Nahomi Kavasumi (yapon: 川澄 奈穂美, Kawasumi Nahomi, 1985-yil 23-sentabrda tugʻilgan) - yaponiyalik futbolchi, Nyu-Jersi FC Gotham jamoasida oʻynaydi. 2008-yildan beri toʻliq xalqaro oʻyinchi boʻlib, 2011-yilgi jahon chempionatida oltin, shuningdek, 2012-yilgi London Olimpiadasi va 2015-yilgi jahon chempionatlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi Jahon chempionatida u ikkita gol urdi, shu jumladan yarim finalda Shvetsiyaga qarshi 35 metrdan ajoyib gol sohibasiga aylandi va Yaponiyaga oʻz tarixida birinchi marta turnirda gʻalaba qozonishga yordam berdi.

Futbolga ilk qadamlar

Kavasumi Tokiodan 40 daqiqa janubda joylashgan Kanagava prefekturasida tugʻilib katta boʻlgan va u yerda yoshligida katta opasidan oʻrnak olib, futbol oʻynay boshlaganhttps://web.archive.org/web/20120718071931/http://ajw.asahi.com/article/sports/soccer/AJ201207140035. U Yaponiya terma jamoasining boʻlajak himoyachisi Megumi Kamiyonobe bilan birga boshlangʻich maktabda Rinkan Lemons jamoasida oʻynaganhttps://web.archive.org/web/20120718071931/http://ajw.asahi.com/article/sports/soccer/AJ201207140035. Kavasumi va Kamyonobe jamoa gollarining taxminan 70% ga mualliflik qilishdihttps://web.archive.org/web/20120718071931/http://ajw.asahi.com/article/sports/soccer/AJ201207140035. Kavasumi Nippon Sport fan universitetida tahsil olganhttps://web.archive.org/web/20111201230241/http://ajw.asahi.com/article/sports/soccer/AJ201112010091c.

Klubdagi karyera

INAC KOBE LEONESSA 2008—2016-yillar

Kavasumi INAC Kobe Leonessa bilan 2008-yilda shartnoma imzolaganhttps://web.archive.org/web/20111201230241/http://ajw.asahi.com/article/sports/soccer/AJ201112010091c. Jamoa 2011-yilgi mavsumni 12-3-0 rekordi va 39 ochko bilan yakunladihttps://web.archive.org/web/20140222012825/http://ajw.asahi.com/article/sports/soccer/AJ2011111217303.

2013-yilgi mavsumda Kavasumi ikkinchi marta liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning oʻn ikkita golli natijasi jamoadoshi Beverli Gyobeldan keyin ikkinchi boʻldihttp://blogs.seattletimes.com/soundersfc/2014/02/10/reign-fc-signs-japanese-midfielder-nahomi-kawasumi-on-loan-for-2014-season/. Shuningdek, u ketma-ket toʻrtinchi yil liganing eng yaxshi oʻn bir jamoasiga kiritildihttp://www.socceramerica.com/article/56258/reign-signs-japanese-league-mvp-kawasumi.html. INAC 16-0-2 hisobi bilan ligada birinchi oʻrinni egallab, ketma-ket uch yil ichida uchinchi liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Ularning 48 ochkosi ikkinchi oʻrindagi Nippon TV Beleza jamoasidan 10 ochkoga koʻp edi.

2013-yilgi Xalqaro ayollar klublar chempionatida Kavasumi INACning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Yarim finalda Chilining Kolo-Kolo Femenino jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondihttp://equalizersoccer.com/2013/12/04/mobcast-cup-semifinal-results-chelsea-beat-sydney-inac-kobe-leonessa-beat-colo-colo/. INAC Kobe finalda Chelsi LFCni 4-2 hisobida magʻlub etib, turnirda gʻolib chiqdihttp://equalizersoccer.com/2013/12/08/inac-kobe-leonessa-win-2013-mobcast-cup/https://www.theguardian.com/football/2013/dec/08/chelsea-ladies-inac-kobe-lionessa-international-womens-club-championship-match-report.

2014-yil sentabr oyida Kavasumi 2014-yilgi NWSL mavsumini Seattle Reign FC bilan ijara asosida tugatgandan soʻng INAC Kobe Leonessaga qaytdihttp://equalizersoccer.com/2014/08/30/nahomi-kawasumi-seattle-reign-language-soccer-nwsl-final/.

thumb|280px|<center>Kawasumi Seattle Reign FC tarkibida<center>

Seattle Reign FC 2014—2018-yillar

2014-yil fevral oyida Kavasumi Sietl Reign bilan 2014-yilgi Ayollar Milliy Futbol Ligasi mavsumi uchun ijaraga shartnoma imzoladi. 2014-yilning 6-iyulida Boston Breakersga qarshi oʻyinda 3-2 hisobida gʻalaba qozongan va Sietlning ikkita goliga mualliflik qilganidan soʻng Kavasumi NWSL haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildihttps://web.archive.org/web/20140720062346/http://www.nwslsoccer.com/home/822343.html. Bir necha hafta oʻtgach, 2013-yil chempioni Portlend Tornsga qarshi oʻyinda Kavasumi ikkita gol urdi va Reignsning 5:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdihttp://seattletimes.com/html/reign/2024180024_reign27xml.html. Keyinchalik u mavsumning 16-haftasida ikkinchi marta NWSL haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildihttp://espn.go.com/espnw/video/11277175/naho-kawasumi. Kavasumi 2014-yilgi mavsumni 9 gol va 5 golli uzatma bilan yakunladi. U 2014-yilgi mavsumda NWSL Best XIga saylandi.

