316 GLASS-z12 HD1 Eng uzoq astronomik obʼektlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Astronomik obyektlar Turkum:Astranomiya Turkum:Gallaktikalar Turkum:Kashfiyotlar