Diyor Mahkamov (1987-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — oʻzbek estrada xonandasi, aktyor va produserPeves Diyor Maxkamov vpervie nazval prichinu, iz-za kotoroy on pokinul shou-biznes Unews.uzDiyor Mahkamov haqida maʼlumotlar Muz.uz.
Qoʻshiqchilikdan tashqari, Diyor kinolarda ham oʻzini sinab koʻrgan. Oʻzining ilk debyut rolini 1999-yili „Muhabbat sinovlari“dan boshlagan.
Tarjimai hol Diyor Mahkamov 1987-yil 3-noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tavallud topdi. Diyorbek bolaligidan musiqaga qiziqqani uchun poytaxtdagi 23-maktabni tugatdi. Diyorbek 6-sinfda oʻqib yurgan kezlarida ustozi Shuhrat Qayumov bilan birga ilk marotaba sahnaga chiqadi. 2005-yildan 2009-yilgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taʼlim oldi. 2006-yilda Diyor Nigora Mahkamova bilan oila qurdi. Bugungi kunda u uch farzandning otasi hisoblanadiMaxkamov nagrajden nagrudnim znakom po sluchayu 30-letiya nashey nezavisimosti Newuz.uz.
Oila Otasi: Doniyor Mahkamov Onasi: Mahfuza Mahkamova Ukasi: Elyor Mahkamov Umr yoʻldoshi: Nigora Mahkamova
Farzandlari Shokira Daniyorova Yahyo Doniyorov Fotih DoniyorovDiyor Mahkamov xonadonida shodiyona Aniq.uzDiyor Mahkamov yana farzandli boʻldi Darakchi.uzXonanda Diyor Mahkamov yana farzandli boʻldi Zamin.uz
Ijodiy faoliyati Diyor Mahkamov qoʻshiqchilik faoliyatini 1998-yildan boshlaganKto takoy Diyor Maxkamov (Diyor Mahkamov)? Uz24.uz. Diyor ilk qoʻshiqlarini 1998-yilda chiqargan. Uning yetimlar haqidagi qoʻshigʻi koʻpgina bahs-muzokaralarga sabab boʻlgan. 2001-yilda xonanda oʻzini „Kutaman“ deb nom olgan debyut albomini chiqarib, oʻsha yili Turkiston sanʼat saroyida xonanda oʻzining yakkaxon konsertini namoyish etdiMAXKAMOV Vesti.uz.
2003-yili D.Mahkamov „Bolaligim xayr endi“ albomini yozdi. Xuddi shu yili xonanda ikkinchi yakkaxon konsertini Turkiston sanʼat saroyining qishki zalida tomoshabinlarga havola etdi. Shundan keyin xonandaning ijodida tanaffus yuz berdi. Taʼlim olish bilan birga hayotida katta burilish boʻlib, boʻydoqlik safini tark etdiXonanda Diyor Mahkamov sanʼatni tark etib, Dubayga koʻchib ketdimi? Daryo.uz.
Shu davr ichida u bir necha filmlarda suratga tushdiDiyor Maxkamov (Dier Mahkamov): filmografiya, foto, biografiya. Akter. Aktyorlik faoliyati Diyor Mahkamov bir qancha oʻzbek kinolarida suratga tushdi. „Muhabbat sinovlari 1“ va „Muhabbat sinovlari 2“ filmlarida bosh rollardan birini oʻynashiga qaramasdan, debyut roli uchun ijobiy fikrlarni olganDiyor Mahkamov — Biografiya muzfmtv. Soʻng xonanda boshqa bir qancha filmlarda „Yigitlar“ (2008), „Baxt ortidan“ (2014), „Kunlardan bir kun“ (2016), „Majnun“ va „Virus“ (2017) ham oʻzini sinab koʻrganl Zavershil li svoyu tvorcheskuyu kareru Diyor Maxkamov (Diyor Mahkamov)? Uzdaily.uz.
Produserlik ishi 2016-yil — Kunlardan bir kun 2017-yil — Majnun 2017-yil — Virus
Mukofotlari „Mustaqillik umidlari — 2005“ tanlovi gʻolibi „Nihol“ mukofoti- 2006-yili „Barkamol avlod-2008“ gʻolibi „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“— 2009 „Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi“ ordeniMahkamov (Diyor Mahkamov) Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan koʻkrak nishoniga sazovor boʻldi Nuz.uz
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar