GPCR (G protein-coupled receptors) retseptorlar - G oqsilga bogʻlanuvchi retseptorlar hisoblanib, shuningdek, yetti transmembranal retseptorlar, 7TM retseptorlar, yetti halqali retseptorlar yoki ilonsimon retseptorlar deb nomlanadiCherezov V, Rosenbaum DM, Hanson MA, Rasmussen SG, Thian FS, Kobilka TS, et al. (November 2007). "High-resolution crystal structure of an engineered human beta2-adrenergic G protein-coupled receptor". Science. 318 (5854): 1258–65. Bibcode:2007Sci...318.1258C. doi:10.1126/science.1150577. PMC 2583103. PMID 17962520. GPCR retseptorlar uch qismdan tashkil topadi. 1-hujayra tashqarisidagi (extracellular) "ligand bogʻlovchi" qism 2-membranada joylashgan (transmembranal) qism 3-hujayra ichidagi (intracellular) G-oqsil bilan bogʻlanuvchi qism. GPCR retseptorlarining yetti transmembranal retseptorlar deyilishiga sabab, hujayra membranasini yetti marotaba kesib oʻtishi. Ligand extracellular qismga (masalan, glutamat retseptorlari) yoki transmembranal halqalarga (masalan, rodopsinsimon oila). GPCR retseptorlarining katta qismi agonistlar tomonidan faollashadi, ammo, oʻz-oʻzidan avtomatik aktivlanadiganlari ham mavjud.
GPCR (7TM) retseptor|thumb|383x383px
G-oqsilga bogʻlangan retseptorlar faqat eukariotlarda uchraydiKing N, Hittinger CT, Carroll SB (July 2003). "Evolution of key cell signaling and adhesion protein families predates animal origins". Science. 301 (5631): 361–3. Bibcode:2003Sci...301..361K. doi:10.1126/science.1083853. PMID 12869759. S2CID 9708224. Ushbu retseptorlar bilan bogʻlanib, ularni faollashtiruvchi ligandlarga hidlar, feromonlar, gormonlar, neyrotransmitterlar, peptid hamda oqsillar misol boʻla oladi. Koʻplab kasalliklarning kelib chiqishi GPCR retseptorlari bilan bogʻliq.
Maʼlumot oʻtqazish yoʻllari GPCR retseptorlari maʼlumot oʻtqazish yoʻliga koʻra, ikki katta guruhga boʻlinadi:
sAMF maʼlumot oʻtkazish yoʻli Fosfatidilinozitol maʼlumot oʻtqazish yoʻliGilman AG (1987). "G proteins: transducers of receptor-generated signals". Annual Review of Biochemistry. 56 (1): 615–49. doi:10.1146/annurev.bi.56.070187.003151. PMID 3113327.
G oqsil thumb|345x345px|G oqsilning alfa, betta, gamma subbirliklari|left
G oqsil shuningdek, guanin nukleotid bogʻlovchi oqsil deb nomlanadi. G oqsil hujayra ichida joylashib, ligandlar taʼsirida aktivlangan retseptorlardan axborotni ichki qismlarga oʻtkazish vazifasini bajaradi. G oqsil uch subbirlik: alfa, betta, gammadan tashkil topgan boʻlib, inaktiv holatda alfa subbirlik oʻzida GDF (guanozin difosfat) saqlaydi. GPCR retseptorlar G oqsilni aktiv holatga oʻtkazganda alfa subbirlik GTF (guanozin trifosfat) saqlaydi. G oqsillar oʻzida GTFaza saqlaydi. GTFaza aktivlangan G oqsil tarkibidagi GTF ni gidrolizlab GDF ga parchalashi sabab oqsil yana inaktiv holga oʻtadiHurowitz EH, Melnyk JM, Chen YJ, Kouros-Mehr H, Simon MI, Shizuya H (April 2000). "Genomic characterization of the human heterotrimeric G protein alpha, beta, and gamma subunit genes". DNA Research. 7 (2): 111–20. doi:10.1093/dnares/7.2.111. PMID 10819326.
