Takayasu kasalligi Taʼrifi Takayasu [kasallik |kasalligi] yirik arteriyalarning, asosan aorta va uning shoxlarining yalligʻlanishi boʻlib, odatda 50 yoshdan oldin rivojlanadi.
Sinonimlar: Takayasu sindromi, Takayasu arteriti, nospesifik aortoarterit, aorta yoyi sindromi.
Kasallik surunkali yalligʻlanish va qon tomirlari devorlarining shikastlanishi bilan kechib, tizimli vaskulit sifatida tasniflanadi. Takayasu arteriti aortadan chiqqan qon tomirlari devorlarining barcha qatlamlariga taʼsir qiladi. Shuning uchun kasallik koʻpincha nospesifik aortoarterit deb ataladi
Aorta yoyining arteriyalari – oʻmrov osti va uyqu arteriyalariga ham zararlanishi mumkin. Kamdan kam hollarda patologik jarayonda yonbosh, toj, tutqich (mezenterik) va oʻpka arteriyalari ishtirok etadi. thumb|Aorta segmentlari
Tarixi Kasallik birinchi marta 1856-yilda ingliz jarrohi Uilyam Sevori tomonidan tasvirlangan, ammo kasallik nomini yapon oftalmologlari ishidan olgan, ulardan biri Mikito Takayasu edi. U koʻrishning pasayishi shikoyati bilan 21 yoshli ayolni tekshirdi va koʻzning toʻr pardasi arteriyalaridagi oʻzgarishlar va radial arteriyada pulsning yoʻqligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni sezdi. Yaponiyada sindromni Takayasu nomi bilan nomlash odat tusiga kirgan, chunki aynan shu mamlakatda kasallik 20-asrning oʻrtalariga qadar koʻproq uchragan. Takayasu arteritining belgilari qon tomirlarining shikastlanish darajasiga bogʻliq. Asosiy alomatlar – yelka arteriyalarda pulsning yoʻqligi yoki turli aʼzolardagi qon bosimining farqi, shuningdek, aorta shovqinlari. Kompyuter tomografiyasida aorta va uning shoxlari torayishi (stenoz) yoki tiqilib qolishi (okklyuziya) kuzatiladi.
Etiologiyasi Takayasu kasalligining sababi hali ishonchli tarzda aniqlanmagan. Kasallik tashqi yoki ichki agentga (allergen) oʻziga xos boʻlmagan reaksiya sifatida qaraladi. Ushbu reaktsiyaning markazida immunitet tizimi notoʻgʻri ravishda oʻz arteriyalariga hujum qiladigan autoimmune mexanizm yotadi. Ushbu mexanizmni qoʻzgʻatuvchi mumkin boʻlgan omillar orasida infektsiya (xususan, sil kasalligi), viruslar, dorilar va boshqalar mavjud.
Kasallikning kelib chiqishida koʻpincha quyidagi kasalliklar sabab boʻladi:
revmatoid patologiya
spondiloartrit sklerodermiya
limfogranulomatoz
gigant hujayrali arterit.
xavf omillari orasida irsiy moyillik hisobga olinadi.
Takayasu kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda tekshiruvda inson leykotsitlari antigenlari - HLA-B52 va HLA-B39 aniqlanadi. Bundan tashqari, HLA-B52 bilan ogʻrigan bemorlar uchun kasallikning yanada ogʻir kechishi xarakterlidir.
Tarqalishi Takayasu arteritining tarqalishi dunyoning turli mintaqalarida juda xilma-xildir. Koʻpincha kasallik Yaponiya, Hindiston, Xitoy, Koreya va Osiyo, Yaqin Sharq va Janubiy Amerikaning boshqa mamlakatlarida uchraydi. Yevropa va Shimoliy Amerikada kamdan-kam uchraydi.
