İbrahim Bey II () — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining beki boʻlib, u ushbu beklikni 1440-1443-yillar orasida boshqarganUzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109. „Taceddin“ unvoni bilan nomlangan. Ibrahim Bey buyrugʻi bilan otasiga atab yozilgan „Cevahiru’l-Esdâf“ nomli tafsir muqaddimasida Ibrahim Bey „Sahibü's-seyf veʼl-kalem“ nomi bilan tilga olinganYücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806. 1421-yilda Usmonlilar imperiyasining sultoni Mehmed Ining qizi Seljuk Hatun bilan turmush qurgan va Usmonlilar imperiyasi bilan yaxshi aloqalar oʻrnatishga harakat qildi. Bek boʻlishi İsfendiyar Bey vafot etmasidan oldin oʻgʻillari Hizir va Murodga hududlarni iqto tariqasida berib, oʻgʻli Ibrahim Beyni ulugʻ bek deb eʼlon qilgan va qolgan ikki oʻgʻlini akasi Ibrahim Beyga soʻzsiz itoat qilishini vasiyat qilib qoldirganUzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 134... Bu holat Ibrohim beyning hech qanday muammosiz hukmdor boʻlishini taʼminladi. Qisqa hukmronligi davrida u hech qanday muammoga duch kelmadi. Hukmdorlik davri Ibrahim Beyning hukmdorlik davri qisqa boʻlgan. U 1440-1443-yillar orasida 3 yillik hukmdorlik qilgan. Uning hukmdorlik davri haqida koʻp maʼlumotlar mavjud emas. Ibrahim Bey hukmdorlik davrida ham, otasi İsfendiyar Bey davridagi kabi Usmonlilar imperiyasi bilan tichlik hukm surgan. Vafoti İbrahim Bey II nima sababdan vafot etganligi haqida manbalarda maʼlumotlar uchramaydi. Ibrahim Bey 1443-yil may oyida vafot etgan. Qabri Sinop shahridagi İsfendiyarlar maqbarasida joylashgan. Bekligi davridagi arxitektura Kastamonu shahrida joylashgan Artekke/Ibrahim Bey imorati, İbrahim Bey II davrida bunyod etilganUzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 135..
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Candaroğulları bekligi Turkum:Kastamonu tarixi Turkum:1443-yilda vafot etganlar