G oqsil turlari G oqsillarning ikki sinfi mavjud boʻlib, birinchi sinf kichik monomerik GTFazalar (kichik G oqsillar). Ikkinchi sinf esa geterotrimerik G oqsillar. Ikkinchi sinf vakillari oʻzida alfa, betta, gamma subbirliklarni saqlaydi. Bu oqsillarda betta va gamma subbirliklar oʻzaro birikkan (ajralmas) boʻlib, betta-gamma dimer kompleks hosil qiladiClapham DE, Neer EJ (1997). "G protein beta gamma subunits". Annual Review of Pharmacology and Toxicology. 37: 167–203. doi:10.1146/annurev.pharmtox.37.1.167. PMID 9131251.
Geterotrimerik G oqsillar hujayra membranasida joylashgan G oqsil bilan bogʻlanuvchi (GPCR) retseptorlar orqali faollashadi"Seven Transmembrane Receptors: Robert Lefkowitz". 9 September 2012. Retrieved 11 July 2016.. G oqsil keyingi ikki maʼlumot oʻtkazish yoʻlidan biri (sAMF maʼlumot oʻtkazish yoʻli yoki fosfatidilinozitol maʼlumot oʻtqazish yoʻli) orqali "signal zanjir"ini davom ettiradiQin K, Dong C, Wu G, Lambert NA (August 2011). "Inactive-state preassembly of G(q)-coupled receptors and G(q) heterotrimers". Nature Chemical Biology. 7 (10): 740–7. doi:10.1038/nchembio.642. PMC 3177959. PMID 21873996.
G oqsili tarixi G oqsillar Alfred Gilman va Martin Rodbell tomonidan adrenalinning hujayralarga taʼsirini oʻrganish davomida aniqlangan. Tadqiqotlarda adrenalin aktivlagan retseptorlar hujayra ichi fermentlarini bevosita taʼsirlamasdan, G oqsillarni aktivlashi, G oqsillar esa hujayra ichi fermentlarini aktivlashi aniqlandi. Ushbu kashfiyot uchun olimlar 1994-yilda tibbiyot yoʻnalishida Nobel mukofotini oladiThe Nobel Assembly at the Karolinska Institute decided to award the Nobel Prize in Physiology or Medicine for 1994 jointly to Alfred G. Gilman and Martin Rodbell for their discovery of "G-proteins and the role of these proteins in signal transduction in cells". 10 October 1994. Ushbu oqsillarga bogʻliq ravishda oʻndan ortiq Nobel mukofotlari olingan. 2012-yilda kimyo yoʻnalishida Brian Kobilka va Robert Lefkowitz GPCR funksiyasini oʻrganishga bagʻishlangan ishi uchun Nobel mukofotini olganRoyal Swedish Academy of Sciences (10 October 2012). "The Nobel Prize in Chemistry 2012 Robert J. Lefkowitz, Brian K. Kobilka". Retrieved 10 October 2012..
