Sobiq Yugoslaviya boʻyicha Xalqaro tribunal — BMT sudi boʻlib, 1990-yillarda Bolqonda yuz bergan mojarolar paytida sodir etilgan urush jinoyatlarini koʻrib chiqqan. Sudning vakolatli muddati mobaynida, yaʼni 1993-2017-yillarda xalqaro huquq qiyofasini butunlay oʻzgartirdi, jabrlanuvchilarga oʻzlari boshidan oʻtkazgan va guvohi boʻlgan dahshatlar haqida soʻzlab berish imkoniyatini taqdim qildi. Shuningdek, qurolli toʻqnashuvlar paytida sodir etilgan vahshiyliklar uchun eng katta javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan gumon qilinganlarni hisobga olish mumkinligini isbotladi. Xalqaro tribunal Xavfsizlik Kengashining 1993-yil 25-maydagi 827-son rezolyutsiyasi bilan Niderlandiyaning Gaaga shahrida tashkil etilgan. |righat|thumb|300px|BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Xalqaro tribunalning tashkil qilinishi, 1993-yil Tashkil etish jarayonlari Sudning tuzilishi va tarkibi 2009-yil sentabr oyida BMT ning Sobiq Yugoslaviya Xalqaro tribunalining maqomi boʻyicha yangilangan hujjati qabul qilindi. Uning 11-moddasiga koʻra, xalqaro sudlar quyidagi organlardan iborat boʻlishi kerakligi koʻrsatilgan: Palatalar (3 ta sud palatasi va apellatsiya palatasi) Prokuror idorasi Roʻyxatga olish idorasi (Palatalar va Prokuror ham tarkibida xizmat qiladi) Endilikda hujjatning 12-moddasida Palatalar aʼzolarining maksimal miqdori 16 nafar mustaqil sudyalardan tashkil qilinishi, ularning hech biri bir mamlakatning bir millatga mansub sudyalari boʻlmasligi lozim. 12 nafar mustaqil ad litem sudyalari har qanday vaqtda hujjatning 13-moddasiga koʻra lavozimga tayinlanishlari mumkin. Prokurorning vazifasi 16-modda 1-qismiga muvofiq 1991-yil 1-yanvaridan sobiq Yugoslaviya hududida xalqaro gumanitar huquqning qoʻpol buzilish holatlarini sodir qilishda javobgar boʻlgan shaxslarni tergov qilish va jazolash hisoblanadi. Prokuror Xalqaro tribunaldan mustaqil faoliyat yurituvchi organ sanaladi va u hech qanday davlat hukumatlaridan koʻrsatma, yoʻl-yoʻriqlar olmaydi. Prokuror BMT Bosh kotibining taqdimnomasiga binoan Xavfsizlik Kengashi tomonidan tayinlanadi. Roʻyxatga olish idorasi vazifalari hujjatning 18-moddasida koʻrsatilgan boʻlib, u Xalqaro tribunalning faoliyati va maʼmuriyatiga javob beradi. Roʻyxatga olish idorasi Registrar va talab qilingan xodimlardan iborat. Registrar Xalqaro tribunal Prezidenti bilan maslahatlashuvdan soʻng BMT Bosh kotibi tomonidan tayinlanadi . Sud xarajatlari Sobiq Yugoslaviya boʻyicha xalqaro tribunal xalqaro sud hisoblanadi. Jinoyat ishlari boʻyicha milliy sudlar uchun umumiy boʻlgan vazifalardan tashqari u boshqa turli xil faoliyat va vazifalarni ham amalga oshiradi. Uning uchta asosiy organi — Palatalar, Prokuror idorasi (ingl. Office of the Prosecutor-OTP) va Roʻyxatga olish idorasi — barchasi milliy tizimlarda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari tomonidan bajariladigan qoʻshimcha vazifalarga ega. Tribunalning har bir boʻlimi tribunalning byudjetining oʻz qismini rejalashtirish va sarflash uchun javobgardir. Tribunalning Prokuror idorasi tergovchilarning dalillarni toʻplash va guvohlarni soʻroq qilish uchun butun dunyo boʻylab sayohatini tashkillashtiradi va moliyalashtiradi, bu vazifa, odatda, milliy tizimlarda faoliyat yurituvchi politsiya tomonidan bajariladi. Jarayonlar, voqea joyini koʻzdan kechirish, sud-tibbiy ekspertiza va boshqa ekspertizalar bilan Tribunal byudjetidan katta mablagʻ talab qiladi. Ushbu byudjetga qoʻshimcha ravishda, baʼzi davlatlar ommaviy qabrlarni eksgumatsiya qilish kabi aniq tergov harakatlari uchun qoʻshimcha resurslarni taqdim etish orqali Tribunalni saxiylik bilan qoʻllab-quvvatlaydilar. Xalqaro tribunalda, bundan tashqari, himoya va yordam koʻrsatadigan Qurbonlar va guvohlar boʻlimi (ingl. Victims and Witnesses Section-VWS) mavjud. left|thumb|300px|Srebrenisa shahrining Sansara vodiysidagi eksgumatsiya jarayonlari Qurbonlar va guvohlar boʻlimi Xalqaro tribunal oldida guvohlik berish uchun Gaagaga boradigan barcha kishilarning sayohat va turar joy, shuningdek, asosiy xarajatlarini (ovqatlanish va tibbiy xarajatlar kabi) qoplab beradi. Tribunalda Konferensiya va til