Turli xil aholi tadqiqotlariga koʻra, Yevropa va Shimoliy Amerikada Takayasu arteriti bilan kasallanish 1 million aholiga 2,6 holatni tashkil qiladi. Sharqiy Osiyoda tarqalish 100 baravar yuqori. Yaponiyada oʻtkazilgan uch yillik epidemiologik kuzatuv natijalariga koʻra, yiliga 1 million aholiga 150 ta holat aniqlangan
Rossiyada koʻpincha miyani qon bilan taʼminlaydigan braxiosefalik arteriyalarning aortoarteriti va aorta yoyi shoxlari va torako-abdominal aortaning birgalikdagi shikastlanishini topishingiz mumkin.
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida tushayotgan aortaning aortoarteriti, shuningdek, buyrak arteriyalari aortaarteriti tez-tez tashxis aniqlanadi. Yaponiyada asosan aorta koʻtariluvchi qismi va uning yoyi shoxlari taʼsirlanadi
Belgilari Kasallik maʼlum bir bosqichda davom etadi. Dastlabki bosqichda klinik koʻrinish tizimli yalligʻlanish jarayoni tufayli oʻziga xos boʻlmagan simptomlarni oʻz ichiga oladi. Bunday alomatlar vazn yoʻqotish, zaiflik va qorin, mushaklar va boʻgʻimlarda ogʻriqni oʻz ichiga oladi. Koʻpincha kasallikning boshlanishida isitma uzoq vaqt davom etadi, eritrotsitlar choʻkish tezligining (ECHT) tezlashishi va anemiya kuzatiladi. Biroq, bu davrda bemorlarning 10% hech qanday shikoyatlarni bildirmaydi.
Kasallikning avj olish bosqichida, yalligʻlanish tufayli tomirlarning boʻshligʻi torayib ketganda, alohida organlar va toʻqimalarda ishemiya belgilari yuzaga kela boshlaydi.
Takayasu kasalligi uchun qoʻllarning ishemiya belgilari xarakterlidir: bir yoki ikkala oʻmrov osti, yelka va bilak arteriyalarda pulsatsiyaning yoʻqligi, qoʻllarda ogʻriq va zaiflik, qoʻllarning sovuqligi, kasallangan va sogʻlom qoʻllarda qon bosimining farq qilishi aniqlanadi. Shuningdek, xarakterli alomat oyoqlarda bosim yuqoriligidir.
Nospesifik aortoarterit bilan koʻrish baʼzan yomonlashadi, bir koʻzda toʻsatdan koʻrlik paydo boʻladi, ikki tomonlama koʻrlik paydo boʻlishi ham mumkin
Agar umurtqa va uyqu arteriyalar zararlangan boʻlsa, nevrologik alomatlar paydo boʻladi: bosh aylanishi, ish qobiliyatining pasayishi, diqqat pasayishi, hushidan ketish. Ushbu alomatlar markaziy asab tizimining (MNS) tegishli qismlarining ishemiyasini koʻrsatadi.
Qorin aortasida patologik oʻzgarishlar bilan oyoqlarda qon aylanishi kamayadi. Shu sababli, jismoniy faollik paytida va hatto sekin yurgan paytda ham oyoqlarda ogʻriq paydo boʻlishi mumkin, bu odamni vaqti-vaqti bilan oqsoqlashga yoki toʻxtashga majbur qiladi. Koʻtarilgan aortaning sezilarli zichlashishi va kengayishi boʻlgan bemorlarda koʻpincha aorta etishmovchiligi tashxisi qoʻyiladi. Bunday holatda koronar qon oqimi buziladi va ishemiya rivojlanadi. Nospesifik aortoarterit, miokardit, arterial gipertenziya va surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarning 50 foizida qayd etilgan.
Agar buyrak arteriyalari taʼsirlangan boʻlsa, siydikda qon (gematuriya) paydo boʻlishi mumkin. Buyrak arteriyalarining trombozi kam uchraydi. thumb|uyqu arteriyasi stenozi
Patogenezi Takayasu sindromining rivojlanish mexanizmi autoimmun jarayon bilan bogʻliq deb qaraladi. Tizimli irsiy kasalliklari boʻlgan bemorlarda qoʻzgʻatuvchilar – allergenlar yoki yuqumli omillar taʼsirida arteriyalarga zarar yetkazadigan antitelolar ishlab chiqarila boshlaydi. Qonda antitelolar – IgG va IgA darajasi koʻtariladi va qon aylanish tizimida aylanib yuradigan, tomirlar endoteliyasiga joylashib, yalligʻlanishni qoʻzgʻatadigan immun komplekslar shakllana boshlaydi.
