Sian williams (1968-yil 2-fevralda tugʻilgan) — ingliz sobiq futbolchisi va Uotford Ladies klubining sobiq murabiyi Oʻyinchi sifatida u Angliya va Uels terma jamoalarida toʻp tepgan keyinchalik Uels terma jamoasini boshqargan.
Jamoalardagi faoliyati Williams «Milluoll Lionesses»da klubdagi faoliyatini boshlagan boʻlsa keyin ikki yil davomida Italiyada «Yuve Siderno»da oʻynagan. U 1990-yilda Arsenal Ladies bilan shartnoma imzolagan, u yerdan 2004-yil sentabrida Charlton Athletic Ladiesga borib qoʻshilgan
«Arsenaldagi» 14 yillik faoliyati davomida Williams koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritdi. U 2001-yilda «toʻpchilar»ning sardori boʻlgan.
Xalqaro martaba 1985-yilda u Angliya murabbiyligiga oʻtishdan oldin Uels terma jamoasi uchun katta mukofotni qoʻlga kiritishda yordam berdi. Williams Angliya va Uels termalarida xalqaro miqyosda oʻynagan. Ammo u Angliya terma jamoasining 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibiga kiritilmagan
Murabbiylik karyerasi Williams 2000-yilda Uels terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlishdan oldin, «Arsenal»ning murabbiylar shtabiga qoʻshildi va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritdi, keyinchalik «Uotford»da xuddi shunday vazifani bajardi.
2003-yil may oyida Williams Uels Futbol Assotsiatsiyasini (FAW) ayollar jamoasini 2005-yilgi UEFA ayollar chempionati saralash turniridan chiqarib yuborgani uchun qattiq tanqid qildi.
Williams 2006-yilning soʻnggi mavsumida Uotford Ladies bosh murabbiyi boʻldi va mavsum soʻngida jamoani FA Ayollar Premer-ligasiga olib chiqdi. U 2009-yilning noyabr oyida lavozimidan ketdi
Shaxsiy hayoti Uilyamsning otasi Alan Uilyams, Britaniya Leyboristlar partiyasi siyosatchisi. Futbolchi va murabbiy sifatida faoliyat yuritgan bundan tashqari matematika oʻqituvchisi boʻlib ishlaganname="wlfc">"PRESS RELEASE: DEPARTURE OF SIAN WILLIAMS" . Watford F.C. 13 November 2009. Retrieved 13 October 2010..
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar