right|thumb|284x284px| Praga koʻchalarida ijrochini koʻrgan Musiqiy arra — musiqa asbobi sifatida qoʻllaniluvchi arra hisoblanadi. Shtrixiga koʻra glissandoga kiradi; undan chiquvchi tovush termenvoksni eslatadi.

Arra ilk bora XIX asrda AQShning Appalacha shahrida musiqa asbobi sifatida qoʻllangan deb ishoniladi. 1900-yillarga kelib esa bunday musiqiy arrani ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻndan ortiq kompaniyalar ochilgan;Mussehl & Westphal Home of the Musical Saw XX asrning birinchi yarmiga kelib esa, asboblarni ishlab chiqarish bir oz kamaygan, ammo keyinchalik yana ommalashgan. Hozirda musiqiy arra boshqa mamlakatlarda ham ishlab chiqarilgan — xususan, Angliya va Shvetsiyada.The Guardian, Hey, what’s that sound: Musical saw.

1975-yilda bastakor Jek Nitsshening "Kakku uyasi ustidan uchib oʻtayotib" filmida ulkan eʼtiborni tortish uchun musiqiy arraning ovoz effektidan foydalanilgan.«Musical Saws and Accessories », Thomas Flinn & Co..

Rossiyalik musiqachi, muallif-qoʻshiqchi Pavel Kashin bir necha albomlarni yozishda arradan foydalangan.Guinness World Record.

Nyu-York muntazam ravishda Xalqaro musiqiy arra festivalining mezboni boʻladi (). 2009-yilda festival davomida Xalqaro Ginnesning rekordlar kitobiga rekord oʻrnatilgan: arra yordamida ansambldagi 53 nafar musiqachi Shubertning „Ave Maria“sini ijro etishgan.«Sandvik Stradivarius Musical Saw », MusicalInstruments.com.. Yana qarang

Fleksaton

Manbalar