Mustafa Osmanovich Belyalov (1957-yil 4-iyun) — sovet va oʻzbek futbolchisi.
Tarjimai hol Futbol oʻynashni Tojikistonning kichik Chkalovsk shahrida boshlagan. BOʻSM tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi — Vladimir Gavrilovich Burdin.
1977-yildan „Pomir“ uchun birinchi ligada oʻynagan, 1980-yilda Lvovda SKA jamoasida armiya xizmatida boʻlgan. 1981-yilgi mavsumda „Paxtakor“ murabbiyi Istvan Sekech Belyalovni jamoaga taklif qildi.
„Paxtakor“ murabbiyi Istvan Sekech oʻz intervyularidan birida himoyachi haqida shunday degan:
Bir marta oʻyinlarning birida oʻsha paytdagi yosh Belyalov maydon markazida toʻpni yoʻqotib qoʻydi, raqib uni olib, darvozamiz tomon yugurdi. Belyalov uning orqasidan yugurdi, lekin u ulgurmadi va xafa boʻlganidan koʻzlari yoshlandi. Shu vaqtda darvozabon yordam berdi va Belyalov hursandchiligidan uni quchoqlab oʻpdi. U futbolni chin dildan sevadigan, fidokorona oʻynab, mashgʻulot oʻtkazadigan insondir. Unga biroz tezlik yetishmaydi, lekin pozitsiyani toʻgʻri tanlash unga bu kamchilikni yopish imkonini berdi. Belyalov boshi bilan aʼlo darajada oʻynaydi, raqib darvozasi tomon belgilangan toʻplarni urganda, mamlakatda u kabi mahoratli harakat qiladigan futbolchilar kamligini tan olish kerakИз статьи Виктора Хохлюка: «Они возрождали «Пахтакор». Мустафа Билялов – беззаветно любящий футбол» // «InterFutbol». — № 32 (500), август 2018. — с. 13.
Keyin esa, „Nurafshon“, Ukrainadagi Mukachevoning „Priborist“ va Malayziyaning „Perak“ klublarida toʻp surdi va shu yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi. SSSR Olimpiya terma jamoasi uchun u 1984-yilgi Olimpiya oʻyinlariga saralash turnirida 2 ta rasmiy oʻyin oʻtkazdi va uning tarkibida birinchi Yevropa zonasi gʻolibiga aylandiИз статьи Виктора Хохлюка: «Они возрождали «Пахтакор». Мустафа Билялов — беззаветно любящий футбол». — Еженедельник «Интерфутбол». — № 32 (500), стр. 13. Ташкент. август 2018 год..
Oʻzbekiston terma jamoasi safida 7 ta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlari 1983-yil Yevropa zonasining I-guruh gʻolibi (Olimpiada-84 uchun): 1983. SSSR Birinchi liga kubogi sohibi (2): 1988, 1989. SSSR Birinchi ligasi kumush medali sovrindori: 1990 Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (3-son): 1992
Manbalar
Havolalar Профиль на сайте National-football-teams
Turkum:Samarqand viloyatida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:SKA Lviv futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:Perak F.C. futbolchilari Turkum:FC Karpaty Mukacheve futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Buxoro klubi murabbiylari Turkum:Chilonzor klubi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar