1853-yilda Oqmachitning bosib olinishi Rossiya-Qoʻqon urushining bir qismi hisoblanib, bu yurishning dastlabki bosqichidagi yirik toʻqnashuv boʻlib, general Perovskiy boshchiligidagi rus qoʻshinlari otryadi Sirdaryo boʻyidagi Oqmachit (hozirgi Qiziloʻrda) shahrini oʻz nazoratiga oladi.
Urushga boʻlgan davr XIX asrning birinchi yarmida harbiy yurishlar natijasida Qozogʻistonning janubiy viloyatlari Qoʻqon xonligi tarkibiga kirdi. XIX asr boshlarida qoʻqonliklar qoʻlga kiritilgan hududlarda yangi istehkomlar, jumladan, Oqmachit, Avliyoota, Turkiston, Suzoq, Shaldibar, Shishtoʻbe, Toʻqmoq, Pishpak va boshqalarni qurish boshlandiGrebner A. V. „Osadi i shturmi sredne-aziyatskixʼ krѣpostey i naselennixʼ punktovʼ“. Ocherkʼ A. Grebnera. (Otdѣelniy ottiskʼ izʼ Injen. jurn. № 1 i 2 1897 g.). SPb., Tipografiya i Litografiya V. A. Tixanova, Sadovaya, № 27, 1897. — 78 s., 3 l. chert..
Oqmachit qal’asi 1817-yilda Qoʻqon xoni Umarxon tomonida yetakchi qal’a va qoʻrgʻon sifatida Sirdaryoning chap qirgʻogʻida bunyod etilgan va bir yildan soʻng oʻng qirgʻoqni ham qamrab olganTerentev M. A. Rossiya i Angliya v Sredney Azii. — SPb.: tip. P. P. Merkuleva, 1875.. Oqmachit qal’asi Toshkent, Buxoro va Xivadan Gʻarbiy Sibirga, Toʻrgʻay orqali Troitsk va Orenburggacha boʻlgan karvon yoʻllari chorrahasida joylashgan boʻlib, Orol dengizi orqali Oʻrta Osiyoga olib boruvchi barcha yoʻllarni toʻsib qoʻyish imkoniyatini berardi, shuningdek, ushbu qoʻrgʻon Oʻrta Osiyo xalqlari uchun ham katta strategik ahamiyatga ega boʻlganTerentev M. A. Rossiya i Angliya v Sredney Azii. — SPb.: tip. P. P. Merkuleva, 1875..
1847-yilda Sirdaryoning quyi oqimida ruslar Raim qalʼasini qurib, janubga qarab harakatlana boshladi. Oqmachit ularning keyingi rivojlanishi va daryoning yuqori oqimini bosib olishga jiddiy toʻsiq boʻlganGrebner A. V. „Osadi i shturmi sredne-aziyatskixʼ krѣpostey i naselennixʼ punktovʼ“. Ocherkʼ A. Grebnera. (Otdѣelniy ottiskʼ izʼ Injen. jurn. № 1 i 2 1897 g.). SPb., Tipografiya i Litografiya V. A. Tixanova, Sadovaya, № 27, 1897. — 78 s., 3 l. chert..
Yurishning sabablari 1851-yil mart oyida Orenburg harbiy gubernatori V.A.Obruchev imperatorga Qoʻqon qal’asi Oqmachitni egallash zarurati va Xivaga qarshi boʻlajak yurish haqida maktub yoʻlladiMixaylov A. A. Perviy brosok na yug / A. A. Mixaylov. — M.: OOO „Izdatelstvo ACT“; SPb.: „Severo-Zapad Press“, 2003. — 429 s. — (Voenno-istoricheskaya biblioteka). Tiraj 5000 ekz. ISBN 5-17-020773-5 (OOO „Izdatelstvo ACT“). ISBN 5-93699-163-0 („Severo-Zapad Press“). Glava 4. „Voyna s Kokandom“.. Sibirning Orenburg bilan chegarasini yopish va bu hududlarda qoʻqonliklarning taʼsiriga chek qoʻyish maqsadida 1850-yillarda qoʻqonliklar hujum qilib, chorva mollarini oʻgʻirlay boshlaganligini, mahalliy aholiga ogʻir soliq va majburiyatlarni yuklaganligini bahona qilib Oqmachitni olishga qaror qilindiYuriy Katorin. „Vzyatie russkimi voyskami kokandskoy kreposti Ak-Mechet“ v elektronnom jurnale „Nauka i texnika“.
Biroq, 1851-yilda Obruchev isteʼfoga chiqdi va Orenburg viloyatini boshqarish yana V.A. Perovskiy qoʻliga oʻtdi. Perovskiy ham Oqmachitni qoʻlga olish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi va katta yurish uchun kuch toʻplay boshladi. Perovskiy imperator Nikolay I ga yoʻllagan murojaatida ham Sirdaryoning ikki qirgʻogʻidagi Qoʻqon va Xivaning barcha qal’alarini vayron qilishga ruxsat soʻradiFeoktistova Ye. A. Osobennosti arxitekturno-planirovochnogo formirovaniya krepostey Yujnogo Kazaxstana v XIX veke. Mir nauki, kulturi, obrazovaniya 2010 № 03 (25)..
1852-yilda Qoʻqon xonligida qipchoq koʻchmanchilari bilan oʻtroq aholi oʻrtasidagi kurash haqiqiy urushga aylanib ketdi. 1852-yil oktabrda Bilqillomda „Qipchoqlar“ rahbari Musulmonqul bilan xonning akasi Mallaxon oʻrtasida jang boʻladi. Birinchi toʻqnashuvdan soʻng ikkala tomon ham orqaga chekindi, ammo yakunda xonlik qoʻshinlari gʻalaba qozondi. Hatto Qoʻqonda qipchoqlar qirgʻini uyushtirilgan. Ichki nizolar, albatta, qoʻqonliklarning birlashishiga toʻsqinlik qildi va davlatning tashqi ahvolini zaiflashtirdiStatya „Ak-Mechet“ v Voennoy ensiklopedii Sitina..
Orenburgdagi Xiva elchisi Perovskiy bilan muzokaralar chogʻida xon Sirdaryo ustidan nazoratni turk sultoni yoki inglizlar qoʻliga topshirish bilan tahdid qildi. Elchi, shuningdek, 1851-yilda bu masalani muhokama qilish uchun „Sulton nomidan taniqli turk“Mixaylov A. A. Perviy brosok na yug / A. A. Mixaylov. — M.: OOO „Izdatelstvo ACT“; SPb.: „Severo-Zapad Press“, 2003. — 429 s. — (Voenno-istoricheskaya biblioteka). Tiraj 5000 ekz. ISBN 5-17-020773-5 (OOO „Izdatelstvo ACT“). ISBN 5-93699-163-0 („Severo-Zapad Press“). Glava 4. „Voyna s Kokandom“. yuborilganini ham eslatib oʻtdi. Qolaversa, xivaliklar Qoʻqonga yordam berishni istamagan, chunki ikki oʻrtada yaxshi munosabatlar boʻlmaganPlensov, A. K. Delo pod Ikanom. SPb. Izdatelstvo „Istoriko-kulturniy sentr Karelskogo peresheyka“, 2014. 320 s. S illyustratsiyami. ISBN 978-5-9905826-9-9. S. 22—24.
Birinchi hujum 1852-yilning bahorida Oqmachitning oʻsha paytdagi komendanti Yoqub Bek qoʻmondonligi ostidagi 1500 kishilik qoʻshin rus hududiga bostirib kirdi, biroq vaqt oʻtishi bilan ular rus qoʻshinlaridan qochib, qozoq mollarini tashlab ketishdi. Shundan soʻng Qoʻqon Oqmachitini qoʻlga kiritish orqali masalani tubdan hal qilish kerakligi ayon boʻldi. Shu maqsadda Orenburg korpusi komandiri, korpusning bosh kvartalmasteri general-adyutant Perovskiy Orol dengizidagi Blarambergga yoʻl oldi. U yerga borib, otryad tuzib, birdan Oqmachit yaqinida paydo boʻlib, uni qoʻlgan kiritishni buyurdiYuriy Katorin. „Vzyatie russkimi voyskami kokandskoy kreposti Ak-Mechet“ v elektronnom jurnale „Nauka i texnika“. 470 kishilik otryad qal’aning tashqi devorini olib buzishga muvaffaq boʻldi, ammo qal’ani oʻzini ololmadi — ularning hujumi juda qisqa boʻldi. Jangda ulardan 20 kishi halok boʻldi, 52 kishi yaralandi va orqaga chekindi. Chekinishda qoʻqonliklar tomonidan tashlab ketilgan 3 ta qalʼa: Kumushqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon va Qoʻsh-Qoʻrgʻon vayron qilinganMixaylov A. A. Perviy brosok na yug / A. A. Mixaylov. — M.: OOO „Izdatelstvo ACT“; SPb.: „Severo-Zapad Press“, 2003. — 429 s. — (Voenno-istoricheskaya biblioteka). Tiraj 5000 ekz. ISBN 5-17-020773-5 (OOO „Izdatelstvo ACT“). ISBN 5-93699-163-0 („Severo-Zapad Press“). Glava 4. „Voyna s Kokandom“..
