Mel Ferrer (; 1917-yil 25-avgust — 2008-yil 2-iyun) amerikalik aktyor, rejissor va produser.

Biografiyasi Melchor Gaston FerrerSome sources spell his first name as MELCHIOR but this is incorrect based on Ferrer’s records at Princeton University. Also he was named for his paternal grandfather, Melchor Ferrer. And the name MELCHOR G. FERRER was used on the cover of Titoʻs Hats, a childrenʼs book that Ferrer wrote in 1940. Uning ajdodlari katolik boʻlgan. Ispaniya (Kataloniya) va Irlandiyadan kelgan muhojirlar edi."Joseph OʻDonohue, Real Estate Man, Dead", The New York Times, October 31, 1937 Nyu-Jersida tugʻilgan. Ferrer oʻzining aktyorlik faoliyatini 1930-yillarning oʻrtalarida yozgi teatrlardagi chiqishlardan boshlagan. 1937-yilda u Brodvey tatrida raqqos sifatida faoliyatini boshladi va ikki yildan soʻng u aktyorlik debyutini qildi.

1946-yilda Ferrer Brodvey spektakllaridan birida rejissor sifatida ishladi va shu bilan birga rejissor sifatida debyut qildi. Faoliyati davomida u oʻnta film suratga oldi, shuningdek, kino va televideniyada yuzdan ortiq rollarni ijro etdi. Uning kino asarlari orasida eng koʻzga koʻringanlari „Skaramuche“dagi Noel (1952), „Lili“ dagi Pol Bertalelet (1953), „Davra stol ritsarlari“da Artur (1953), „Urush va tinchlik“da Andrey Bolkonskiy (1956) va „Quyosh ham chiqadi“ dramasidagi Robert Kondir(1957).

Produser sifatida u oʻzini 1967-yilda suratga olingan, oʻz rafiqasi Odri Xepbern bosh rolni ijro etgan „Qorongʻigacha kutib turing“ trillerida muvaffaqiyatli koʻrsatdi. Oʻgʻli Shonni dunyoga keltirgan Xepbernga uylanishidan oldin aktyor uch marta turmush qurgan va besh farzandning otasi edi"Catharsis", Time, 10 February 1941Helen Colton, „Reluctant Star“, The New York Times, 4 September 1949 1971-yilda, Xepbern bilan ajrashganidan uch yil oʻtgach, Ferrer boshqa turmush qurdi (beshinchi marta: Yelizaveta Suxotina), bu safar 2008-yil iyun oyida yurak yetishmovchiligidan vafot etguniga qadar umrining oxirigacha rafiqasi bilan yashadi.

Kino sanoatiga qoʻshgan hissasi uchun Mel Ferrer "Shon-shuhrat xiyoboni"da yulduzga ega.

Filmografiyasi Yil Film nomi Rol 1947 The Fugitive Serning otasi 1950 Born to Be Bad Gobbi 1952 Rancho Notorious Pol Bertale 1953 Lili Frenchi Feyrmont 1953 Knights of the Round Table Qirol Artur 1956 War and Peace Andrey Bolokonskiy 1956 Elena et les Hommes Anri de Shevenkur 1957 The Sun Also Rises Robert Kon 1959 The World, the Flesh and the Devil Benson Taker 1960 Et mourir de plaisir Leopoldo de Kranshteyn 1960 The Hands of Orlac Stiven Orlak 1962 Le Diable Et Les Dix Commandements Filip Allan 1962 The Longest Day Robert Heyns 1963 Charade tungi klubdagi kashanda 1964 Paris When It Sizzles shifokor Djekkil va mister Hayd 1964 Sex and the Single Girl Rudi de Mayer 1967 Wait Until Dark 1973 Columbo Djerri Parks 1974 Marcus Welby, M.D. Karlo 1975 La polizia accusa: il Servizio Segreto uccide tergovchi Mannino 1975 Morte sospetta di una minorenne politsiyachi 1977 Eaten Alive Harvi Vud 1977 Baretta Aleks Kreymer 1977 Hawaii Five-O Emil Radik 1979 L’ Isola degli uomini pesce Redkliff 1979 Dallas Harrison Peydj 1980 Mangiati vivi professor Karter 1980 Incubo sulla città contaminata general Marchison 1980 Lili Marleen David Mendelson 1981 Falcon Crest Filipp Erkinson 1981 One Shoe Makes it Murder Karl Charnok 1982 The Love Boat Jek Pauers 1985 Hotel Garret Hardi 1985 Murder, She Wrote Erik Bram 1985 Peter the Great Frederik 1986 Outrage! sudya Maykl Lengel

Manbalar

Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Amerikalik kinoprodyuserlar