Tangira — bu osma ksilofon shaklidagi zarbli musiqiy asbob. Uning nomi musiqiy cholgʻu ovozini eslatuvchi „tan-gʻir“ soʻzidan kelib chiqqan.

Odatda, tangira oʻrmonda ikkita daraxt (archa, pixta yoki qaragʻay) oʻrtasida oʻrnatiladi. U uzunligi 1500 mm va diametri 100–250 mm boʻlgan qoraqaragʻay yoki qayin daraxtidan yasalgan boʻlib, 2 metr balandlikdagi gorizontal tarzda mustahkamlangan vertikal arqonlarga osilgan. Ovoz vertikal osilgan yogʻochlarga quruq tayoqlar bilan zarba berish orqali erishiladi.

Qadimda, tangira udmurtlar orasida uzoq masofalarga tovush signallarini uzatish uchun xizmat qilgan, keyinchalik esa bogʻ uchastkalarini himoya qilish va mushkul boʻlmgagan kuy va qoʻshiqlarga musiqiy hamroh boʻlgan. Konsertlar davomida musiqachilar tangira va eng yaqin daraxtlar rezonansiga erishishgan, natijada esa atrofdagilarda ajoyib taassurot qoldirgan.

Tangir boʻyicha oxirgi oʻyin 1977-yilda qayd etilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Udmurtskaya Respublika : Ensiklopediya / gl. red. V. V. Tuganaev. — 2-e izd., ispr. i dop. — Ijevsk : Izdatelstvo „Udmurtiya“, 2008. — 768 s. — 2200 ekz. — ISBN 978-5-7659-0486-2. Udmurtskaya Respublika : Kultura i iskusstvo : Ensiklopediya / gl. red. A. Ye. Zagrebin. — Ijevsk : Udmurtskiy institut istorii, yazika i literaturi UrO RAN, 2012. — 540 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-901304-62-4.