Erix Yoxann Albert Reder (, 1876-yil 24-aprel – 1960-yil 6-noyabr) — Ikkinchi Jahon urushi davrida nemis dengiz floti tarixida katta rol oʻynagan nemis admirali hisoblanadi. Reder 1939-yilda eng yuqori dengiz unvoni bõlmish buyuk admiral darajasiga erishdi va Xenning fon Xoltzendorffdan keyin bu unvonga ega boʻlgan birinchi shaxs boʻldi. Reder urushning birinchi yarmida natsislar Dengiz flotini «Kriegsmarineni» boshqaradi. 1943-yil yanvar oyida isteʼfoga chiqadi va uning oʻrniga Karl Dönitz keladi. Nyurnberg sudida u umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, ammo sogʻligʻi yomonlashgani uchun muddatidan oldin ozodlikka chiqarilgan.
Karyerasining boshlanishi
Dastlabki yillar Reder Germaniya imperiyasidagi Prussiyaning Shlezvig-Golshteyn provinsiyasidagi Wandsbek shahrida tugʻilgan. Uning otasi maktab direktori boʻlgan. Oʻqituvchi va ota sifatida oʻzining avtoritar qarashlari bilan mashhur boʻlgan va oʻgʻliga mehnatsevarlik, tejamkorlik, eʼtiqod va itoatkorlik kabi qadriyatlarni singdirganBird Erich Raeder pp. 1–2.. Xans Reder, shuningdek, oʻz farzandlarini agar Germaniya demokratik davlatga aylansa, bu falokat boʻlishidan ogohlantirdi, chunki bu hukumat "siyosat oʻyinlariga oʻynaydigan" — millat manfaatlari oʻrniga oʻzlarining mayda guruhlar manfaatlari uchun xizmat qilishi mumkin edi
Germaniya Imperatorlik floti thumb|Erix Reder (chapdan ikkinchi) va vitse-admiral Frans fon Xipper (oʻrtada), 1916-yil. Reder 1894-yilda „Kaiserliche Marine“ga (Imperator dengiz floti) qoʻshildi va 1912-yilda Frans von Xipperning shtab boshligʻi boʻlib, tez suratlarda lavozimi koʻtarildi. Rederning lavozim koʻtarilishiga asosan uning aql-zakovati va mehnatsevarligi sabab boʻldiBird Erich Raeder p. xxvi.. va 1901-yildan 1903-yilgacha Reder Prussiya shahzodasi Geynrixning shtabida xizmat qildi va oʻzining kuchli homiysiga ega boʻldiThomas p. 51.. Uning sovuqqon va odamovi xarakteri tufayli, uning doʻstlari u haqida juda kam narsa bilishlarini tan olishgan edi Dengiz flotining hukmron shaxsi dengiz flotining avtokratik stats-kotibi admiral Alfred fon Tirpitz edi. Tirpitzning "jahon kuchlari maqomi"ga erishish uchun uning afzal koʻrgan usuli „Risikoteorie“ (xavf nazariyasi) boʻlib, bunda, Germaniya „Risikoflotte“ (Xavf floti)ni qurishi va shu yoʻl bilan Britaniya uchun Germaniya bilan urush qilish xavfli boʻlishi mumkinligini hamda shu bilan xalqaro muvozanatni „reyx“ foydasiga oʻzgartirishi reja qiladi. Tirpitz dengiz flotini 1897-yildagi kichik qirgʻoq mudofaasi kuchlaridan 1914-yilgi kuchli Oliy dengiz flotiga aylantirdi.