xizmatlari boʻlimi (ingl. Conference and Language Services Section-CLSS) deb nomlangan muhim tarjimonlik idorasi mavjud boʻlib, ularsiz hech qanday jarayon boʻlishi mumkin emas. Konferensiya va til xizmatlari boʻlimi barcha uchta sud zalidagi sud jarayonlarini ingliz, fransuz, bosniya/xorvat/serb tillariga hamda Kosovo va Makedoniya bilan bogʻliq ishlarda mos ravishda alban va makedon tillariga sinxron tarjima qiib boradi. Konferensiya va til xizmatlari boʻlimi, qoʻshimcha ravishda, sud qarorlari, farmoyishlari va hukmlari kabi barcha Tribunal hujjatlarini, shuningdek, minglab sahifa guvohliklar va sud jarayonida qoʻllangan dalillarga kiritilgan boshqa hujjatlarni tarjima qiladi. Tribunal odil sudlov kafolatini aks ettiruvchi oʻzining yuridik yordam tizimiga ham ega. Ayblanuvchilarning koʻpchiligi oʻz himoyachisi uchun yoki xizmatlarning bir qismi uchun pul toʻlashga qodir emas, shuning uchun bu xarajatlar Tribunal tomonidan qoplanadi. Yuridik yordam tizimi Tribunalning yillik byudjetining taxminan 11 % ni tashkil qiladi. Tribunal oʻzining ushlab turish boʻlimini boshqaradi. Milliy tizimda bu vazifa Sudning asosiy faoliyatiga kirmaydi, balki hukumatlar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, ushbu xalqaro sud institutining oʻziga xos maqomidan kelib chiqqan holda, ushlab turish boʻlimi faoliyati faqat Tribunal byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi, garchi BMT muassasasi Gollandiyadagi jazoni ijro etish muassasasi devorlari ichida joylashgan boʻlsa ham. Qabul qiluvchi hukumat mahbuslarni aeroportlar, hibsxona boʻlimi, sud va zaruratga qarab boshqa muassasalar oʻrtasida tashish uchun javobgardir. Tribunal, shuningdek, oʻz binolari, xodimlari, tashrif buyuruvchilar va ayblanuvchilarni himoyasi uchun javobgardir. Uning binolari, inshootlari, barcha xodimlarning ish haqi Tribunal byudjetiga kiritilgan. Bu tadbirlarning barchasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan Tribunal byudjetida nazarda tutilgan. Sud jarayonlari 1993-yil may oyida BMT Xavfsizlik Kengashi Sobiq Yugoslaviya uchun Xalqaro tribunal tashkil qildi va sud urushdan keyingi yillarda mojaroda ishtirok etgan har bir etnik va millat vakillariga qarshi ayblovlar qoʻydi. Biroq, eng muhimi, koʻpchilik ayblovlar serb va bosniyalik serb rasmiylariga nisbatan ilgari surildi. Sud jarayonlari salkam chorak asr, yaʼni 10,800 kun davom etdi, bu davr mobaynida sud 161 nafar shaxslarni aniqlagan boʻlib ularning ichida sobiq davlat rahbarlari va harbiy boshliqlar ham bor edi. 4650 nafar guvohlarning koʻrsatmalari tinglangan, jami sud hujjatlari 2,5 million sahifani tashkil qilgan. Aybdorlar Xalqaro tribunal tomonidan jami 161 nafar shaxs aniqlanganICTY official site: Key Figures. Goran Hadžić 2011-yil 20-iyulda qoʻlga olinganidan soʻng hech qanday ayblanuvlar qolmadiSerbia holds Croatia war crimes suspect Goran Hadzic 'BBC News Online, 20 July 2011. Ushbu roʻyxatda ularning qaysi tomonlarda boʻlganliklari, ularga qarshi eʼlon qilingan ayblovlar va ishlarning oʻziga xosliklari berib oʻtilgan. Roʻyxatda, shuningdek, Xalqaro tribunal tomonidan ayblovlari olib tashlangan shaxslar haqida ham maʼlumotlar oʻrin olgan. Bosniyalik serb qoʻshinlari safida kurash olib borgan bosniyalik Dražen Erdemović va etnik xorvat, Yugoslaviya davlat xavfsizlik xizmatining yuqori martabali rasmiylaridan boʻlgan Franko Simatović lar diniy va etnik jihati kesishgan yagona aybdorlardir.Biljana Plavšić esa Xalqaro tribunal ishidagi yagona ayol ayblanuvchi sanaladi. Roʻyxatda 161 ta nom berilgan. 94 nafari serbiyaliklar, 29 nafari xorvatlar, 9 nafari albanlar, 9 nafari bosniyalik, 2 nafari makedoniyalik (etnik jamoa) va 2 nafari esa montenegrolik (etnik guruh). Boshqalarning etnik mansubligi nomaʼlum yoki ularning ayblovlari olib tashlangan. Shuningdek, ayblanuvchilarning 62 nafari serbiyalik, 18 nafari xorvatiyalik, 5 nafari bosniyalik, 2 nafari montenegrolik (etnik guruh), 1 nafari makedoniyalik (etnik guruh) va 1 nafari esa albaniyalik.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Sobiq Yugoslaviya boʻyicha Xalqaro tribunal · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.