thumb|280x280px| 2-sonli uyning koʻrinishi. 1938-yilgi fotosurat thumb|280x280px| Chorrahadan Reznas koʻchasining koʻrinishi Lomonosov koʻchasi () — Riga shahridagi koʻcha, Latgale chekkasida, Moskva posyolkasining tarixiy tumanida joylashgan. U Lauvas va Ebreyu koʻchalari chorrahasidan boshlanib, sharqqa qarab oʻtadi va Lubanas koʻchasi bilan tutashib tugaydi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, koʻchaning uzunligi 560 metr (Reznas koʻchasi bilan chorrahagacha); aslida — 720 metr.

Tarixi U 1890-yilda qurilgan, 1923-yilgacha Saratovskaya deb nomlangan, 1923-yildan 1950-yilgacha u Y. F. Samarin nomini olgan, 1950-yildan — Lomonosov boʻlgan. Podsho davrida bu yerda Vyazemskiy 115-piyoda polki joylashgan edi va u yerda Iberiya Bibi Maryam ikonasi nomidagi polk cherkovi, 1920—1930-yillarda — Latviya armiyasining 4-polki klubi joylashgan.

Diqqatga sazovor obyektlar Lomonosov koʻchasidagi bir qator binolar qoʻriqlanadigan arxitektura yodgorliklari hisoblanadiSpisok pamyatnikov kulturi Latvii // mantojums.lv:

2-bino (1929, meʼmor ) — davlat ahamiyatiga molik meʼmoriy yodgorlik. 3-uy (1911, meʼmor Mixail Eyzenshteyn) — mahalliy ahamiyatga molik meʼmoriy yodgorlik. 12-uy (1929, meʼmor Ernest Shtalberg) — mahalliy ahamiyatga molik meʼmoriy yodgorlik boʻlib, undagi „Uy bekasi“ va „Oila boshligʻi“ barelyeflari (1930, haykaltarosh Karlis Zemdega) davlat ahamiyatiga molik yodgorlikdir.

Taʼlim muassasalari Sovet hokimiyati yillarida bu yerda Riga Qizil Bayroqli oliy muhandislik aviatsiya harbiy bilim yurti (RQBOMAHBY) joylashgan boʻlib, u 1960-yilda Riga fuqaro havo floti muhandislari institutiga (RFHFMI) aylantirildi va keyinchalik Riga Qizil Bayroqli fuqaro aviatsiyasi muhandislari instituti deb nomlandi (RQBFAMI; 1992-yildan 1999-yilgacha RABY). Hozirda Latviya universitetining ijtimoiy fanlar fakulteti, RTU qoshidagi Aeronavtika institutilv/ Rīgas Tehniskā universitāte — Aviācijas institūts, shuningdek, xususiy universitetlar (Boltiqboʻyi xalqaro akademiyasi, Oliy iqtisodiyot va madaniyat maktabiEkonomikas un Kultūras augstskola — Kā mūs atrast?, Boltiqboʻyi psixologiya va menejment institutiKontakti BIPM, Transport va aloqa instituti), bu yerda rus tilida ham taʼlim olish mumkin. Shuningdek, ushbu koʻchada Axborot tizimlarini boshqarish oliy maktabi binolarining bir qismi joylashganKontakti.

Yondosh koʻchalar Lomonosov koʻchasi quyidagi koʻchalar bilan kesishadi: Lauvas koʻchasi Ebreyu koʻchasi Ayviyekstes koʻchasi Reznas koʻchasi Lubanas koʻchasi

Manbalar

Havolalar

Lomonosov koʻchasi Rīgas pilsētas un Lomonosova ielas vēsturiskā attīstība 19.gs.

Adabiyotlar

Lomonosova ulitsa // Riga : Ensiklopediya = Enciklopēdija Rīga / [per. s latish. ; gl. red. P. P. Yeran]. — Riga : Glavnaya redaksiya ensiklopediy, 1989. — S. 436. — ISBN 5-89960-002-0. Turkum:Koʻchalar Turkum:Riga Turkum:Mixail Lomonosov nomidagi ko'chalar Turkum:Moskva forstadt ko'chalari