Laxsh tumani () - Tojikistondagi respublikaga boʻysunuvchi tumanlarning biridir. Maʼmuriy markazi — Vaxdat shaharchasi.

1931-yilning 10-martida Tojikiston SSRning tarkibida Jirgʻatol tumani tashkil etilgan. 1939-1955 yillarda Garm tumani tarkibiga kirgan. Tojikiston Respublikasi Hukumatining 2016-yilning 2-fevralidagi 29-sonli qarori va Tojikiston Respublikasining Milliy Majlisining 2016-yilning 3-martidagi 204-sonli qarori bilan Jirgatol tumani Laxsh tumani deb qayta nomlangan. .

Geografiyasi Laxsh tumani Rasht vodiysida joylashgan. Shimolida Qirg'izistonning Botken viloyati, G'arbda - Rasht tumani, janubda - Tojikobod va Sangvor tumanlari bilan, sharqda - Qirg'izistondagi O'sh viloyatining Chon-Oloy tumani va Tojikistondagi TBMVning Murgab tumani bilan chegaradosh.

Aholisi Aholi soni 2016-yilning 1-yanvar holatiga koʻra 61300 kishinin tashkil qiladi, shu jumladan Vahdat shahridaVahdat shahri bilan adashtirmang — 9,8% yoki 6000 kishi .

Laxsh tumani hududi aholisining salmoqli qismini tashkil qilgan tojik millati vakillari bilan aralashgan qirgʻiz xalqining anʼanaviy yashash joyi boʻlib hisoblanadi.

Tojikiston Respublikasining Murgʻob qirgʻizlaridan farqli oʻlaroq, laxsh qirgʻizlarining turmush darajasi anʼanaviy ravishda yuqori boʻlib hisoblanadi. Bu hududda tojik-qirg‘iz aralash nikohlarining ko‘plig sabab mahalliy qirg‘izlarning qayrilman maqomida Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tishga unchalik moyilmasligidan dalolalat beradi.

Hududiy boʻlinishi Laxsh tumani tarkibiga 1 shahar tipidagi () Vahdat qishlogʻi va 8 qishloq jamoati kiradi () :

Laxsh tumanining hududiy boʻlinishi Qishloq jamoati Aholisi Sayliobod 4267 Navroʻz 12 663 Javonon 17 674 Laxsh 5830 Laxshi Bolo 6818 Pildon 5111 Surkhob 2367 Nurafshon 8786

Manbalar

Turkum:Tojikistonning respublikaga boʻysunuvchi tumanlari