Retseptor ishlash mexanizmi thumb|364x364px|GPCR retseptorining ishlash mexanizmi / Fosfatidilinozitol bifosfat yoʻli
Ligand GPCR retseptori bilan bogʻlanganda retseptor oʻzining konformatsiyasini oʻzgartiradi. Konformatsiyasi oʻzgargan retseptor G oqsil bilan bogʻlanadi va uni aktivlaydi. (alfa subbirlik tarkibidagi GDF GTF bilan almashinadi). G oqsilning alfa subbirligi hujayra ichi signal mexanizmlarini amalga oshirish maqsadida betta-gamma kompleksidan ajralib chiqadi. GTF ning qayta GDF ga oʻtishi G oqsilning GTFazasi orqali amalga oshiriladi va bunda oqsil aktiv holdan inaktiv holga oʻtadi. Aktivlangan G oqsil turli fermentlarni aktivlab fiziologik harakatni keltirib chiqaradi. Bu fermentlar adenilat siklaza, fosfolipaza C va boshqalar boʻlishi mumkin. Mos ravishda bu fermentlar sAMF yoki IP3 orqali ikkinchi messenjerni hosil qiladi. Ikkinchi messenjerning vazifasi hujayraga berilgan xabarni kuchaytirish va fiziologik harakatni amalga oshishini taʼminlash hisoblanadi. Baʼzi hollarda, masalan baʼzi muskarin retseptorlari ikkinchi messenjersiz toʻgʻridan toʻgʻri ion kanallari ishini oʻzgartiradi.Alfa subbirlik oʻz navbatida bir qancha turlarga boʻlinadi (Gαs, Gαi/o, Gαq/11, Gα12/13)Wettschureck N, Offermanns S (October 2005). "Mammalian G proteins and their cell type specific functions". Physiological Reviews. 85 (4): 1159–204. doi:10.1152/physrev.00003.2005. PMID 16183910. GPCR retseptorlar juda keng miqdorda tarqalib butun dori vositalarining 34%i aynan shu oilaning 108 aʼzosiga taʼsir qilishi aniqlanganHauser AS, Chavali S, Masuho I, Jahn LJ, Martemyanov KA, Gloriam DE, Babu MM (January 2018). "Pharmacogenomics of GPCR Drug Targets". Cell. 172 (1–2): 41–54.e19. doi:10.1016/j.cell.2017.11.033. PMC 5766829. PMID 29249361. Ushbu dorilarning global savdo hajmi 2018-yilda 180 milliard dollarni tashkil etdiHauser AS, Chavali S, Masuho I, Jahn LJ, Martemyanov KA, Gloriam DE, Babu MM (January 2018). "Pharmacogenomics of GPCR Drug Targets". Cell. 172 (1–2): 41–54.e19. doi:10.1016/j.cell.2017.11.033. PMC 5766829. PMID 29249361. Qayta hisob kitoblarga koʻra, hozirgi vaqtdagi dori vositalarining qariyb 50%i ushbu retseptorlarni "nishonga oladi"Trzaskowski B, Latek D, Yuan S, Ghoshdastider U, Debinski A, Filipek S (2012). "Action of molecular switches in GPCRs--theoretical and experimental studies". Current Medicinal Chemistry. 19 (8): 1090–109. doi:10.2174/092986712799320556. PMC 3343417. PMID 22300046. Ushbu retseptorlar ruhiy, endokrinologik, immunologik, virusli infeksiyalar, yurak qon-tomir, yalligʻlanish, allergik va oʻsma kasalliklari kelib chiqish mexanizmlarida qatnashadiTrzaskowski B, Latek D, Yuan S, Ghoshdastider U, Debinski A, Filipek S (2012). "Action of molecular switches in GPCRs--theoretical and experimental studies". Current Medicinal Chemistry. 19.
GPCR tarixi va ahamiyati 2011-yilda G oqsilga bogʻlanuvchi retseptorlar va G oqsil oʻrtasidagi birinchi kompleksning tuzilishi aniqlandi. Bundan oldingi yutuqlar 2000-yilda birinchi GPCR ning kristal tuzilishi, rodopsin aniqlanishi hamda 2007-yilda kristal GPCR bilan diffuz ligand (β2AR) aloqalari oʻrganilishi hisoblanadi. 2012-yildagi kimyo yoʻnalishidagi Nobel mukofoti B.Kobilka va R.Lefkovitsga G oqsil bilan bogʻlangan retseptorlar qanday ishlashini tushuntirganlari uchun berildioyal Swedish Academy of Sciences (10 October 2012). "The Nobel Prize in Chemistry 2012 Robert J. Lefkowitz, Brian K. Kobilka". Retrieved 10 October 2012..