Kuchlar nisbati
Oqmachit qal’asi Oqmachit qal’asi har tomondan qamish va butalar bilan oʻralgan katta chuqurlikda joylashgan. Bu chuqurlik Bekaliqoʻgʻa deb atalgan va toshqin paytida Qoraoʻzak orqali Sirdaryo suvi bilan toʻlgan.
Oqmachit qal’asi, odatda, oʻrta asr shaharlarida boʻlgani kabi, ikkita devordan iborat edi: tashqi va ichki qal’a, suv xandaqlari va burchaklaridagi minoralar bilan oʻralgan va 50 sajn (100 m) dan ortiq taxminan 9 metr balandlikda boʻlgan loydan yasalgan. Ichki devorlar tashqi devorlarga qaraganda ancha balandroq qurilgan. Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻistonda keng qoʻllaniladigan sinch uslubidan istehkomlar qurishda foydalaniladi. Oradan 15 yil oʻtib Turkiston yurishlarida qatnashgan A.N.Kuropatkinning xotiralarida qayd etilishicha, „oʻsha paytdagi artilleriya hujumlari Oʻrta Osiyoning qalin devorlarini buza olmasdi“. Sirdaryo irmoqlari ham shaharning qoʻshimcha himoyasi vazifasini oʻtaganFeoktistova Ye. A. Osobennosti arxitekturno-planirovochnogo formirovaniya krepostey Yujnogo Kazaxstana v XIX veke. Mir nauki, kulturi, obrazovaniya 2010 № 03 (25)..
Qal’a garnizoni 3 ta toʻp va 300 askardan iborat ediMixaylov A. A. Perviy brosok na yug / A. A. Mixaylov. — M.: OOO „Izdatelstvo ACT“; SPb.: „Severo-Zapad Press“, 2003. — 429 s. — (Voenno-istoricheskaya biblioteka). Tiraj 5000 ekz. ISBN 5-17-020773-5 (OOO „Izdatelstvo ACT“). ISBN 5-93699-163-0 („Severo-Zapad Press“). Glava 4. „Voyna s Kokandom“..
Perovskiy qoʻshini Otryad 4-chi Orenburg chegara batalyonining uchta rotasi, 500 ta Ural kazaklari, 2 yuzta Orenburg kazaklari va 500 ta boshqirdqoʻshinlari, 36-artilleriyachi rota va sapyorlar brigadasidan iborat edi. Dengiz boʻlinmasida kapitan-leytenant Aleksey Ivanovich Butakov qoʻmondonligidagi "Perovskiy" temir paroxodi ham mavjud edi.
Butun otryad 2168 nafar harbiy xizmatchidan iborat boʻlib, ulardan 89 nafari ofitser va mansabdor shaxslar (3 general, 12 shtab ofitseri, 50 serjant, 14 turli boʻlimlarning mansabdor shaxslari), shu jumladan 12 ta toʻp va 5 ta minomyot, shuningdek, 500 ta qozoq koʻngillilari bor ediYuriy Katorin. „Vzyatie russkimi voyskami kokandskoy kreposti Ak-Mechet“ v elektronnom jurnale „Nauka i texnika“. Qozoq koʻngillilari razvedka va yuk tashish bilan shugʻullangan. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, qoʻshinlar soni 2350 nafar askar va ofitserga, 500 nafar qozoqlarga yetganMixaylov A. A. Perviy brosok na yug / A. A. Mixaylov. — M.: OOO „Izdatelstvo ACT“; SPb.: „Severo-Zapad Press“, 2003. — 429 s. — (Voenno-istoricheskaya biblioteka). Tiraj 5000 ekz. ISBN 5-17-020773-5 (OOO „Izdatelstvo ACT“). ISBN 5-93699-163-0 („Severo-Zapad Press“). Glava 4. „Voyna s Kokandom“..
Ikkinchi hujum Keyingi yil, 1853-yilda, Blaramerg hujumini keng miqyosda takrorlashga qaror qilindi. Ekspeditsiyaga Orenburg korpusi qoʻmondoni general-adyutant Perovskiy boshchilik qilgan, qamalni esa general-mayor S.A.Xrulev boshqargan. 1853-yil 6-mayda Perovskiy boshchiligida otryadning birinchi kolonnasi Orenburgni tark etdi.
18 kun ichida, 410 km yoʻldan soʻng, Perovskiy otryadining asosiy esheloni 1853-yil 3-iyulda Oqmachit qoʻrgʻoniga yetib keldi. Ikki kundan keyin oxirgi eshelonlar yetib keldi. 8-iyulga oʻtar kechasi qal’adagilar allaqachon beshta toʻpni oʻrnatib boʻlgan ediPlensov, A. K. Delo pod Ikanom. SPb. Izdatelstvo „Istoriko-kulturniy sentr Karelskogo peresheyka“, 2014. 320 s. S illyustratsiyami. ISBN 978-5-9905826-9-9. S. 22—24. Qamal tugagach, ruslar bilan qal’a oʻrtasida otishma boʻlib, qoʻqonliklar devorga qoʻl granatalarini uloqtirdilar. Boʻlinma toʻp va minomyotlardan 160 ga yaqin snaryad va 40 ta raketa otdi. Ammo artilleriya oʻqlari samarasiz edi: rus snaryadlari loydan yasalgan 8 m dan ortiq qal’aning devorlarini teshib oʻtolmadi. 11-iyulda dushman sharqiy minorani artilleriyadan otish orqali yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng, shu yerda jamlangan barcha 12 ta toʻp qal’a devorlariga katta teshik ochdi. Erishilgan muvaffaqiyatdan foydalanishning iloji boʻlmadi — hujum darhol boshlanmadi va 13-iyulga oʻtar kechasi qoʻqonliklar teshikni yopishga muvaffaq boʻlishdiGrebner A. V. „Osadi i shturmi sredne-aziyatskixʼ krѣpostey i naselennixʼ punktovʼ“. Ocherkʼ A. Grebnera. (Otdѣelniy ottiskʼ izʼ Injen. jurn. № 1 i 2 1897 g.). SPb., Tipografiya i Litografiya V. A. Tixanova, Sadovaya, № 27, 1897. — 78 s., 3 l. chert..
28-iyulga oʻtar kechasi qamal boshlanganidan 25 kun oʻtgach, yana hujum boshlandi. Oʻsha paytda kapitan Nikolay Osipovich Orlovskiyning shtab-kvartirasi quruvchilar gvardiyasi sapyorlar guruhi bilan 23 kun davomida qal’a ostidan tunnel qazishganPlensov, A. K. Delo pod Ikanom. SPb. Izdatelstvo „Istoriko-kulturniy sentr Karelskogo peresheyka“, 2014. 320 s. S illyustratsiyami. ISBN 978-5-9905826-9-9. S. 22—24. Oxir oqibat, ular qal’a ostida portlovchi moddalar oʻrnatilib portlatilgan va oʻsha yer toʻplar bilan nishonga olingan. Soat 4:30 ta qal’a bosib olindi. Jangda Oqmachit komendanti Muhammad Vali halok boʻldi.
Qumdagi jang Oqmachitni qaytarib olishga ahd qilgan toshkentlik Beklarbek Shodmanxoʻja 1853-yil avgust oyi oʻrtalarida ruslarga qarshi yurish qildi. Uning qoʻshini 7000 kishi atrafida edi.
Harbiy serjant Borodinning 150 nafar Ural kazaklari, 120 nafar piyoda va 3 minomyotchidan iborat otryadi qoʻqonliklar bilan jang uchun Oqmachitdan joʻnab ketdi. 24-avgustda Sirdaryo sohillarida jang boʻldi. Kunduzi toshkentliklar soni bir necha baravar kam boʻlgan ruslar guruhiga hujum qilishdi, lekin har safar ularga miltiq va patronlardan oʻq otib, orqaga chekinishga majbur qilishdi. Ertasi kuni Shodmanxoʻja qoʻshinini olib ketdi. thumb|333x333px|1853-yil 28-iyuldagi hujumdan keyingi Oqmachit qal’asining koʻrinishi