Yalligʻlanish jarayoni tufayli arteriyaning ichki qatlamida (intima) tolali granulomalar hosil boʻladi, elastik tolalar parchalanib ketadi, tomir devorining silliq mushak hujayralari nobud boʻladi. Koʻpincha trombozlar rivojlanadi. Yalligʻlanish qon tomirlarida turli xil oʻzgarishlarga olib keladi. Dastlabki bosqichda tomirlar devorlari qalinlashadi. Ushbu bosqichda tomirning boʻshligʻi toraymaydi.
Agar kasallik rivojlanib ketaversa, segmentar stenozlar hosil boʻladi, yaʼni tomirning toʻliq yopilishigacha turli joylarda arteriya boʻshligʻi torayadi. Stenoz tufayli qon oqimi buziladi va organlar zarur miqdorda kislorod va oziq moddalarni olmaydilar – ishemiya rivojlanadi. Tegishli terapiya oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, yalligʻlanish qoʻshni toʻqimalar va organlarga tarqalishi mumkin. Bemorlarning 7-22% da anevrizmalar hosil boʻladi, yaʼni tomirning 2 martadan koʻproq kengayadi, devorlari hilpillab qoladi.
Qon tomirlari ichi bekilib qolganda, organizm yangi sharoitlarga moslashadi va kollateral qon aylanishini rivojlantiradi. thumb|anevrizma
Tasnifi Takayasu kasalligining bir nechta tasnifi mavjud, ammo ularning hech biri universal qabul qilinmagan.
Nospesifik aortoarteritda arteriyalarning bir necha turlari ajratiladi
Stenoz – tomir boʻshligʻining torayishi. Okklyuzion – tomirning boʻshligʻining toʻliq bekilib qolishi. Anevrizma – tomirning boʻshligʻining 2 martadan koʻproq kengayishi. Koartatsiya – aortaning tushuvchi qismining tugʻma torligi.
Anatomik tasnifi:
I tip – faqat aorta yoyining shoxlari taʼsirlanadi. IIa turi – aortaning koʻtariluvchi qismining va / yoki aorta yoyining shikastlanishi. Aorta yoyining shoxlari ham zararlanishi mumkin. Aortaning qolgan qismlari esa shikastlanmagan boʻladi. IIb-toifa – tushayotgan koʻkrak aortasining shikastlanishi, baʼzan koʻtarilgan aorta, aorta yoyi yoki uning shoxlari bilan birgalikda kelishi mumkin. Qorin aortasi shikastlanmagan. III tip – tushayotgan koʻkrak aortasi, qorin aortasi va/yoki buyrak arteriyalarining zararlanishi. Koʻtarilgan aorta va uning shoxlari bilan aorta yoyi taʼsir qilmaydi. IV toifa – faqat qorin aortasi va / yoki buyrak arteriyalarining shikastlanishi. V toifa – umumiy yuqoridagilarning kombinatsiyasi.
Takayasu kasalligining faollik darajalarining yagona tasnifi mavjud emas. Amaliy foydalanish uchun eng qulayi Birmingem vaskulit faolligi shkalasi asosida nospetsifik aortoarterit uchun maxsus yaratilgan shkaladir. U uchta boʻlimni oʻz ichiga oladi: patologik jarayonning klinik, laboratoriya va instrumental belgilari. + Klinik shkala Umumiy yalligʻlanishga xos belgilari Ball Yoʻq 0 Holsizlik 138 ˚C dan past isitma 238 ˚C dan yuqori isitma 31 – 3 oy davomida tana massasining 10 kg dan ortiq kamayishi3Maksimal 3 Teri sindromi BallYoʻq 0Polimorf toshmalar 1Purpura 2Tugunchali eritema 3Maksimal 3 O`pka sindromi BallYoʻq 0 Yoʻtal2Hansirash 3Oʻpka gipertenziyasi belgilari 3Maksimal 3 Abdominal sindromBallYoʻq 0Ichak disfunksiyasi 2Qorinda ogʻriq 4Oʻtkir qorin sindromi 5Maksimal 5 Arterial gipertenziya sindromiBallYoʻq 0Uzoq muddat yuqori arterial bosim3Maksimal 3 Periferik qon aylanishi yetishmovchiligi sindromiBallYoʻq 0Barmoqlarning uyushib qolish hissi1Ogʻriq va/yoki charchoq:qoʻllarda3yelkada3Vaqti vaqti bilan tomirlarning tortishib qolishiqoʻllarda3yelkada3oyoqda3Arterial bosimning va pulsning assimetriyasi yoki yoʻqligi 8Maksimal 8Serebrovaskulyar sindromBallYoʻq0Xotira pasayishi 2Koʻrish qobiliyatining pasayishi2Koʻz tubidagi tomirlarda oʻzgarishlar3Bosh ogʻrigʻi3Bosh aylanishi 4Hushdan ketish 6Tirishishlar 8Maksimal 8Kardiovaskulyar sindromBallYoʻq 0Taxikardiya 3Kardialgiya 4Yurak chegaralarining kengayishi4Aorta va yirik arteriyalar ustida shovqin6Tomirlar boʻylab ogʻriqlar9Miokard infarkti9Maksimal9
+ Laborator shkala BallYoʻq0Anemiya 3C reaktiv oqsil <++ 6C reaktiv oqsil >+++9ECHT 20 – 40 mm/soat6ECHT > 40 mm/soat 9Maksimal9
+ Instrumental shkala Instrumental tekshirish natijalariBallOʻzgarishlar yoʻq0Tomirlar tonusining ortishi5Stenoz belgilari5Qon oqimining tezligining ortishi5Tomir devori qalinligining ortishi10Tomir devorining qavatlanib qolishi12Shikastlangan tomirlar soni1 dan 4 tagacha85 dan koʻp boʻlsa12Maksimal 12Yigʻindi maksimal summa63
Klinik koʻrinishning tabiatiga koʻra nospesifik aortoarteritning ikki bosqichi ajratiladi:
Oʻtkir – ikkinchi bosqichga oʻtishi tez sodir boʻladi. Oʻtkir bosqich tez rivojlanishiga qaramay, ogʻir bosqichiga oʻtisi ancha uzoq davom etadi.
Surunkali – sekin, 10 yilgacha davom etishi mumkin, lekin koʻpincha asoratlarga olib keladi.
Rivojlanish bosqichlari
Birinchi bosqich – aortadan chiqqan arteriyalarning zararlanishi. Bemorlar zaiflik, charchoq va isitma, vazn yoʻqotishdan bezovta boʻladi. Ikkinchi bosqich - kasallik yuqori soha arteriyalarga tarqaladi. Ushbu bosqichda qoʻllarning uvushib qolishi, tirishishlar, xira koʻrish kabi qon tomir etishmovchiligi belgilari paydo boʻladi. Uchinchi bosqich – yalligʻlanish jarayoni buyrak tizimidagi arterial kanallarga tarqaladi. Toʻrtinchi bosqich – yalligʻlanish oʻpka arteriyasiga taʼsir qiladi.
Asoratlari Sindromning eng xavfli asoratlari thumb|Depiction of a person suffering from a heart attack (Myocardial Infarction) Miokard infarkti – qon oqimining oʻtkir etishmovchiligi tufayli yurak mushaklarining nekrozi. Yurakning qopqoq apparatining shikastlanishi, shu jumladan aorta etishmovchiligi – diastola davrida aorta qopqogʻi varaqlarining toʻliq yopilmasligi (yurak mushaklarining boʻshashishi). Shu sababli qon aortadan chap qorinchaga qaytadi. Buyrak arteriyasi trombozi - qon quyqalari bilan tomirning tiqilib qolishi tufayli buyrak arteriyalarida qon oqimining keskin oʻtkir toʻxtashi.