SpaceX DM-2 (shuningdek, Demo-2 nomi bilan ham tanilgan) NASAning xususiy uchuvchi yordamida boshqariladigan kosmik kemalarni rivojlantirish Commercial Crew Program dasturi doirasida Amerikaning SpaceX shirkatiga tegishli Crew Dragon xususiy qayta foydalanish mumkin boʻlgan kosmik kemasining Xalqaro kosmik stansiyaga ikkinchi namoishiy va birinchi uchuvchi yordamida boshqariladigan parvozidir.

2011-yil 8-iyulda Space Shuttleʼning soʻnggi parvozidan keyin Qoʻshma Shtatlar tomonidan birinchi marta uchirilgan uchuvchi yordamida boshqariladigan parvoz.

Kema 2020-yil 30-mayda uchirilgan. XKS bilan tutashuv 2020-yil 31-mayda boʻlib oʻtdi. 2-avgust kuni kema Pensakola yaqinidagi Meksika koʻrfaziga qoʻndi.

Vazifalari Ushbu parvoz Commercial Crew Program dasturi doirasidagi soʻnggi sinov boʻlib, u ning toʻlaqonli ekipajini almashtirish ekspluatatsion parvozlar uchun SpaceX uchuvchi yordamida boshqariladigan transport tizimini sertifikatlashni yakunlash uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etdi. Parvozning asosiy maqsadlari Falcon 9 raketa tashuvchisining ishlashi, Crew Dragon kemasi, yer usti infratuzilmasi va Xalqaro kosmik stansiya bilan uchirish operatsiyari, yaqinlashish, tutashuv va suvga choʻktirish vazifalarinig yakuniy ishlash sinovi edi.

Ushbu parvozda ekipaj dastlab SpaceX tomonidan ishlab chiqilgan yangi skafandrlardan foydalangan. Ularning ishlab chiqilishi 2015-yilda superqahramonlar va ilmiy-fantastik filmlar ustida ishlaganligi bilan tanilgan Gollivud liboslari dizayneri Xose Fernandes bilan boshlangan, u tashqi koʻrinshga javobgar boʻlgan. Kostyum vakuumda ishlashga mos keladi, kabinani razgermetizatsiyasidan himoya qiladi. Astronavtning sonida havo bilan taʼminlaydigan va elektron ulanishlarni oʻz ichiga olgan yagona ulanish shlangi mavjud. 3D printerda bosib chiqarilgan shlemlarda mikrofon va dinamiklar mavjud. Kosmik kostyumlar kosmik nurlanishdan himoyalanmaganligi sababli ular kemadan tashqari faoliyat uchun ishlatilmaydi.

Ekipaj Astronavt Lavozim Parvoz raqami Agentlik Douglas Hurley Komandir 3 NASA Robert Behnken Uchuvchi 3 NASA

Fotogalereya

Manbalar

Adabiyotlar