“Amirlik parchalanishi” — bu film 1955-yilda suratga olingan sovet tarixiy-inqilobiy badiiy film hisoblanadi.
Syujeti Mazkur filmda Gʻarb mamlakatlari Sovet hukumatiga qarshi kurashda 1920-yildagi Rossiya hukumatining protektorati boʻlgan Buxoro amirligidan foydalanishga harakat qilib koʻrishadi. Toshkentga kelgan M.V.Frunze va V.V.Kuybishevlar xalq ommasini aksilinqilobiy va chet el razvedkachilariga qarshi kurashga undashadi. Yosh zabardast oʻzbek jangchisi Sherali Yoqubov kabi inqilobchilar noqonuniy ishlarga jalb etiladi. Buning oqibatida inqilobchilarning hujumlariga dosh berolmay, amir boshchiligidagi buxorolik gvardiya qoʻshinlari orqaga chekinishga majbur boʻladi. Natijada Buxoroda esa sovet hokimiyati oʻrnatiladi.
Rollarda
Evgeniy Samoylov — M.V.Frunze Vladimir Krasnopolskiy — V.V.Kuybishev K.Alimjonov — Yoʻldosh Oxunboboyev San’at Devonov — Sherali Yoqubov Nelya Ataullayeva — Oygul, uning yori Georgiy Yumatov — Ignat Roza Makagonova — Nastenka Razzoq Hamroyev — Jafar (Vladimir Basov ovozlashtirgan) Abdusalom Rahimov — Qurbon Saidov Muhammed Cherkezov — Durdiyev Grigoriy Mixaylov — Stepan N.Ishmuhamedov — Karim bobo, Sheralining otasi Evgeniy Teterin — Vostrosablin Mixail Pugovkin — epizod Abbos Bakirov — Buxoro amiri (Rostislav Plyatt ovozlashtirgan) Vladimir Balashov — polkovnik Osipov Vladimir Basov — Frunze va Kuybishevga suiqasd qilgan oq gvardiya zobiti (titrda koʻrsatilmagan) N. Garin — Uolford Andrey Fayt — Paleyning ingliz josusi Kepa Xoʻjayev — Esonboy (Vladimir Kenigson ovozlashtirgan) Obid Jalilov — Buyuk vazir Sagʻdi Tabibullayev — Amir elchisi
Suratga olish ishlari guruhida
Postanovkachi-rejissorlar: Vladimir Basov, Latif Fayziyev Ssenariy muallifi: Vladimir Kreps Operator: Timofey Lebeshev Rejissor: A.Golovanov Postakovkachi-rassomlar: Artur Berger, Arnold Vaysfeld, Pyotr Veremenko Oʻzbek qoʻshiqlari matni: Xamza, Muqimiy Rus qoʻshiqlari matni: Vadim Korostilev Bastakorlar: Mixail Ziv, Doni Zokirov
Havolalar
«Крушение эмирата» на сайте «Энциклопедия отечественного кино» КРУШЕНИЕ ЭМИРАТА (1955) Kino-teatr.ru
Turkum:1955-yil filmlari Turkum:Toshkent kinostudiyasi filmlari