Eduard Sergeyevich Avanesov (1932-yil 30-yanvar, Ashxobod — 1995-yil 8-avgust, Toshkent) — o‘zbek sovet sport jurnalisti, sharhlovchisi. Yozuvchi, shoir, ssenariychi. Sportchi, og‘ir atletika bo‘yicha SSSR sport ustasi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari spartakiadasi chempioni. 1967-1976-yillarda Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi. O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy.

Tarjimai hol U 1932-yil 30-yanvar sanasida Ashxobodda arman oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak sport sharhlovchisi Ashxobod yuridik instituti va Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Eduard sport gazetalarida — „Futbol“, „Sovet sporti“, „Sovet vatanparvari“, „Sharq haqiqati“, „O‘zbekiston sportchisi“ hamda O‘zbekiston televideniyesida maxsus muxbir lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, u o‘zbek tilidagi futbol adabiyotlarini chiqarish tashabbuskori.

Ijodiy faoliyati Sport kitoblari muallifi:

„ Paxtakor xorijiy orbitalari“ „Oltin maʼbuda yo‘llari“ „Toshkentlik to‘purar Gennadiy Krasniskiy“

Futbol kalendar-solnoma va dasturlarining tuzuvchi-muallifi:

„Futbol-69“ (Toshkent, 1969-yil) „Futbol-71“ (Toshkent, 1971-yil) Futbol-72 (Toshkent, 1972-yil) „Futbol-73“ (Toshkent, 1973-yil) „Futbol-74“ (Toshkent, 1974-yil) „Futbol-78“ (Toshkent, 1978-yil) „Futbol-79“ (Toshkent, 1979-yil) „Futbol-83“ (Toshkent, 1983-yil) „Futbol-86“ (Toshkent, 1986-yil) „Futbol-88“ (Toshkent, 1988-yil) „Futbol-89“ (Toshkent, 1989-yil) „Futbol-90“ (Toshkent, 1990-yil) „Paxtakor“-91. Mavsum dasturi (Toshkent, 1991-yil) „Futbol-1991. Ikkinchi davrasi“ (Toshkent, 1991-yil)

E.Avanesov „Spartakiadaning uch zarbasi“, „Sobir qilichi“, „Yashil o‘tdagi oq to‘p“, „Jahon chempioni Rufat Risqiyev“ va boshqa hujjatli filmlar ssenariylari muallifi sanaladi.

Sheʼrlar to‘plami nashrdan chiqqan.

Taniqli sport sharhlovchisi 1995-yil 8-avgustda Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Havolalar

Rossiya jurnalistlari. XX—XXI Maʼlumotnoma va ensiklopedik nashr Avanesov Eduard Sergeevich

Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:8-avgustda vafot etganlar Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:30-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston ogʻir atletikachilari Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:Sport sharhlovchilari