Yodgoroy Tulkinjonovna Mirzoyevahttps://webcache.googleusercontent.com/search?q=cache:iQm0oT5TpXYJ:https://uz24.uz/sport/yodgoroy-mirzaeva-mamlakatimiz-hotin-uizlari-orasida-birinchi-bglib-boks-bgyicha-olimpiada-gyinlarin+&cd=10&hl=ko&ct=clnk&gl=kr (1996-yil 22-aprel, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, engil vazn toifasida ishtirok etadi. Uch marta Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzbek boks tarixida Yozgi olimpiada oʻyinlari ishtirok etgan birinchi ayolhttp://myday.uz/news/obzor-rio-chasty-ii?phpMyAdmin=6ec491816275eb7fd9b43ec90a9d77a0. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
Biografiyasi 2019-yilda Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetini tamomlagan.
Sport karyerasi 2015-yilda Ulanchabda (Xitoy) ayollarning boks boʻyicha Osiyo chempionatida 57 kg boʻlgan vazn toifasida Mirzayeva bronza medalini qoʻlga kiritdihttp://amateur-boxing.strefa.pl/Championships/Asian_wom_Champs2015.html. 2016-yilning 23-martidan 3-apreliga qadar Syanʻanʻ shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining saralash bahslarida u 51 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2016-yilda Rio-de-Janeyro (Braziliya) boks boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. U birinchi davrada kanadalik Mendi Budjold bilan toʻqnash keldi, biroq toʻrtinchi bosqichda ochko yoʻqotdihttps://www.myscore.com.ua/player/mirzaeva-yodgoroy/b3kKXSBP/.
2017-yilda Xoshiminda (Vyetnam) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 57 kg vazn toifasida Yodgoroy Mirzaeva yarim finalda hindistonlik sportchi Sonii Singxga yutqazib, bronza medali sohibiga aylangandihttps://www.gazeta.uz/ru/2017/11/10/boxing/.
2018-yilda u Nyu Delida (Hindiston) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida qatnashdi, lekin birinchi raundda ruminiyalik bokschi Lakrimiore Perixosga yutqazib qoʻydi.
2019-yili Bangkokda (Tailand) boʻlib oʻtgan ayollarning boks boʻyicha oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 57 kg vazn toifasida u yana bronza medalini qoʻlga kiritdihttps://www.gazeta.uz/ru/2019/04/28/boxing/.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol bokschilar Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari