Damir Zaxartdinov (1976-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbek erkin kurashchisi, jahon chempionati sovrindori.

1976-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. U Jahon kubogining bronza medalini 1996-yilda qoʻlga kiritadi, biroq Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarida 8-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

Jahon harbiy oʻyinlarining kumush medalini 1997-yilda qoʻlga kiritadi. Damir jahon chempionati va Osiyo chempionatining bronza medaliga 1999-yilda erishdi. 2000-yilda u Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi va Sidney Olimpiya oʻyinlarida 4-oʻrinni egalladi.

Erkin kurashchi tinimsiz mashq qilib, 2001-yilda jahon chempionatida bronza, Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻldi. 2003-yilda harbiylar oʻrtasidagi Osiyo chempionati va jahon chempionatining kumush medallarini olishga muyassar boʻladi.

Zaxartdinov 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan, lekin unga 9-oʻrinni olish nasib qilgan. 2005-yili Osiyo chempionatining bronza medali sohibi, 2006-yilda harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Mukofot va unvonlar

1996-yilda “Shuhrat” medali 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi

Manbalar

Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:2-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari