Louise Elisabeth Glück (ɡlɪk, GLICKhttps://www.bbc.com/news/entertainment-arts-54447291https://www.loc.gov/nls/about/organization/standards-guidelines/efgh/#g; 1943-yil 22-aprelda tugʻilgan) — Amerikalik shoira va essenavis. U adabiyot boʻyicha 2020-yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻldihttps://www.nobelprize.org/prizes/literature/2020/summary/. Uning boshqa mukofotlari orasida Pulitzer mukofoti, Milliy gumanitar fanlar medali, Milliy kitob mukofoti va Bollingen mukofoti bor. U 2003-yildan 2004-yilgacha Qoʻshma Shtatlar shoiri laureati boʻlgan.

Glück New-Yorkda tugʻilgan va Long-Islandda oʻsgan. U oʻrta maktabda nevroz anoreksiyasi bilan ogʻriy boshladi va keyinchalik kasallikni yengdi. U Sara Lourens kolleji va Kolumbiya universitetida oʻqigan, ammo ilmiy darajaga ega boʻlmagan. U yozuvchi boʻlishdan tashqari bir qancha ilmiy muassasalarda she’riyatdan dars bergan.

Glück koʻpincha avtobiografik shoir sifatida tasvirlanadi, uning ishi oʻzining hissiy intensivligi, shaxsiy tajriba va zamonaviy hayotni aks ettirish uchun mifologiya yoki tabiat tasvirlaridan tez-tez foydalanishi bilan ajralib turadi.

Glück - Yel universitetining sheʼriyat professori. U oʻz vaqtini Massachusets shtatidagi Cambridge va Vermont shtatidagi Montpelier universitetlariga ajratishga harakat qilasihttps://us.macmillan.com/author/louisegluck/https://www.sevendaysvt.com/vermont/book-review-winter-recipes-from-the-collective-louise-gluck/Content?oid=34704087

Hayoti

Glück 1943-yil 22-aprelda New-Yorkda tugʻilgan. U biznesmen Daniel Glück va uy bekasi Beatris Glückning tirik qolgan ikki qizining kattasi hisoblanadihttps://archive.org/details/poetrylouisegluc00morr.

Glückning onasi asli rus yahudiysi boʻlganhttps://archive.org/details/poetrylouisegluc00morr. Uning bobosi va buvisi Teresia va Henrik Glück, oʻsha paytdagi Vengriya Qirolligi, Avstriya-Vengriya imperiyasi (hozirgi Ruminiya) hududida, Bixar tumanidagi Ermihayfalvadan venger yahudiylari edi, uning bobosi Feldmann és Glück daraxt kesish kompaniyasini boshqarganhttps://szombat.org/tortenelem/az-ertol-az-oceanig-a-nobel-dijas-louise-e-gluck-magyar-gyokereihttps://scotty-berlin.de/wp-content/uploads/2020/12/AJW07-10.pdf. Ular 1900-yil dekabr oyida Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtib oziq ovqat doʻkonini yurita boshlashdihttps://scotty-berlin.de/wp-content/uploads/2020/12/AJW07-10.pdf. Glückning otasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida tugʻilgan va u yozuvchi boʻlishni xohlardi, lekin qaynogʻasi bilan biznesga kirishdi. Ular birgalikda X-Acto pichogʻini ixtiro qilganlarida muvaffaqiyatga erishdilarhttps://www.washingtonpost.com/archive/lifestyle/2003/08/29/gluck-to-be-poet-laureate/c168beab-27d5-4b4d-8156-e5b6dbe99598/. Glükning onasi Uelsli kollejini bitirgan. Bolaligida Glükning ota-onasi unga yunon mifologiyasini va Janna d'Arkning hayoti kabi klassik hikoyalarni oʻrgatishgan. U yoshligidanoq sheʼr yozishni boshlagan.

Oʻsmirlik davrida Glükda nevroz anoreksiya rivojlandihttps://www.washingtonpost.com/archive/lifestyle/2003/08/29/gluck-to-be-poet-laureate/c168beab-27d5-4b4d-8156-e5b6dbe99598/https://www.nytimes.com/2012/11/09/books/louise-gluck-poems-1962-2012.html, bu uning oʻsmirligi va erta balogʻat yoshidagi asosiy muammoga aylandi. Bir maqolada u kasallikni onasidan mustaqilligini isbotlashga urinish natijasi deb taʼriflagan. Boshqa joyda u oʻzining kasalligini opasining oʻlimi bilan bogʻlagan. New-Yorkning Xyulett shahridagi Jorj Xyulett oʻrta maktabida u psixoanalitik davolanishni boshladi. Bir necha oy oʻtgach, 1961-yilda oʻrta maktabni tugatgan boʻlsa-da, reabilitatsiyaga eʼtibor qaratish uchun taʼlimdan voz kechdi. Bu qarori haqida u shunday deb yozgan: Men qachondir oʻlishimni angladim, aniqroq, intuitivroq bilganim shundaki, oʻlishni xohlamaganman.Глюк, Луиза. Доказательства и теории: Очерки поэзии. п. 11.. U keyingi etti yilni terapiyada oʻtkazdi, uning aytishicha, bu unga kasalligini yengishga yordam bergan va qanday fikrlashni oʻrgatganhttp://www.achievement.org/autodoc/page/glu0int-1.

Ahvoli tufayli Glük kollejga kunduzi oʻqiydigan talabalar bilan bormadi. U terapiya foydasiga oliy maʼlumotdan voz kechish qarorini zarur deb taʼrifladi: ... mening hissiy holatim, xatti-harakatlarimning haddan tashqari qattiqligi va marosimlarga oʻta qaramligim oʻrganishning boshqa shakllarini imkonsiz qildiГлюк, Луиза. Доказательства и теории: Очерки поэзии. п. 13.. Buning oʻrniga u Sara Lourens kollejida sheʼriyat darslarida qatnashdi va 1963—1966-yillarda Kolumbiya universitetining umumiy fanlar maktabidagi sheʼriyat toʻgaraklarida qatnashdi, ularda ilmiy darajaga ega boʻlmagan talabalarga kurslar taklif qilinar edi Моррис, Дэниел. Поэзия Луизы Глюк: тематическое введение. п. 28.https://books.google.com/books?id=noCrAgAAQBAJ&q=%22louise+gluck%22+columbia+1963&pg=PA252https://arts.columbia.edu/news/louise-gl%C3%BCck-2020-winner-nobel-prize-literature. U yerda Leoni Adams va Stenli Kunitzdan tahsil oldi.U bu oʻqituvchilarni shoir sifatida yetishishida muhim ustozlar deb bilgan.

Karyerasi

Sheʼriyat toʻgaraklarida qatnashayotganda Glük sheʼrlarini nashr eta boshladi. Uning birinchi nashri Mademoiselle jurnalida boʻlib, tez orada “Poetry”, “The New Yorker”, “The Atlantic Monthly”, “The Nation” va boshqa nashrlarda she’rlari chop etildiЗуба, Джесси (2016). Первая книга: Поэтическая карьера двадцатого века в Америке. Принстон: Издательство Принстонского университета. п. 128.https://www.washingtonpost.com/entertainment/books/book-world-louise-glucks-poems-1962-2012/2012/12/27/c54fa088-4a02-11e2-ad54-580638ede391_story.html. Kolumbiyani tark etgach, Glük oʻzini kotiblik ishlari bilan band qildihttps://www.neh.gov/humanities/2016/fall/feature/louise-gl%C3%BCck. U 1967-yilda kichik Charlz Gertsga turmushga chiqdiМоррис, Дэниел (2006). Поэзия Луизы Глюк: тематическое введение. п. 29.. 1968-yilda Glük oʻzining birinchi sheʼrlar toʻplami Firstbornni nashr etdi va tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi. Sharhda shoir Robert Xass kitobni ogʻir, badiiy va ogʻriqli deb taʼriflagan. Nashr qilinganidan keyin Glükk uzoq vaqt davomida hech narsa yoza olmdi, uning aytishicha, u Vermontdagi Goddard kollejida sheʼriyatdan dars bera boshlagan 1971-yildan keyin tuzalganhttps://www.neh.gov/humanities/2016/fall/feature/louise-gl%C3%BCckhttps://books.google.com/books?id=uTBCXqOou0YC&q=louise+gluck+vermont+encyclopedia&pg=PA138. Bu vaqt ichida yozgan sheʼrlari uning ikkinchi kitobi The House on Marshland (1975), da toʻplangan boʻlib, koʻplab tanqidchilar uning yutuq ishi sifatida baholadilarMorris, Daniel. The Poetry of Louise Glück: A Thematic Introduction. p. 4..

1973-yilda Glük Noah ismli farzandni dunyoga keltirdihttps://www.washingtonpost.com/archive/lifestyle/2003/08/29/gluck-to-be-poet-laureate/c168beab-27d5-4b4d-8156-e5b6dbe99598/. Kichik Charlz Xerts bilan nikohi ajralish bilan yakunlandi va 1977-yilda u Goddard kollejida yozgi yozuvchilik dasturini boshlagan muallif Jon Dranoga turmushga chiqdihttps://www.sevendaysvt.com/vermont/vermonts-struggling-culinary-school-plans-its-next-course/Content?oid=2332056. 1980-yilda Dranou va shoir Ellen Bryant Voigtning eri Frensis Voigt xususiy tijorat kolleji sifatida Nyu-England pazandachilik institutiga asos solishdi. Glük va Brayant Voigt institutning dastlabki sarmoyadorlaridan boʻlgan va direktorlar kengashida ishlaganhttps://www.sevendaysvt.com/vermont/vermonts-struggling-culinary-school-plans-its-next-course/Content?oid=2332056.

1980-yilda Glükning Descending nomi ostida uchinchi toʻplami chiqdi. U oʻzining ohangi va mavzusi uchun bir oz tanqidga uchradi: masalan, shoir Greg Kuzma Glyukni The Drowned Children sheʼri tufayli bolalarni yomon koʻrishda aybladi. Umuman olganda, kitob yaxshi qabul qilindi. Meri Kinzi The American Poetry Review jurnalida kitobni yuqori baholadihttps://www.jstor.org/stable/27777028. Shoir va tanqidchi J. D. Makklatchi «Sheʼriyat» asarida yozganida, bu kitob Glükning avvalgi ishiga nisbatan oldinga sezilarli qadam va yilning eng yaxshi kitoblaridan biri ekanligini taʼkidladi. Oʻsha yili Glükning uyi yongʻinga uchradi, bu uning mulkining koʻp qismini yoʻqotishiga olib keldi.

Ushbu fojiadan soʻng Glük sheʼr yozishni boshladi, keyinchalik uning mukofotga sazovor boʻlgan The Triumph of Achilles (1985) asari toʻplanadi. The New York Timesning jurnaliti yozuvchi va tanqidchi Liz Rosenberg toʻplamni Glyukning oldingi ishiga qaraganda aniqroq, tozaroq va keskinroq deb taʼriflaganhttps://www.nytimes.com/1985/12/22/books/geckos-porch-lights-and-sighing-gardens.html. The Georgia Review jurnalida yozgan tanqidchi Piter Stittning taʼkidlashicha, kitob Glükning zamonamizning muhim shoirlaridan biri ekanligini koʻrsatadiStitt, Peter (1985). "Contemporary American Poems: Exclusive and Inclusive". The Georgia Review. 39 (4): 849–863.. Toʻplamdan feministik madhiyaga qiyoslangan «Mock Orange» sheʼri «antologiya» deb atalganhttps://communications.williams.edu/news-releases/poet-louise-gluck-at-williams-college-awarded-coveted-bollingen-prize/.

1984-yilda Glük Massachusets shtatidagi Uilyams kolleji fakultetiga ingliz tili kafedrasida katta oʻqituvchi sifatida ishga kirdihttps://communications.williams.edu/news-releases/poet-louise-gluck-at-williams-college-awarded-coveted-bollingen-prize/. Uning otasi keyingi yili vafot etdihttps://www.liherald.com/fivetowns/stories/a-zest-for-life-beatrice-glck-of-woodmere-dies-at-101,33097?. Bu yoʻqotish uni Ararat (1990) nomli yangi sheʼrlar toʻplamini boshlashga undadi, uning nomi Ibtido kitobidagi suv toshqini haqidagi hikoyaga ishora qiladi. 2012-yilda The New York Times uchun yozgan tanqidchi Duayt Garner uni soʻnggi 25 yil ichida nashr etilgan Amerika sheʼriyatining eng zoʻravon va qaygʻuli kitobi deb atadi. Ushbu toʻplamdan soʻng Glük oʻzining eng mashhur va tanqidiy eʼtirofga sazovor boʻlgan kitoblaridan biri «The Wild Iris» (1992)ni chiqardi, unda bogʻ gullari bogʻbon va xudo bilan hayotning tabiati haqida suhbatlashadi. U Weekly tomonidan «poetry of great beauty» aks etgan "important book" sifatida eʼtirof etilganhttps://www.publishersweekly.com/978-0-88001-281-2. The Christian Science Monitor uchun yozgan tanqidchi Elizabet Lund buni «a milestone work» deb atadihttps://www.csmonitor.com/1993/0107/07141.html. 1993-yilda u Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritib, Glükning taniqli amerikalik shoir sifatidagi obroʻsini mustahkamladihttps://www.pulitzer.org/winners/louise-gluck.

1990-yillar Glükga adabiy muvaffaqiyat olib kelgan boʻlsa-da, bu shaxsiy mashaqqatli davr edi. Uning Jon Dranou bilan nikohi 1996-yilda ajralish bilan yakunlandi, bu holat ularning biznes munosabatlariga taʼsir qildi, natijada Dranou Nyu-England pazandachilik institutidagi lavozimidan chetlatildihttps://www.sevendaysvt.com/vermont/vermonts-struggling-culinary-school-plans-its-next-course/Content?oid=2332056https://issuu.com/7days/docs/012600-vol.05-no.22. Glük oʻz tajribalarini ijodiga yoʻnaltirdi va faoliyatining samarali davriga yetib keldi. 1994-yilda u «Proofs & Theories: Essays on Poetry» deb nomlangan insholar toʻplamini nashr etdi. Keyin u sevgining tabiati va nikohning tanazzuliga oid sheʼrlar toʻplamini «Meadowlands» (1996) yaratdihttps://www.poetryfoundation.org/poets/louise-gluck. U yana ikkita toʻplamni yaratdi: «Vita Nova» (1999) va «The Seven Ages» (2001).

2004-yilda, 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlarga javoban Glük Oktabr nomli kitobni nashr etdi. Olti qismga boʻlingan bitta sheʼrdan iborat boʻlib, u jarohat va azob-uqubatlarni oʻrganish uchun qadimgi yunon mifologiyasiga tayanadiAzcuy, Mary Kate (2011), "Persona, Trauma and Survival in Louise Glück's Postmodern, Mythic, Twenty-First-Century 'October'", Crisis and Contemporary Poetry, Palgrave Macmillan UK, pp. 33–49, . Oʻsha yili u Yel universitetida Rozenkranz yozuvchisi unvoniga sazovor boʻldi.