Uzoq Sharq 1904-yilda rus tilini yaxshi biladigan Reder Uzoq Sharqqa rus-yapon urushi kuzatuvchisi sifatida yuborildiBird Erich Raeder p. 13... 1905-yildan boshlab Reder dengiz flotining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimida ishladi, u yerda Tirpitz bilan birinchi marta uchrashdi va siyosatga kirishni jurnalistlarga Seemachtideologieni targʻib qiluvchi maqolalar chop etish va Reyxstagda siyosatchilar bilan uchrashish uchun brifing berish orqali boshladiBird Erich Raeder pp. 13–14.. Tirpitz bilan yaqindan hamkorlik qilib, Reder 1906-yildagi Uchinchi dengiz kuchlari toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish uchun Reyxstagni lobbi qilishda faol ishtirok etdi, bu esa Germaniyani Britaniya bilan XX asrning boshlarida boshlangan Angliya-Germaniya dengiz poygasida raqobat qilish uchun yangi «yirik qurolli jangovar kemalarni» qurishga majbur qildiBird Erich Raeder pp. 14–15..
Reder Birinchi jahon urushi boshlanishidan avval Kayzerning shaxsiy yaxtasi kapitani boʻlib ishladi. Bu unchalik foydali lavozim boʻlmasada, koʻpincha bu lavozimdagi odamlar keyinchalik tezda koʻtarilishardiBird Erich Raeder p. 17..
Birinchi jahon urushi Reder Birinchi jahon urushi paytida, Xipperning shtab boshligʻi boʻlib ishlagan. U 1915-yilda Dogger-Bank yaqinidagi jangida va 1916-yilda Yutland jangida qatnashgan. Keyinchalik Reder Xipperni "qogʻozbozlikni yomon koʻradigan" admiral sifatida taʼriflaydi. Xipper katta vakolatlarni Raederga topshirdi, shuning uchun u shtab boshligʻi lavozimidan koʻra koʻproq taʼsir doirasiga ega ediBird Erich Raeder p. 18..
Birinchi jahon urushi paytida va undan keyin Germaniya dengiz floti ikki xil fikrlovchilar maktabiga boʻlingan. Ulardan biri admiral Alfred fon Tirpitz (1849–1930) boshchiligida amerikalik tarixchi Alfred Tayer Maxan (1840–1914) taʼlimotining ashaddiy izdoshlaridan iborat boʻlib, jangovar kema atrofida markazlashgan “muvozanatli flot” qurishga va urush boʻlgan taqdirda Qirollik dengiz flotiga qarshi hal qiluvchi jangda (Entscheidungsschlacht) gʻalaba qozonishiga ishonardiHerwig p. 73.. Qoʻmondon Volfgang Vegener (1875-1956) boshchiligidagi boshqa maktab esa Britaniyaning yuqori kemasozlik salohiyati tufayli Germaniya hech qachon Entscheidungsschlachtni yutib olishga qodir boʻlgan "muvozanatli flot" qurishga umid qila olmasligini ta'kidlardi va shuning uchun nemis dengiz kuchlaridan guerre de course (dushmanning savdo kemalariga qarshi savdo reydlari) olib boradigan kreyserlar va suv osti kemalari flotini qurishi toʻgʻriroq ish boʻlishini takidlardiHerwig pp. 83–85.. Vegenerning gʻoyalari bayon etilgan uchta maqolasini oʻqib chiqqan admiral Xipper ularni Berlindagi Admiralteyaga topshirishga qaror qiladi, ammo Rederning Vegener tezislarini notoʻgʻri deb baholagan maqolasini oʻqib chiqib, oʻz fikrini oʻzgartiradiHansen p. 89.. Bu Reder va Vegener oʻrtasidagi uzoq janjalning boshlanishini belgilab berdi. Vegener oʻzining sobiq doʻsti Reder uning gʻoyalariga hasad qilganini daʼvo qiladiHansen p. 81..
1916-yil may oyida Reder Xipperning jangovar kreyserlarining reydini rejalashtirishda katta rol oʻynadi, uning maqsadi Britaniya kreyser kuchlarini oʻziga jalb qilib, keyinchalik ular asosiy Oliy dengiz floti tomonidan yoʻq qilinadiBird Erich Raeder p. 23.. Ushbu reyd Yutland jangiga aylandi. Reder ushbu jangda muhim rol oʻynadi va jangning yarmida Xipperning flagmani shikastlanishi natijasida SMS Lutzowdan SMS Moltkega, oʻtishga majbur boʻldi.