2016-yil iyun oyida Kavasumi NWSL klubi Sietl Reign FC bilan qayta shartnoma imzoladihttps://medium.com/@ReignFC/thehomi-c6f273df3290#.cm0t0rdrr. Kavasumi qayta imzolanganidan bir necha kun oʻtib Boston Breakersga qarshi debyutida dubl qayd etib, NWSL haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdihttps://medium.com/@ReignFC/nahomi-kawasumi-scores-brace-in-reign-fc-victory-over-boston-993612a7c695. Shuncha saʼy-harakatlarga qaramay, Reyn 2016- NWSL mavsumida beshinchi oʻrinni egalladi va uch yil ichida birinchi marta pley-offni oʻtkazib yubordi. Kavasumi qayta shartnima imzolanganidan keyin Reign uchun oʻnta oʻyinning barchasida oʻynadi, sakkiztasini asosiy tarkibda boshlab, uchta gol urdi.

2017-yil 13-may kuni Kawasumi Vashington Spirit ustidan 6-2 hisobida gʻalaba qozonib, toʻrtta assist bilan NWSL yakkalik bahslarida yangi rekord oʻrnatdihttps://medium.com/@ReignFC/nahomi-kawasumis-record-setting-performance-9b3686d81cb8. U 2017-yilgi mavsum oxirigacha shunday oʻynashda davom etdi, barcha 24 oʻyinda maydonga tushdi va oltita gol urdihttps://medium.com/@ReignFC/nahomi-kawasumi-departs-seattle-after-four-seasons-with-reign-fc-85b5dfd2599e. Uning hissasiga qaramay, Sietl yana beshinchi oʻrinni egalladi va pley-offni oʻtkazib yubordi.

Yangi bosh murabbiy Vlatko Andonovski kelganidan keyin Kavasumi kam maydonga tusha boshladi va 2018-yilgi mavsumni ochkolarsiz yakunladihttps://medium.com/@ReignFC/nahomi-kawasumi-departs-seattle-after-four-seasons-with-reign-fc-85b5dfd2599e. Mavsum oraligʻida Kavasumi oʻz mamlakatida boʻlib oʻtadigan 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari oldidan oʻzining maydonga tushishlar sonini maksimal darajaga chiqarishni soʻrab murabbiyga murojat qildihttps://medium.com/@ReignFC/seattle-reign-fc-acquires-forward-shea-groom-in-trade-with-sky-blue-fc-b2de144f3926.

NAC Kobe Leonessa 2016-yil

2016-yilgi NWSL mavsumi yakunlangach, Kavasumi sobiq klubi INAC Kobe Leonessa bilan L.League 2016-yilgi mavsumining qolgan qismi uchun ijaraga shartnoma imzoladihttps://medium.com/@ReignFC/four-reign-fc-players-on-loan-for-offseason-70df66a044a5#.kn4hjrmrs. U finalda oʻynamaganiga qaramay, klubga 2016-yilgi imperator kubogini yutib olishga yordam berdihttps://medium.com/@ReignFC/reign-roundup-naho-claims-empress-cup-b2fbb865eaba#.5chgpp4gu.

Sky Blue FC

2019-yil 15-yanvarda Sietl Reign FC Kavasumini NWSL klubi Sky Blue FCga amerikalik hujumchi Shea Groom evaziga almashtirdi.

Terma jamoa

thumb|280px|<center>Nahomi Kawasumi Yaponiya terma jamoasi tarkibida Kavasumi 2008-yilda Nadeshiko Yaponiya nomi bilan tanilgan Yaponiya terma jamoasida oʻynay boshlagan. U birinchi xalqaro golini 2011-yil Algarve kubogida Finlandiya darvozasiga kiritdihttp://www.jfa.or.jp/eng/topics/2011/153.html.

2011-yilgi jahon chemponati

JCh-2011 yarim finalida Shvetsiyaga qarshi oʻyinda Kavasumi ikkita gol urib, Yaponiyaga 3:1 hisobida gʻalaba olib keldi bu Yaponiyani AQShga qarshi finalga olib chiqdihttps://www.independent.co.uk/sport/football/international/kawasumi-double-puts-japan-in-womens-world-cup-final-2313291.htmlhttps://www.independent.co.uk/sport/football/international/kawasumi-double-puts-japan-in-womens-world-cup-final-2313291.htmlhttp://espn.go.com/espnw/news/article/6767028/women-world-cup-japan-emotional-victory-sweden. Kavasumi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 18-daqiqada hisobni tenglashtirdi, keyin esa 64-daqiqada gʻalaba golini kiritdihttp://www.jfa.or.jp/eng/topics/2011/302.html. Yaponiya yakunda AQShni penaltilar seriyasida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdihttps://www.theguardian.com/sport/2012/aug/09/olympics-2012-football-usa-japan-live.

