Migas ( ; Ispancha talaffuzi: [ˈmiɣas]) ispan oshxonasi taomining nomi boʻlib, Teks-Meks oshxonasining xuddi shu nomdagi taomidan sezilarli darajada farq qiladi. Oʻzbek tiliga tarjima qilingan migas „urvoqlar“ degan maʼnoni bildiradi.
Ispan taomi- migas Migas ― ispan oshxonasining anʻanaviy taomi. Ilgari nonushtada ortib qolgan non boʻlaklari yoki tortilla bilan isteʼmol qilingan migas endi Ispaniyadagi restoranlarda nonushta va tushlikda beriladigan birinchi taomga aylandiBarrenechea, Teresa. The Cuisines of Spain. Ten Speed Press, 2005, page 132. ISBN 1-58008-515-6. Baʼzi tarixiy manbalarda taomning kelib chiqish ildizlarini Shimoliy Afrika kuskusiga bilan bogʻliq ekanligi qayd etilgan. left|thumb| Andaluscha migas Ispaniyaning turli viloyatlarida Migas tarkibi turfaligi bilan farq qiladi. Extremadurada bu taom suvga botirib qoʻyilgan bir kun avvalgi non, sarimsoq, qalampir, zaytun moyi, shuningdek, ismaloq yoki bedani oʻz ichiga oladi; koʻpincha qovurilgan choʻchqa qovurgʻalari bilan tortiladiMigas extremeñas. Teruel, Aragonda, migas chorizo choʻchqa goʻshtidan kolbasa va bekonni oʻz ichiga oladi va koʻpincha uzum bilan beriladi.
La- Manchada migas manchegas ehtiyotkorlik bilan tayyorlashni talab qiladi, lekin asosan Aragon migasiMigas de Teruel bilan bir xil ingredientlarni oʻz ichiga oladi. Andalusiyada migaslar koʻpincha ertalab qushxonalarda isteʼmol qilinadi. Choʻchqa, qoʻy yoki echkni soʻyilgandan soʻng, qoladigan quyulib qolgan qon, jigar, buyraklar va boshqa ichak-chavoq mahsulotlari bilan birga pishiriladi. Migaslar koʻpincha ochiq gulhan yoki koʻmirda pishiriladi . thumb|Migas, ispan oshxonasining arxaik taomidir
Tex-mex oshxonasidagi migas thumb| Tex-mexcha migas Teks-Meks oshxonasida- migas makkajoʻxori tortilla qalamchalari qoʻshilgan omletdan iborat anʼanaviy nonushta uchun taomdir.
Anʼanaviy ravishda xristianlarning roʻza paytida isteʼmol qilinadi, uning yogʻsiz versiyasi turli xil ziravorlar (masalan, salsa, piko de gallo souslari) qoʻshilgan makkajoʻxori tortillalari, tugʻralgan piyoz, chili qalampiri, yangi pomidor va pishloq bilan yogʻda qovurilgan omletdan iborat. Migas odatda qovurilgan loviya, shuningdek tacosning boshqa barcha ingredientlari solib oʻralgan makkajoʻxori yoki un tortillalari bilan dasturxonga tortiladi. thumb|Pomidor va paprika bilan cho'pon migasi, Aragon Oddiy ingredientlarga qoʻshilgan xushtaʼm chorizo bilan dasturxonga tortiladigan migasning yana bir varianti ham mavjud. Tortilla qalamchalari baʼzan tiniq boʻlgunga qadar qovuriladi.
Manbalar
Adabiyotlar
Charles Sinclair. migas // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 373. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.
Havolalar
migas tex-mex retsepti ) Turkum:Meksika oshxonasi Turkum:Andalusiya oshxonasi