Admiral Xipper shtabi boshligʻi sifatida u Xipperning nemis jangovar kreyser eskadronining Atlantika okeani boʻylab suzib oʻtishi va Kanada suvlari boʻylab Gʻarbiy Hindistonga va Janubiy Amerika suvlarida harakat qilayotgan Britaniya kreyserlarini choʻktirish va shu bilan inglizlarni Uy flotining muhim qismini Yangi Dunyoga qayta joylashtirishga majbur qiluvchi rejasini tuzishda yaqindan ishtirok etganBird Erich Raeder p. 89.. Garchi Xipperning rejalari juda xavfli boʻlganligi sababli,rad etilgan boʻlsa-da, ular Rederning keyingi fikrlash darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatdiHansen p. 93..
1918-yil 14-oktabrda Reder harbiy-dengiz kuchlari shtat kotibi admiral Pol Benkening oʻrinbosari etib tayinlanadiBird Erich Raeder p. 31.. Raeder suv osti kemalari samaradorligi haqida shubhalanardi, lekin urushning soʻnggi haftalarini 450 ta U-qayiqlarni qurish boʻyicha Sheer dasturi boʻyicha ishladi.
1918-yil 28-oktabrda Germaniya imperator floti qoʻzgʻolon koʻtaradiBird Erich Raeder p. 34.. Reder qoʻzgʻolonni bostirishda katta rol oʻynadi.
Veymar Respublikasi Rederning ikki ukasi ham Birinchi jahon urushida halok boʻldi va 1919-yilda urush bilan bogʻliq stress tufayli ogʻir taranglik ostida xotini bilan ajrashadiBird Erich Raeder p. 49.. Reder uchun ajralish katta shaxsiy sharmandalik edi va u umrining oxirigacha birinchi nikohini rad etib keldi 1918-1919-yillar uning hayotidagi eng qiyin yillar boʻldi
Oliy dengiz flotining qoʻzgʻoloni 1918–19-yillarning qishida Reder harbiy-dengiz ofitserlari korpusining mudofaa vaziri Gustav Noske tomonidan qoʻzgʻolondan keyin tuzilgan dengizchilar kengashlarini tarqatib yuborish boʻyicha qatʼiy qoʻllab-quvvatlagan saʼy-harakatlarida yaqindan ishtirok etdiBird Erich Raeder pp. 35–36.... Noske qatʼiy "qonun va tartib" qarashlariga ega sotsial-demokrat edi. Bu davrda Reder dengiz zobitlari korpusi va Noske oʻrtasida bogʻlovchi boʻlib xizmat qilgan va aynan Reder 1919-yil 11-yanvarda Noskega Adolf fon Trotani dengiz floti bosh qoʻmondoni etib tayinlashni taklifini beradiBird Erich Raeder p. 37.. Urush paytida Tirpitsning imperator rahbariyatiga qilgan hujumlari ofitserlar korpusida "usta" va „kayzer“ tarafdorlari oʻrtasida boʻlinishga olib keldi va Reder Trotani ikkala fraktsiya uchun ham maqbul boʻlgan yagona ofitser deb xisoblardi Noske, oʻz navbatida, dengiz flotidan kommunistlarning qoʻzgʻolonni bostirish uchun „Freikorps“ uchun koʻngillilarni yuborishni soʻradiBird Weimar pp. 45–46... Dengiz kuchlari Freikorpsga ikkita brigadani yubordiBird Weimar pp. 46–52.. Freikorpsni qoʻllab-quvvatlash dengiz flotining "davlat ichidagi davlat" maqomini davom ettirishi va armiyani demokratlashtirishga bõlgan harakatlarni tugatish edi. Veymar respublikasi davrida harbiylar oʻzini „überparteiliche“ (partiyadan yuqori) deb hisoblardi, bu esa siyosiy betaraflikni anglatmasdiBird Weimar p. 140.. Harbiylar "siyosat"ning ikki turi borligini ta'kidladilar: siyosatchilar mas'uliyati boʻlgan parteipolitisch (partiyaviy siyosat) va harbiylar masʼuliyati boʻlgan staatspolitisch (davlat siyosati) Staatspolitisch Germaniyaning "abadiy" manfaatlariga va siyosatchilar yoki xalqning xohishidan qatʼi nazar, dunyo hokimiyatini qoʻlga kiritishning "tarixiy missiyasi" bilan bogʻliq edi
Kapp zarbasi Urushdan soʻng, 1920-yilda Reder muvaffaqiyatsizlikka uchragan Kapp Putchida qatnashdi, oʻshanda u deyarli butun dengiz ofitserlari korpusi bilan birgalikda Veymar respublikasi rahbarlariga qarshi Volfgang Kappning "hukumatini" ochiq-oydin qoʻllashini eʼlon qildiThomas p. 51.... 1920-yilning yozida Reder ikkinchi marotaba uylanadi. Uning ushbu nikohdan bitta oʻgʻli bor edi.
