Yaman Candar () — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining asoschisi. Yaman Candar ushbu beklikni 1291-1309-yillar orasida boshqarganUzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109. Kelib chiqishi va yoshligi Yaman Candarning turkman qabilasidan ekanligidan boshqa hech qanday manbalar tarixda uchramaydi. Ammo uning turkmanlarning qaysi qabilasidan ekanligi manbalarda yoritilmagan. Islom ensiklopediyasiga koʻra, uning ismi Candar ham saroy qoʻriqchilari unvoni boʻlgan va Yaman Candar, katta ehtimol, Saljuqiylar saroyidagi candar yaʼni qoʻriqchi boʻlganIslam Encyclopedia. Fuqarolar urushidagi faoliyati 1291-yilda Koʻniya sultonligi qaram boʻlgan Hulokuiylar davlati oliy xoni Argʻun ibn Abaqaxon vafot etdi. Saljuqiylar shahzodasi Qilich Arslon (Qrimda yashovchi Kaykaus II ning oʻgʻli) Argʻun xonning oʻlimidan keyingi tartibsizliklar chogʻida 1292-yilda Saljuqiylar taxtiga kurashish uchun Onadoʻliga keldi. Uning asosiy ittifoqchisi Çobanoğulları bekligi edi. Koʻniya sultoni, Qilich Arslonning akasi Mesut Qilich Arslonni taʼqib ostiga oldi. Ammo Çobanoğulları bekligi beki Muzaffereddin Yavlak Arslan va Qilich Arslon jangda Mesutni magʻlubiyatga uchratdi. Mesut qamoqqa olindi. Biroq Yaman Candar kutilmagan hujum orqali ikki ittifoqchini magʻlub etdi. Mesut ozod qilindi va Muzaffereddin Yavlak Arslan qatl etildiProf. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye tarihi Cilt I, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 pp. 199. Beklik davri Hulokuiylar davlatining yangi xoni Geyxatu Yaman Candardan mamnun boʻlib, Kastamonu (Turkiyaning Qoradengiz mintaqasi, ilgari Çobanoğulları bekligi mulki boʻlgan)ni Yaman Candarga iqto sifatida hadya etdi. Yaman Candarning keyingi hayoti haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. U, ehtimol, XIV asr boshlarida vafot etgan. Baʼzi manbalarda 1309-yilda vafot etganligi qayd etilgan. Vafotidan soʻng Yaman Candarning vafotidan koʻp oʻtmay, Çobanoğulları bekligi Kastamonuni qaytarib olganlar. Beklik taxtiga oʻgʻli Süleyman Bey I oʻtirgan.

Manbalar

Turkum:Candaroğulları bekligi Turkum:Kastamonu tarixi Turkum:1309-yilda vafot etganlar