Klassifikatsiyasi GPCR superoilasining oʻlchami nomaʼlum, ammo 831 xil inson genlari (genomning ~4%i) ketma-ketligi kodlashi taxmin qilinganBjarnadóttir TK, Gloriam DE, Hellstrand SH, Kristiansson H, Fredriksson R, Schiöth HB (September 2006). „Comprehensive repertoire and phylogenetic analysis of the G protein-coupled receptors in human and mouse“. Genomics. 88 (3): 263–73. doi:10.1016/j.ygeno.2006.04.001. PMID 16753280. Superoila uchta asosiy sinflarga (A, B va C) boʻlinadi. Eng katta sinf A sinfi boʻlib, bu GPCR genlarining deyarli 85% ni tashkil qiladi. A sinfning yarmidan koʻpi hid bilish retseptorlarini kodlashi taxmin qilinadi. Juda katta rodopsin A guruhi yana 19ta kichik guruhlarga boʻlinadioost P, Methner A (October 2002). „Phylogenetic analysis of 277 human G-protein-coupled receptors as a tool for the prediction of orphan receptor ligands“. Genome Biology. 3 (11): RESEARCH0063. doi:10.1186/gb-2002-3-11-research0063. PMC 133447. PMID 12429062.
Klassik A-F tizimga koʻra GPCR larni 6ta sinfga guruhlash mumkin:Attwood TK, Findlay JB (February 1994). „Fingerprinting G-protein-coupled receptors“. Protein Engineering. 7 (2): 195–203. doi:10.1093/protein/7.2.195. PMID 8170923Kolakowski LF (1994). „GCRDb: a G-protein-coupled receptor database“. Receptors & Channels. 2 (1): 1–7. PMID 8081729Foord SM, Bonner TI, Neubig RR, Rosser EM, Pin JP, Davenport AP, et al. (June 2005). „International Union of Pharmacology. XLVI. G protein-coupled receptor list“. Pharmacological Reviews. 57 (2): 279–88. doi:10.1124/pr.57.2.5. PMID 15914470. S2CID 34541683"InterPro". Archived from the original on 21 February 2008. Retrieved 10 December 2007.
A sinf (1) (rodopsinga oʻxshash) B sinf (2) (sekretin retseptor oilasi) C sinf (3) (metobotrop glutamat/feromon) D sinf (4) (zamburugʻli feromon retseptorrc E sinf (5) (siklik AMF retseptorlari) F sinf (6) (silliq mushaklardagi).
Yaqinda umurtqali hayvonlarning GPCR retseptorlari uchun GRAFS (Glutamat, Rodopsin, Adhesion, Frizzled/Taste2, Secretin) deb nomlangan tasniflash tizimi taklif qilindiBjarnadóttir TK, Gloriam DE, Hellstrand SH, Kristiansson H, Fredriksson R, Schiöth HB (September 2006). „Comprehensive repertoire and phylogenetic analysis of the G protein-coupled receptors in human and mouse“. Genomics. 88 (3): 263–73. doi:10.1016/j.ygeno.2006.04.001. PMID 16753280.
Fiziologik ahamiyat
GPCR retseptorlari turli fiziologik jarayonlarda qatnashadi. Baʼzi misollar:
Koʻrish sezgisi: opsinlar hujayra signallarini elektromagnit nurlanishga aylantirish uchun fotoizomerizatsiya reaksiyasidan foydalanadi. Taʼm sezgisi: GPCR retseptorlar achchiq, nordon, shirin taʼmli moddalarga javoban gustducin ishlab chiqaradi. Hid sezgisi: burun epiteliysi retseptorlari odorantlarni (hid bilish retseptorlari) va feromonlarni bogʻlaydi. Xulq atvor va kayfiyatni tartibga solish: bosh miya retseptorlari serotonin, dofamin, gistamin, GAMK (gamma amino moy kislota) va glutamat kabi turli neyrotransmitterlarni bogʻlaydi.