Koʻkdala tumani — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2022-yil 17-martda Chiroqchi tumani hududini ikkiga boʻlish orqali tashkil etilgan. Markazi — Yettitom shaharchasiQashqadaryoda yangi tuman tashkil etildi. // Gazeta.uz (2022-yil 17-mart). Maydoni 171 ming gektar.

Tarixi 2021-yil 11-oktabrda 2021-yilgi prezidentlik saylovida oʻz nomzodini koʻrsatgan Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida Chiroqchi tumanida aholi soni koʻpligi, transport infratuzilmasi rivojlanmagani sababli aholining tuman markaziga kelib-ketishida koʻp vaqti va mablagʻi ketayotganini aytib, tuman hududini ikkiga boʻlish taklifini bildirdiShavkat Mirziyoyev Chiroqchi tumanini Chiroqchi va Koʻkdala tumaniga boʻlishni taklif qildi. // Yangi Oʻzbekiston (2021-yil 11-oktabr). 2022-yil 19-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. Majlisda yangi tashkil etiladigan Koʻkdala tumaniga Chiroqchi tumanidan tahminan 177 ming aholi yashaydigan 171 ming gektar yer maydoni ajratilishi haqida kelishib olindiChiroqchi tumanidan Koʻkdala tumani tarkibiga qancha yer maydoni oʻtkazilishi ochiqlandi. // Xalq soʻzi (2022-yil 2-mart). 2022-yilning 19-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati yigʻilishida Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli qaror qabul qilindiҚашқадарё вилояти Чироқчи туманининг чегараларини ўзгартириш ва Кўкдала туманини ташкил этиш тўғрисидаги масала муҳокама қилинди. // Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (2022-yil 17-mart).

Koʻkdala tumanini tashkil etishda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev soʻzlagan nutqdan parcha:

Mahallalar

Koʻkdala tumani tashkil etilganida Chiroqchi tumanining quyidagi 32 mahallasi ushbu tumanga qoʻshilgan:Chiroqchining 32 ta mahallasi Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkaziladi. // Oyina (2021-yil 22-noyabr)Chiroqchi tumani hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkazish haqida. // Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi Qarori (2021-yil 18-noyabr)

Annaruz Ayritom Baxt Beglamish Eski anhor Guliston Koʻkdala Naymansaroy Oltin boshoq Oltin dala Paxtalisoy Qanotli Qumdaryo Soyboʻyi Suvliq Taloqtepa Torjilgʻa Toshli Toʻqmor Umakay Uymovut Xarduri Xushali Xoʻjaobod Zum Oʻtamayli Gʻallakor Shoʻrbozor Shoʻrquduq Chiyal Chorvador Chuvulloq

Media va fan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 22-oktabrdagi PF–189-son Farmoni bilan davlat organlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish belgilandi. Shunga muvofiq, hokimliklar ichida ilk bor Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tumani hokimligi axborot xizmati jamoatchilikka axborot yetkazishda ilk sun’iy intellekt “Anora”ni ishga tushirdi.

"Ayniqsa, uni milliy liboslar asosidagi obrazda yaratish — jamiyatdagi madaniy g‘urur va milliy qadriyatlarni zamonaviy texnologiya bilan uyg‘unlashtirishning ajoyib namunasi", degan Ko'kdala tumani hokimligi axborot xizmati Otabek Artikov.

Manbalar

Havolalar Chiroqchi tumani Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

Turkum:Oʻzbekiston tumanlari Turkum:Qashqadaryo viloyati tumanlari