Omlet () — tuxumli quymoq, unga odatda sut yoki boshqa turdagi suyuqlik, misol uchun suv, qaymoq, bulyon, qaynatma, bir qator retseptlarda oz miqdorda un, masalan, bugʻdoy, joʻxori, grechka, arpa, javdar, kartoshka, noʻxat uni qoʻshiladi. Ushbu tarkibiy mahsulotlar issiqlik bilan ishlov berishdan avval tuxum va suyuqlik bilan birga koʻpirtiriladi. Quymoqni qovurish, pechda yoki suv bugʻida pishirish mumkin. Issiqlik bilan ishlov berishda quymoqqa mayda toʻgʻralgan kolbasa, qovurilgan goʻsht, pishloq, tuzlangan yoki qaynatilgan qoʻziqorin, piyoz, sarimsoq, petrushka barglari, selderey, kervel, rayhon, jambil, toshchoʻp va boshqa mahsulotlarni qoʻshish mumkin, bu orqali xilma-xillikka erishiladiOmlet// Kulinarniy slovar V. V. Poxlyobkina, 2002. Omletlar odatda nonushta dasturxoniga tortiladi Омлет// Кулинарный словарь В. В. Похлёбкина, 2002 .
Murabbo, asal va boshqa mahsulotlar bilan pishirilgan omletlar shirinlik sifatida isteʼmol qilinadi V.V. Pohlyobkin bunday taomlarni omlet deyish notoʻgʻri ekanligini, ularni solojenik deb atash toʻgʻri boʻlishini aytadiOmlet// Kulinarniy slovar V. V. Poxlyobkina, 2002.
Omlet ichiga qiyma (goʻsht, sabzavot va boshqalar) oʻrash mumkin. Smetana kabi konsistensiyaga ega tuxum-sut aralashmasidan kastryulya yoki suv bugʻida pishirilgan yegulik tuxumli boʻtqa deb ataladi.
Yana qarang
Drachena
Manbalar
Adabiyotlar
Ratushniy A. S. Omlet // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 244—245. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9. Omlet // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 207. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6. Turkum:Eron oshxonasi Turkum:Dunyo oshxonasi Turkum:Fransuz oshxonasi Turkum:Tuxumli taomlar