Kapp putchi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, u Dengiz harbiy floti arxiviga oʻtkazildi va u yerda ikki yil davomida Birinchi jahon urushida dengiz flotining rasmiy tarixini yozishda yetakchi rol oʻynadiThomas pp. 57–58.. Shundan soʻng, Reder dengiz floti ierarxiyasida barqaror yuksalishda davom etdi va 1925-yilda «Vizeadmiral» (vitse-admiral) boʻldi.
Bosh qoʻmondon thumb|Reder va Pol fon Gindenburg Kilda, 1931-yil. 1928-yil 1-oktabrda Reder admiral lavozimiga koʻtarildi va Veymar Respublikasi dengiz floti boʻlmish Reyxsmarine dengiz qoʻmondonligi (Chef der Marineleitung) boshligʻi etib tayinlandi. 1935-yil 1-iyunda „Reyxsmarina“ „Kriegsmarin“ deb oʻzgartirildi va Reder «Oberbefehlshaber der Kriegsmarine» unvoni bilan bosh qoʻmondon boʻldi. 1936-yil 20-aprelda Reder yangi general-admiral unvoniga koʻtarildi va „reyxs“ vaziri unvoni va vakolatiga ega boʻldi, ammo rasmiy „unvon“ berilmadi. 1937-yil 30-yanvarda Gitler Rederga Oltin partiya nishonini topshirdi va shu bilan uni partiyaga qabul qildi (aʼzolik raqami 3 805 228).
Ikkinchi jahon urushi thumb|Erxard Milch, Vilgelm Keytel, Valter fon Brauchitsch, Reder va Maksimilian fon Vayxs 1938-yilgi Nyurnberg mitingida Rederning fikricha, dengiz floti Ikkinchi Jahon urushi boshlanishiga tayyor emas edi. Dengiz floti Britaniya Qirollik dengiz floti bilan kurashish uchun yetarli emas edi va buning oʻrniga konvoy reydlari strategiyasini amalga oshirdi. Reder „Kriegsmarine“ faol rol oʻynashini xohladi, chunki u urushdan keyin byudjet qisqartirilishidan qoʻrqardi. Flotning Kichikroq kemalari Britaniya Qirollik dengiz floti kemalariga qarshi kurashish uchun butun dunyo boʻylab tarqalib ketgan, katta jangovar kemalar esa Shimoliy dengizda Britaniya Qirollik flotining kuchini asta-sekin kamaytirish maqsadida reydlar oʻtkazardi.
Reder River Pleyt jangi natijasidan norozi edi va Hans Langsdorff kemani choʻktirib yubormasligi, balki, buning oʻrniga Qirollik dengiz flotini bilan jang qilishi kerak edi, deb hisoblardi. Flot qoʻmondoni Hermann Boem ham javobgarlikka tortildi va Reder tomonidan ishdan boʻshatildi.