Molxona — 1945-yil 17-avgustda George Orwell tomonidan yozilgan asar. Asarda bir guruh fermada yashovchi hayvonlarining oʻz xoʻjayinlariga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishi va natijada erkin, teng hamda baxtli jamiyat qurishga umid qilish jarayonlari hikoya qilib beriladi. Asar voqealari „Qoʻrgʻoncha“ nomli fermada boʻlib oʻtadi . Oxir-oqibatda hayvonlar inqilob orqali yangi, mustaqil jamiyat qurishni niyat qilishgan. Ammo fermadagi hayvonlar Napaleon laqabli choʻchqa diktaturasi ostida avvalgidan ham ayanchli hayot kechira boshlaydilar„12 Things You May Not Know About Animal Farm“. Metro.„Animal Farm: Sixty Years On“ . History Today..
Orwellning taʼkidlashicha, mazkur asar 1917-yilgi Rus inqilobi va undan keyingi SSSRdagi Stalin davri hodisalariga nisbatan bir oʻxshatishdirBloom, Harold (2009). Bloom’s Modern Critical Interpretations: Animal Farm — New Edition (1st ed.). Infobase Publishing. ISBN 978-1604135824.. Asardagi hayvonlar maʼlum tarixiy shaxslar ramzi sifatida namoyon boʻladi. Shuningdek, asardagi Napoleon, Snouboll, Qichqiroq kabi qahramonlar hukmron tabaqa illatlarini, Boksyor, Klover, Benjamin, Molli kabi laqabli hayvonlar esa ishchi tabaqa vakillari hayotini aks ettirish uchun xizmat qilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1945-yil kitoblari Turkum:Ingliz tilidagi kitoblar