Intermec Inc. — avtomatik identifikatsiyalash, yaʼni avtomatik ravishda aniqlash qurilmalarinining yirik ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Kompaniya tarixi
1966-yil — Interface Mechanisms kompaniyasiga asos solingan. 1982-yil — Intermec Corporation nomiga oʻzgartirilgan. 1991-yil — Litton Industries, Inc ni sotib oldi. 1994-yil — Litton kompaniyasining shoʻba korxonasi Western Atlas Inc.tarkibiga kirdi. 1997-yil — Western Atlas Inc shoʻba korxonasi UNOVA, Inc. mulkiga oʻtdi. 1997-yil — Norand va UBI (United Barcode Industries) shirkatlarini sotib oldi. 1997-yil — IBM' kompaniyasidan patent oldi. 1998-yil Amtech korporatsiyasining UHF RFID biznesini sotib oldi (Amtech Transportation Systems). 2006-yil UNOVA Inc. Intermec Technologies kompaniyasini shoʻba korxonasi sifatida saqlab qolgan holda Intermec, Inc nomi bilan atala boshlandi. 2013-yil — Intermec, Inc. Honeywell Scanning and Mobility kompaniyasining tarkibiga kirdi.
Uskunalar thumb Intermec uskunalari xoʻjalik faoliyatining turli sohalari, jumladan sanoatda qoʻllanadi. Lekin kompaniya oʻzining asosiy eʼtiborini turli ishlab chiqarish sohalari, xususan, omborxona, yetkazib berish, chakana savdo, transport va logistika, shuningdek, manzilga chiqib xizmat koʻrsatish sohalarida taʼminot zanjirini avtomatlashtirishga qaratmoqda. Intermec RFID (Radiochastotani identifikatsiyalash) patentlarining 10 foizdan ortigʻiga ham egalik qiladi.
Kompaniya asosiy ishlab chiqaradigan uskunalar roʻyxatiga quyidagilar kiradi:
Shtrix-kod skanerlari Maʼlumot yigʻish terminallari RFID (radiochastotali identifikatsiyalash) qurilmalari, printerlar, yorliqlar Yorliq printerlari va ular uchun sarflanadigan materiallar Simsiz tarmoqlar
Kompaniya shuningdek quyidagilarni taqdim etadi:
Dasturiy taʼminot va yordamchi dasturlar Professional texnik xizmatlar Texnik yordam
Manbalar
Havolalar
Kompaniyaning rasmiy sayti Turkum:AQSh shirkatlari