After Hours – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning XO va Republic Records yordamida 2020-yil 20-martda chiqarilgan toʻrtinchi studiyaviy albomi. Asosan, The Weeknd tomonidan ishlab chiqarilgan, shuningdek, DaHeala, Illangelo, Max Martin, Metro Boomin va OPN kabi prodyuserlar ham oʻz hissasini qoʻshgan (ularning aksariyati bilan The Weeknd ilgari ishlagan). Albomning standart versiyasi hech qanday noodatiy xususiyatga ega emas, lekin deluxe editionda Ariana Grande, remixes editionda esa Chromatics va Lil Uzi Vert mehmon sanʼatkor sifatidagi chiqishlari mavjud. After Hoursning asosiy mavzulari – yolgʻizlik, oʻzidan nafratlanish va qochish.
Albom chiqarilishidan oldin The Weeknd After Hours oldingi albom – Starboy (2016) dan stilistik jihatdan farq qilishini tasdiqladi. Reklama materialining badiiy dizayni va estetikasi psixodelik deb taʼriflangan va Casino (1995), Fear and Loathing in Las Vegas (1998), Joker (2019) va Uncut Gems (2019) kabi turli filmlardan ilhom olingan. Uning nomi 1985-yilda Martin Scorsese tomonidan suratga olingan xuddi shu nomdagi filmdan olingan.
After Hours toʻrtta singl tomonidan qoʻllab-quvvatlandi: „Heartless“,"Blinding Lights", "In Your Eyes" va "Save your Tears"; ulardan uchtasi Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Albom nomidagi trek promo-singl sifatida chiqarildi. 2020-yil mart oyida After Hours 1,02 milliondan ortiq foydalanuvchilarni jalb qilgan holda Apple Music tarixidagi eng koʻp global boʻyicha rekordni yangiladi. Albom koʻproq ijobiy sharhlar oldi; baʼzi tanqidchilar uni The Weekndning eng yaxshi ishi deb atashgan. U Billboard 200 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi, The Weekndning AQSHdagi toʻrtinchi birinchi raqamli albomiga aylandi va ketma-ket toʻrt hafta davomida chartning birinchi oʻrnida turdi. After Hours yana 20 ta davlatda, jumladan, vatani Kanada va Buyuk Britaniyada ham birinchi oʻrinni egalladi. 2022-yil dekabr holatiga koʻra, albom Amerika Ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan uchta platina sertifikatiga ega.
After Hours va uning beshinchi studiyaviy albomi Dawn FM (2022) ni qoʻllab-quvvatlash uchun The Weeknd Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Avstraliyani qamrab oladigan After Hours til Dawn Tourni oʻtkazmoqda.
Tarixi va chiqarilishi The Weeknd birinchi boʻlib 2018-yil noyabr oyida konserti chogʻida yangi albom ustida ishlayotganiga shaʼam qilib, muxlislarga „Tez orada VI bob chiqadi“ deb aytdi. 2019-yil 12-yanvarda „Endi kunduzgi musiqa yoʻq“ deya Twitterda loyiha haqida yozishni davom ettirdi. Uning posti muxlislar va ommaviy axborot vositalarida u oʻzining birinchi EP – My Dear Melancholy (2018) da mavjud boʻlgan gʻamgin tovushlar davom ettirilishiga ishontirdi. The Weeknd albom haqida 6-avgust kuni „Albom tayyor“ tviti orqali yana eslatib oʻtdi.
Besh oylik sukutdan soʻng The Weeknd Mercedes-Benz reklamasi orqali albomning ikkinchi "Blinding Lights" singlidan parchani taqdim etdi. Ertasi kuni 2019-yil 27-noyabrda chiqarilgan, albomning birinchi singli – „Heartless“ haqida xabar berdi; "Blinding Lights" esa ikki kundan keyin chiqdi. „Heartless“ chiqishidan bir necha soat oldin The Weeknd ijtimoiy tarmoqlarda albom haqida „Kuz ertaga kechqurun boshlanadi“ va „Bugun kechqurun biz miyani eritadigan yangi bobni boshlaymiz! Ketdik!“ degan postlar qoldiradi.
2020-yil 13-fevralda The Weeknd qisqa tizer orqali albom nomini oshkor qildi. 19-fevral kuni albomning muqovasi va chiqish sanasini oshkor qildi, „After Hours“ trekini promo-singl sifatida chiqardi. 17-mart kuni The Weeknd After Hoursning trek-listini taqdim etdi.Albom chiqarilishidan bir necha soat oldin The Weeknd After Hours, albom chiqarilishidan bir kun avval vafot etgan, uzoq vaqtlardan beri muxlis boʻlgan XO Podcast boshlovchisi Lancega bagʻishlanganini eʼlon qildi. Chiqarilgan kuni albom The Weekndning Apple Music 1 dagi radioshousi – Memento Morining sakkizinchi epizodida premyera qilindi. Shu bilan birga, The Weeknd Spotifyda tinglash seansini oʻtkazdi.