2012-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari

Kavasumi 2012-yilgi London Olimpiadasi uchun Yaponiya terma jamoasiga kiritildi va jamoaning Kanadaga qarshi guruh bosqichidagi birinchi oʻyinida turnirdagi ilk golini kiritdi. Yaponiya Kanadani 2:1 hisobida magʻlub etdihttp://www.olympic.org/olympic-results/london-2012/football/football-w. Yaponiya Shvetsiya va Janubiy Afrikani magʻlub etib, oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egalladihttp://www.olympic.org/olympic-results/london-2012/football/football-w. Chorak finalda Braziliyani 2:0 hisobida magʻlub etgan Yaponiya yarim finalda Fransiya bilan toʻqnash keldi va 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, finalga yoʻl oldihttp://www.olympic.org/olympic-results/london-2012/football/football-w. Finalda jamoa AQSHga 2-1 hisobida magʻlub boʻldi va Yaponiyaga turnirning kumush medalini qoʻlga kiritdihttp://london2012.nytimes.com/soccer/womens/gold-medal-game-1. Kavasumi Yaponiya terma jamoasi uchun har bir oʻyinda oʻynab, bittadan gol urib, turnirni yakunladihttps://web.archive.org/web/20110710101343/http://www.fifa.com/worldfootball/statisticsandrecords/players/player=298544/index.html.

2015-yilgi jahon chempionati

Kavasumi Yaponiya jamoasining ajralmas qismi boʻlib qoldi va jamoaga 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashga yordam berdi. Uning soʻnggi daqiqadagi uzatmasi ingliz himoyachisi Laura Bassettning avtogoli bilan yakunlandi va Yaponiyani finalga olib chiqdihttps://www.theguardian.com/football/2015/jul/05/womens-world-cup-final-five-japan-players-to-watch.

Karyera statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiUmumiyOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolINAC Kobe Leonessa200821342-2552009211030-24102010188425227122011161242-201420121884152271120131812421053219Umumiy1125323920915571Seattle Reign FC2014209-202292016103 - -1032017246 - -2462018140 -00140Umumiy6818-207018INAC Kobe Leonessa20149120-111201523451-28520161121030152Umumiy4378130396Karyerada umumiy22378311025927995

Terma jamoa

Yaponiya terma jamoasiYiloʻyinGol20081020092020107020111362012163201311320141762015111201641201700201880Umumiy9020

Xalqaro maydonda kiritlgan gollar

Xalqaro gollar Raqam. Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir 1 4-Mart 2011-yil Lagos, Portugaliya 2011 Algarve kubogi 2 9-Mart 2011-yil Parchal, Portugaliya 3 13-Iyul 2011-yil Commerzbank-Arena, Frankfurt, Germaniya 3–1 2011-yilgi jahon chempionati 4 5 1-Sentabr 2011-yil Shandong Provincial Stadium, Jinan, Xitoy 2012-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari uchun kvalifikatsiya 6 5-Sentabr 2011-yil 7 29-Fevral 2012-yil Parchal, Portugaliya 2012 Algarve kubogi 8 7-Mart 2012-yil Estádio Algarve, Portugaliya 9 25-Iyul 2012-yil City of Coventry Stadium, Coventry, Buyuk Britaniya 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari 10 11-Mart 2013-yil Estádio Algarve, Portugaliya 2013 Algarve kubogi 11 26-Iyun 2013-yil Pirelli Stadium, Burton upon Trent, Angliya Oʻrtoqlik oʻyini 12 22-Sentabr 2013-yil Nagasaki Athletic Stadium, Isahaya, Yaponiya 13 26-May 2014-yil Thống Nhất Stadium, Ho Chi Minh City, Vietnam 4–0 2014 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi 14 15. 18-Sentabr 2014-yil Namdong Asiad Rugby Field, Incheon, Janubiy Koreya 12–0 2014 Osiyo oʻyinlari 16. 17. 22-Sentabr 2014-yil Incheon Munhak Stadium, Incheon, Janubiy Koreya 18. 28-Oktabr 2014-yil Commonwealth Stadium, Edmonton, Kanada Oʻrtoqlik uchrashuvi 19. 9-Mart 2015-yil Stadium Bela Vista, Parchal, Portugaliya 2015 Algarve kubogi 20 7-Mart 2016-yil Kincho Stadium, Osaka, Yaponiya 2016 AFC Ayollar oʻrtasida olimpiada kvalifikatsiyasi

Manbalar

Havolalar

Japan Football Association – Kawasumi's Official Blog (Japanese) Seattle Reign player profile

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Yaponiyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayol futbol hujumchilari Turkum:Ayollar futboli yarim himoyachilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari