1867-yilgi Kil shartnomasi ― 23-fevralda Oldenburg gersogi Pyotr II va Prussiya oʻrtasida imzolangan boʻlib, unga koʻra Oldenburg gertsogi Pyotr oʻz huquqlarini Golshteyn Prussiyaga bergan.

Shartnoma tuzilmasdan oldin Germaniya-Daniya urushi natijasida Prussiya va Avstriya Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgni boshqa nemis davlatlaridan (Gannover, Saksoniya va boshqalar) ajratishga harakat qilganlar. 1865-yildagi Avstriya-Prussiya kelishuviga binoan Golshteyn Avstriya, Shlezvig esa Prussiya nazoratiga oʻtgan. 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushi natijasida Prussiya avstriyaliklarni Golshteyn gersogligidan chiqarib yuborgan. Avstriya Shlezvig va Golshteyn hududi huquqlarini Prussiyaga topshirgan. Oldenburg Buyuk Gertsogi Pyotr II Golshteynning bir qismi uning merosi ekanligiga daʼvo qilganESBYe:Shlezvig-Golshtiniya. Oldenburgning maqsadi, 1843-yildagi Plen shartnomasidan keyin ikki qismga boʻlingan, Lyubek knyazligini bir hududga birlashtirish boʻlgan.

Shartnomaning mazmuni 1867-yil 23-fevralda Kilda tuzilgan Kil shartnomasiga koʻra, Prussiya Oldenburglik Pyotr II ga taxtga daʼvolaridan voz kechishi evaziga quyidagilarni taqdim etgan.

Golshteynga tegishli va Lyubekda joylashgan Ekxorst, Mori (Klyayn Shtainrade va Ravensbush bilan) va Shtokelsdorf (Mariental va Fakenburg bilan) mulklari. Lyubekdagi Xaylig-Geyst kasalxonasiga tegishli boʻlgan Golsheytnga tegishli Byobs va Shvoxel qishloqlari. Dikze ustidan suverenitet. Prussiya bir million taler miqdorida tovon toʻlaganESBYe:Shlezvig-Golshtiniya.

Lyubek knyazligi uyushmasi 1867-yil 19-iyunda Prussiya tomonidan taqdim etilgan hududlar Lyubek knyazligi tarkibiga kirgan va shu tariqa Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan yopiq boʻlinmani tashkil etgan.

Manbalar

Adabiyotlar Valter Körber — Kirchen Vizelins Land, Eutin 1977-yil Otto Rönnpag — Wie vier Ostseebäder va das Nordseeland Oldenburg kamen; ichida: Jahrbuch für Heimatkunde — Eutin, Eutin 1987 (Seiten 74-78) Otto Rönnpag — Warum gibt es „oldenburgische Ostseebäder“ and der Lübecker Bucht?; ichida: Jahrbuch für Heimatkunde — Eutin, Eutin 2005, (Seiten 175-177)