Tarkibi Musiqiy jihatdan, After Hours bu R&B, new wave va dream pop plastinkasi boʻlib, electropop va synth-pop taʼsirini oʻz ichiga oladi. Albom shuningdek, synthwave, electro, electro house, trap, baraban va bass, liquid funk, va synth-rock elementlarini oʻz ichiga oladi. Lirik jihatdan, After Hours yurak sinishi, qochish, yolgʻizlik, behayolik, oʻzidan nafratlanish va pushaymonlik mavzulariga oid.
Badiiylik va estetika Albom reklama materialining dizayni va estetikasi psixodelik deb taʼriflangan va Fear and Loathing in Las Vegas (1998), Joker (2019), Casino (1995) va Uncut Gems (2019) kabi turli xil filmlardan ilhom olingan, soʻnggi filmda The Weeknd kameo rol ijro etgan. Albom nomi 1985-yilda Martin Scorsesening xuddi shu nomdagi filmdan olingan. Jurnalistlar tomonidan oʻsha davrda Tesfayening tashqi koʻrinishi qizil rangga boʻyalgan deb taʼriflangan, chunki u albomning barcha reklama materiallari, masalan, muqovalar, musiqiy videolar, tizerlar va jonli ijrolar davomida doimiy ravishda qizil kostyum kiygan va maxsus soch turmagida boʻlgan. Albom kliplari syujeti va albom muqovasidagi qahramon bilan qanday bogʻliqligi borligi haqida soʻralganda, The Weeknd 2020-yilda Variety nashriga shunday degan: "Bu shunchaki hikoya, voqealar „Heartless“ klipida boshlanadi va ["Blinding Lights", „After Hours“, "In Your Eyes" va „Untill I Bleed Out“] kliplarida va Jimmi Kimmel va Stiven Kolbert [shoularida] davom etadi. Bu qahramon juda yomon tunni oʻtkazadi – bu videolardagi voqealarning barchasi bir kechada boʻlib oʻtadi". Albomdagi qahramon haqida u 2021-yilda GQ ga shunday degan:
Albomning umumiy badiiy yoʻnalishida asosan aka-uka Tammilar xizmat qilishdi, dizayni Aleksi Tammi tomonidan, fotografiya va vizual yoʻnalish esa Anton Tammi tomonidan amalga oshirilgan, u, shuningdek, albom singllari uchun kliplarni va loyihaning shu nomdagi qisqa metrajli filmini suratga olgan. Albomning ijodiy yoʻnalishini The Weekndning ijodiy direktori va bolalikdagi doʻsti La Mar Teylor boshqargan. Nabil Elderkin deluxe edition uchun reklama materiallarini suratga olish va videoga olishni boshqargan, bu materialda Tesfaye oʻsha davrning „Gunohlar shahri“ mavzusini davom ettiradi, u bonus-treklar uchun ikkita tizerda kazinoda „yashaydigan“ va qora kostyum kiyadigan odam boʻladi.
Albomning Target va HMV alternativ muqovasida The Weeknd qora va qizil fonda, oʻng past tomonga melanxolik ifodada, bogʻlangan yuz bilan qarab turgan rasmi bor. After Hours (Remixes) EP muqovasida The Weeknd qora fonda, kumush galstukli qora kostyum kiygan, yuzi toʻgʻriga qaragan, lekin koʻzlari tepa oʻngga qarab turgan holda, qora quyoshdan saqlaydigan, chaqmoqning aksi koʻrinib turgan koʻzoynak bilan aks ettirilgan.
Targʻib
Singllar 2019-yil 27-noyabrda albomning asosiy singli „Heartless“ musiqa doʻkonlari va striming xizmatlarida raqamli ravishda chiqarildi. Qoʻshiq amerikalik prodyuser Metro Boomin tomonidan ishlab chiqarilgan. Chiqish vaqtida bu The Weekndning My Dear Melancholy (2018) EP dagi "Call Out My Name"dan keyingi birinchi yakkaxon singli edi. Singl AQSH Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi va The Weekndning toʻrtinchi charttopper qoʻshigʻi boʻldi va Metro Boomin ishlab chiqargan ikkinchi chart yetakchisiga aylandi. Uning klipi 2019-yil 3-dekabrda chiqdi.
"Blinding Lights" albomning ikkinchi singli sifatida 2019-yil 29-noyabrda musiqa doʻkonlari va striming xizmatlarida raqamli ravishda chiqarildi. Qoʻshiq 22 mamlakatda, shu jumladan Qoʻshma Shtatlar va Kanadada birinchi oʻrinni egalladi (beshinchi charttopperga aylandi) va Billboard Hot 100 va Canadian Hot 100 roʻyxatlarida mos ravishda toʻrt va yetti hafta davomida birinchi oʻrinda qoldi. Shuningdek, u Germaniyada oʻn hafta, Buyuk Britaniyada sakkiz hafta va Avstraliyada oʻn bir hafta davomida birinchi raqamli singl boʻlib, uni shu kungacha eng mashhur singlga aylantirdi. Uning musiqiy videosi „Heartless“ klipi chiqqanidan keyin tasvirga olingan va 2020-yil 21-yanvarda chiqarilgan. Keyinchalik u 2021-yilda Billboard No. 1 Song of All Time ga aylanadi.
„In Your Eyes“ albomning uchinchi singli sifatida 2020-yil 24-martda rhythmic contemporary radioda chiqarildi. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 16-oʻrinni egalladi. Uning musiqiy videosi avvalgi kliplarning hikoyasini davom ettiradi va 2020-yil 23-martda chiqarilgan.
"Save Your Tears" 2020-yil 9-avgustda albomning toʻrtinchi singli sifatida Yevropaning contemporary hit radiosida chiqarildi. Keyinchalik u 2020-yil 24-noyabrda AQShning rhythmic contemporary radiosida chiqarildi. Ariana Grande bilan remiksdan soʻng qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Qoʻshiq uchun videoklip avval chiqarilgan kliplarning hikoyasiga mos keladi va 2021-yil 5-yanvarda chiqarilgan.
Chiqishlar 2019-yil 5-dekabrda The Weeknd The Late Show with Stephen Colbertda birinchi marta „Heartless“ qoʻshigʻini ijro etdi, „Blinding Lights“ esa ertasi kuni xuddi shu shouda birinchi marta ijro etildi. Ikkala chiqish ham tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan ijobiy qabul qilindi va oʻtmishda Michael Jackson va Princening ijrosiga taqqoslandi. 2020-yil 22-yanvarda Jimmi Kimmel Live!da „Blinding Lights“ ijro etildi. Tesfayening shoudagi chiqishi paytida paydo boʻlishi, shoudan biroz oldin chiqarilgan klipda sodir boʻlgan voqealardan ilhomlanilgan. 2020-yil 7-mart Saturday Night Live epizodidagi chiqishidan avval Tesfaye Kenan Thompson va Chris Redd bilan birgalikda shou uchun maxsus tayyorlangan „On the Couch“ deb nomlangan komediik treki ishtirok etgan va „Blinding Lights“ hamda hali chiqarilmagan „Scared to Live“ qoʻshigʻini elektron musiqachi Oneohtrix Point Never ishtirokida jonli ijroda kuyladi.
2020-yil davomida albom qoʻshiqlarining boshqa jonli ijrolari 2020 MTV Video Music Awards, 2020 Time 100 primetime tadbiri, American Music Awards 2020 kabi yirik televizion tadbirlarda boʻlib oʻtdi.
Tizer va qisqa metrajli film 2020-yil 13-fevralda The Weeknd albom nomini eʼlon qilgan 48 soniyalik tizerni chiqardi. thumb| After Hours logotipi Albom uchun qisqa metrajli film 2020-yil 4-martda chiqarilgan. Uni Anton Tammi suratga olgan, „Heartless“ va „Blinding Lights“ kliplaridagi hikoyani va estetikani davom ettirgan. Filmdagi voqea The Weekndning Jimmy Kimmel Live!dagi „Blinding Lights“ning ijrosi tugaganida boshlanadi va Tesfaye metroga harakatlanayotganda albomdagi turli treklarning parchalari qoʻyiladi. The Weeknd er-xotinni sirli ravishda liftda oʻldirishi bilan film yakunlanadi. Film jurnalistlar tomonidan Joker va The Shining filmlaridan ilhomlanilgani qayd etildi. 2020-yilda Variety nashriga bergan intervyusida The Weeknd qisqa metrajli filmda Chinatown, Jacobs Ladder, King of Comedy, Trouble Every Day, Possession, Dressed to Kill va After Hours kabi filmlarga havola qilinganligini aytdi. „In Your Eyes“ klipi qisqa metrajli film voqealarini davom ettiradi.
Promo-singl va boshqa qoʻshiqlar 2020-yil 18-fevralda Tesfaye albom muqovasining taqdimoti bilan birga albom nomidagi trek chiqarilishini eʼlon qildi. Promo-singl dunyoning turli mamlakatlari, jumladan, Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng yaxshi 20 talikka kirdi va Billboard Hot 100 roʻyxatida 20-oʻrinni egalladi.
2020-yil 7-aprelda albomning yakunlovchi treki „Until I Bleed Out“ uchun klip chiqarildi. Qoʻshiq uchun klip albomning reklama materiallarida mavjud boʻlgan mavzularni davom ettiradi.
2020-yil 22-iyulda albomning beshinchi treki „Snowchild“ uchun klip chiqdi. Qoʻshiq uchun animatsion video oldingi After Hours musiqiy kliplaridagi voqealarni davom ettiradi va shuningdek, uning faoliyatidagi olti xil musiqiy bosqichdagi The Weekndni namoyish etadi.
2020-yil 22-oktabrda albomning ikkinchi treki "Too Late" uchun klip chiqarildi. Klip After Hoursning boshqa musiqiy videolardan tashkil topgan hikoya chizigʻi va mavzularini davom ettiradi.
Tur