Anomalisa – 2015-yilda ishlangan Amerika animatsion filmi. Ssenariy Charlie Kaufman tomonidan oʻz pyesasi asosida yozilgan.
Premyerasi Telluride kinofestivalida boʻlib oʻtdi, shundan soʻng film 72-Venetsiya kinofestivalida namoyish etildi va u yerda hakamlar hayʼatining Gran-prisi bilan taqdirlandi.
Syujeti Yozuvchi Michael Stone hammani monoton ovozli bir xil odamga oʻxshatib qoʻyadigan kamdan-kam uchrovchi ruhiy kasallikdan aziyat chekadi. Bir kuni xizmat safari chogʻida Michael „anomal mavjudot“ Lisa Hesselmanni uchratib qoladi, u qizning ovozi va tashqi koʻrinishidan hayrat va zavqqa tushadi.
Ovoz berganlar David Thewlis – Michael Stone Jennifer Jason Leigh – Lisa Hesselman Tom Noonan – boshqa personaj
Ishlab chiqarilishi Filmni syomkasi uchum mablagʻ, dastlab, Kickstarter’da toʻplandi, u yerda loyiha 406 237 dollar yigʻdi, film, taxminan, 40 daqiqa davom etishi aytildi. Muvaffaqiyatli mablagʻ yigʻilgandan soʻng Starburns Industries qoʻshimcha mablagʻ ajratdi va filmning davomiyligi uzaytirildi.
Tanqid va eʼtiroflar Multfilm kinotanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Rotten Tomatoes filmida 148 ta sharh asosida film 91 % reytingga ega boʻlib, oʻrtacha 10 tadan 8,3 ball olgan. RogerEbert.com sharhlovchisi Mett Seytz filmni toʻrt yulduzdan 3,5 yulduzga baholadi. Mashhur Rolling Stone sinchisi (tanqidchi) Piter Travers Charli Kaufman dohiyona asar yaratishga muvaffaq boʻlganini taʼkidlab, unga 4 yulduz berdi. Metacritic veb-saytida oʻrtacha balli 88 edi.
Manbalar
Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:2015-yil filmlari Turkum:2015-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:Charlie Kaufman filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar