EPAM Systems – 1993-yilda tashkil etilgan amerikaning axborot texnologiyalari kompaniyasi. Asosiy faoliyat yo'nalishi buyurtma asosida dasturiy ta'minot ishlab chiqarishdan iborat. Bosh qarorgohi Pensilvaniya shtatining Nyutaun shahrida joylashgan bo'lib, dunyoning 40 ga yaqin davlatlarida o'z bo'limlariga ega.

Tarixi EPAM'ga 1993-yilda ikki sinfdosh Arkadiy Dobkin va Leonid Lozner tomonidan asos solingan. Kompaniyaning nomi "Effective Programming for America" (Amerika uchun samarali dasturlash) so'zlaridan olingan. Birinchi ofislar AQSh va Belarusda ochilgan bo'lib, keyinchalik kompaniya o'z ofislarini Avstriya, Avstraliya, Armaniston, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Hindiston, Irlandiya, Qozog'iston, Kanada, Xitoy, Meksika, Niderlandiya, BAA, Polsha, Rossiya, Singapur, Ukraina, O'zbekiston, Chexiya, Shvetsiya, Shveysariya, Qirg'iziston davlatlarida ochdi.

Fond birjasiga joylashtirilishi 2012-yil 25-yanvarda kompaniya Nyu-York fond birjasida IPO o'tkazishga tayyorgarlik boshlanganini e'lon qildi. Kompaniya xabarida aytilganidek, EPAM Systems’dagi eng katta ulush Siguler Guff & Co investitsiya kompaniyasiga tegishli fondlar tomonidan sotilishi mumkin: IPO’dan soʻng ular EPAM Systems’dagi ulushlarini 52,5 foizdan 41,2 foizgacha kamaytiradi. Ta'sischi va bosh direktor Arkadiy Dobkin kompaniya aksiyalarining 2 foizini sotishni rejalashtirgan edi. Hissadorlar kopaniyaning 14 foiz aksiyasini joylashmoqchi edi. Rejaga ko'ra, qo'shimcha emissiya aksiyalarining yana 3,6% kompaniyaning o'zi tomonidan sotiladi va joylashtirish hajmi (17,7% ni) 133,2 million dollarni tashkil etadi.

IPO 8-fevral kuni bo'lib o'tdi va tahlilchilar tomonidan muvaffaqiyatsiz deb baholandi. Joylashtirish vaqtida 6 million dona aksiya (oshirilgan kapitalning 14,7 foizi) 72 million dollarga yoki har bir qimmatli qogʻoz uchun 12 dollarga sotildi (avval EPAM har bir qimmatli qogʻoz uchun 16-18 dollar narx oraligʻini e’lon qilgan edi). Sotilgan aksiyalarning 33% - qo'shimcha emissiya. IPO bahosiga ko'ra, butun kompaniyaning qiymati 488 million dollarni tashkil etdi.

2 yil ichida, 2014-yil iyun oyida kompaniyaning kapitallashuvi 4 baravardan ortiq oʻsdi va 2,14 milliard dollarni tashkil qildi. 2022-yil yanvar oyida EPAM kapitallashuvi 36,4 milliard dollarni tashkil etdi.

Sotib olinishi 2004-yil mart oyida EPAM Vengriyada Fathom Technology, 2006-yil sentabrda esa Rossiyada VDI-ni sotib oldi. Buning natijasida 2200 kishidan iborat EPAM Systems nomi ostida yagona kompaniyani tashkil qilindi.

2016-yilda EPAM 400 nafar xodimga ega Xitoyning Dextrys kompaniyasini sotib oldi.

2018-yilda EPAM 150 dan ortiq xodimga ega Amerikaning Continuum kompaniyasini, shuningdek, Buyuk Britaniyadagi 100 ta eng yaxshi raqamli agentliklardan biri boʻlgan TH_NK raqamli agentligini sotib oldi.

2021-yil dekabr oyida EPAM S&P 500ga qoʻshildi.

2021-yil may oyida EPAM Systems Forbes Global 2000 roʻyxatida 1804-oʻrinni egalladi

Faoliyat ko'rsatkichlari +DaromadSof foyda2014730,0 mln dollar2015914,1 mln dollar84,5 mln dollar20161,16 mlrd dollar99,3 mln dollar20171,45 mlrd dollar172,9 million dollarlik operatsion foyda bilan 72,76 million dollar20181,84 mlrd dollar240,3 mln dollar20192,29 mlrd dollar261 mln dollar.20202,66 mlrd dollar327,1 mln dollar.

Faoliyati Axborot texnologiyalari sohasida konsalting Dasturiy ta'minot ishlar chiqish Dasturlashtirish Dastulriy ta'minotni tekshirish Raqamli strategiyalarni ishlab chiqish.

Kompaniya Ukrainadagi harbiy vaziyat fonida Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga kompaniya prezidenti Arkadiy Dobkinning fikr bildirmagani va ukrain harbiylariga yordam berishga chaqiriqlarni rad etgani 14000 nafar ukrainalik hamda 18000 nafar rus va belarus xodimlar o'rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Keyinchalik kompaniya o'z ukrain hodimlarida 1000 AQSH qollari miqdorida yordam ko'rsatgan va Ukrainada Starlink tizimlarini yo'lga qo'yishga ko'maklashgan. Bundan tashqari kompaniya Ukrainaga yordam fondini ishga tushirish va 100 mln dollar yordam ko'rsatish majburiyatini oldi. 2022-yil aprel holatida kompaniya Belarusdagi faoliyatini davom ettirgan holda Rossiyada o'z faoliyatini to'xtatdi.

Manbalar